|
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|
bet | 8/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblarMa’ruza mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni darsga mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li bilan o’quv jarayonini tashkillashtirish, mar’uza materiallari boyicha bilim va ko’nikma hosil qilish, ushbu mashg’ulotni o’zlashtirishi uchun izlanish, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish
Reja:
1. Siqilgan havo sifatiga talablar
2. Ta'minot manbai
3. Pnevmota'minot sxemalarini tanlash
4. Pnevmo manba tizimlarini loyihalash:
5. Prinitsipial pnevmatik sxemalar ta'minotiga doir misol bajarish va rasmiylashtirish usullari.
1. Siqilgan havo sifatiga talablar
Siqilgan havo pnevmatik avtomatlashtirish sxemalaridagi energiya manbai va ishchi agent bo’lib hisoblanadi.
Siqilgan havo sifati uning tarkibidagi aralashmalarning miqdori namligi, mineral yog’lar va turli xil qattiq zarrachalar miqdori bilan ifodalanadi.
Compressor uskunalari va texnologik liniyalar orqali ishlab chiqariladigan siqilgan havo o’zining tarkibidagi suv parlari, yog’ – suvli emulsiya ko’rinishidagi yog’lar, atmosfera change va boshqa qattiq zarrachalardan iborat. Siqilgan havo tarkibidagi bu komponentlarni normadan oshib ketishi drossel va pnevmatik soplo qurilmalari hamda aloqa kanallarini bitib qolishiga olib keladi. Suv parlari havoning sovishi natijasida kondensatsiyalanadi, aloqa kanallari devorlari o’tirib qoladi, soplo va drossel qurilmalaridagi o’tishni qiyinlashtiradi, asboblarning boshlang’ich xarakteristikalarini o’zgartirib yuboradi, ayrim hollarda asbobning ba’zi qismlari ishdan chiqishiga olib keladi. Bundan tashqari, trubalarda kondensatsiyalangan suyuqlik qish kunlarida muzlab qolishi natijasida pnevmatik aloqa liniyalaridagi havo oqimini sekinlashtiradi, ba’zi hollarda umuman to’sib qoyadi. Shuning uchun pnevmatika tizimini normal ishlashini ta’minlashda manbadan kelayotgan siqilgan havo yaxshilab tozalangan va quritilhan bo’lishi kerak. pnevmota’minotdan chiqayotgan siqilgan havoning tozalanganligi va quritilganligi quyidagi normalarga mos kelishi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|