|
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|
bet | 9/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblar2 Ta’minot manbai
Asboblar va avtomatlashtirish vositalarini siqilgan havo bilan ta’minlash manbai sifatida avtomatlashtirilayotgan obekt yoki qurilmaning TU 26-01.662-81 asosida bajarilgan texnologik havo liniyalaridan foydalaniladi.
TU 26-01.662-81 qurilmasida porshensiz turdagi havo kompressorlari (membranali, suv halqali, trubali va h.k.), moysiz porshenli kompressorlar, yog’li – smazkali va yog’ filtrli havo kompressorlari qo’llaniladi.
Siqilgan havo ko’rinishiga binoan havo tayyorlash tizimini quyida keltirilgan 3 ta struktur sxemadan biri boyicha bajarilishi kerak.
Kompressordan keyingi 1 va 2 sxemalarda ko’rsatilgan havo jamlagichlar compressor ishlashi natijasida yuzaga keladigan pulsatsiyani kamaytirishga va bosimni tenglashtirishga mo’ljallangan.
Kompressorda siqilgan havoning harorati 60 va 35 *C gacha passaytirish maqsadida issiqlik almashtirgich o’rnatish ko’zda tutiladi.
Suvyog’ ajratgichlar issiqlik almashtirgichdagi kondensatsiyalangan suv va havoni bir – biridan ajratish uchun mo’ljallangan. Texnilogik liniya va yog’smazkali havo kompressorlari orqali keladigan siqilgan havoni qo’shimcha yog’lardan tozalash maqsadida yog’ filtrlaridan foydalaniladi. Siqilgan havoni kerakli darajada quritish adsorbsion turdagi 2 – darajali quritish bloklari orqali amalga oshiriladi. Birinchi darajada siqilgan havo tarkibidagi namlikning kata miqdori kondensatsiyalanadigan sovutgich kondensator bo’lishi kerak. ikkinchi daraja bo’lib siqilgan havoni nisbiy namlik darajasida quritadigan adsorber bo’lishi kerak. Odatda adsorbent sifatida silikagel qo’llaniladi.
Tozalangan va quritilgan siqilgan havo, havo jamlagichda yig’iladi va u yerdan pnevmota’minot tizimining ta’minot tarmoqlariga jo’natiladi.
Ikkinchi havo jamlagich qurilmasi adsorberlar yonib o’chishi natijasida yuzaga keladigan bosim silkinishini kamaytirish, shuningdek, qisqa muddatli avariyalarda siqilgan havoni zahira qilish uchun mo’ljallangan.
|
8.1-rasm. Siqilgan havo manbasi uchun havo tayyorlash qurilmasining struktur sxemasi
|
Avtomatlashgan pnevmatik tizimlar uchun siqilgan havo manbaini tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
Texnologik liniyalardagi siqilgan havo texnologik havo ta’minoti ishonchliligi talablariga javob berganda ;
Agar 1 – shart bajarilmasa avtomatlashtirilgan pnevmatik tizimlarni siqilgan havo bilan ta’minlash GOST 13630 – 80 uskunasida amalga oshiriladi;
Siqilgan havo manbai 0.8 – 0.05 MPa dagi siqilgan bosimni ta’minlashi kerak.
Siqilgan havo manbai va havo jamlagich uskunasini loyihalash qurilayotgan obekt loyihasining texnologik qismida amalga oshiriladi. Shuning uchun avtomatlashtirish loyihasini ishlab chiqaruvchi tashkilot bosh loyihalovchiga siqilgan havoni avtomatlashtirishni ta’minlash tarmog’ini berishi kerak. topshiriqda GOST 13630 – 80 boyicha pnevmota’minot uskunasining asosiy parametrlari va turlari, pnevmoqarshilik va talablar ko’rsatilgan bo’lishi kerak. iste’mol manbaidagi umumiy pnevmoqarshilik alohida taqsimlovchi kollektorlardagi qarshiliklarning yig’indasi orqali aniqlanadi.
Taqsimlovchi kollektordagi pnevmoqarshilik ko’rsatkichi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Q1 havo sarfi quyidagi formula orqali aniqlanadi
Q2 havo sarfi quyidagi formula orqali aniqlanadi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|