• Prinsipial elektr sxemalarni tuzishda quyidagi mulohaza va talablarga rioya etiladi
  • Prinsipial elektr sxemalarda zanjirlarni tuzish tartiblari




    Download 10,46 Mb.
    bet7/96
    Sana22.06.2024
    Hajmi10,46 Mb.
    #265084
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96
    Bog'liq
    ASLUS javoblar

    3.Prinsipial elektr sxemalarda zanjirlarni tuzish tartiblari
    Prinsipial elektr sxemalarda umumiy holda quyidagilar ifodalanishi lozim:

    1. Boshqarish, rostlash, o‘lchash, signallash, elektr ta’minot, kuch zanjirlari;

    2. Boshqa sxemalarda qo‘llaniladigan shu sxemadagi apparatlarning kontaktlari va o‘zga sxemalardagi apparatlarning kontaktlari;

    3. Qayta ulagich, dasturli qurilmalar, chekka va yo‘l uzgichlari kontaktlarining ulanish diagramma va jadvallari, hamda apparatlarning ishlash siklogrammalari;

    4. Jihozlarning blokirovkali bog‘lanish sxemalari;

    5. Lozim bo‘lgan tushuntirishlar va izohlar;

    6. Elementlar ro‘yxati;

    7. Asosiy bayon.

    Loyihalanayotgan obektning murakkabligiga qarab turli zanjirlar birgalikda bir chizmada berilishi yoki har bir zanjir uchun alohida sxemalar to‘ziladi. Masalan: boshqarishning prinsipial elektr sxemasi, texnologik signallashning prinsipial elektr sxemasi va hokazo.




    Prinsipial elektr sxemalarni tuzishda quyidagi mulohaza va talablarga rioya etiladi:

    1. Yaqqollik nuqtai nazaridan sxemalarni yoyilgan shaklda bergan ma’qul, ya’ni barcha elementlar sxemaning ishlash mantiqiga muvofiq joylashtirilishi kerak;

    2. Eyementar zanjirlarni tasvirlash nazorat, signallash, boshqarish va rostlashning ayrim bo‘g‘inlari ketma-ketligiga mos kelishi lozim;

    3. Kontaktlar, ulab-uzuvchi qurilmalar normal holatda, ya’ni zanjirda tok bo‘lmagan holatida ko‘rsatiladi;

    4. Har bir zanjirning o‘ng tomonida qisqacha tushuntirish yozuvi beriladi;

    5. Sxema elementiga berilgan shartli harfiy belgi boshqa sxemalarda qaytarilganda o‘zgarmay qolishi kerak.

    Davlat standartiga binoan elektr zanjirlarni markirovkalash kerak; bunda quyidagi qoidalarga rioya qilinadi:

    1. O‘zgaruvchan tokli kuch zanjirlari fazalarini anglatuvchi harflar bilan belgilanadi(A,V,S- uch fazali tok zanjiri; A, N- bir fazali tok zanjiri);

    2. O‘zgarmas tokli kuch zanjirlarida musbat qutbli qismi toq, manfiy qismi juft sonlar bilan, kirish va chiqish qismlarida esa qutblari (+,-) ko‘rsatilishi kerak;

    3. Funksional vazifalariga qarab zanjirlar ma’lum guruh sonlari bilan markirovkalanadi:

    Boshqarish, rostlash zanjirlari 1...399;
    Signallash zanjirlari 400...799;
    Ta’minot zanjirlari 800...999.
    Zanjirlarni markirovkalashda sonlar ketma-ketligi ta’minot manbaasidan iste’molchi tomonga qarab, zanjirlarning ajralish qismida esa tepadan pastga va chapdan o‘ngga karab amalga oshirilishi lozim.
    Elektr zanjirlarning kommutatsiyasida ko‘p holatli apparatlar (kalitlar, qayta ulagichlar va shu kabilar) qo‘llanilganda chizmada qayta ulash jadvali va diagrammalarini ko‘rsatish lozim (8- rasm).

    8-rasm. Universal qayta ulagichning texnik harakteristikasi.


    a) – ulanadigan zanjirlar;
    b) – qayta ulagichning montaj ko‘rinishi;
    v) – qayta ulash diagrammasi.


    1. Avtomatlashtirish sistemalari pnevmatik ta’minoti chizmalarini loyihalash

    8-maruza.
    Avtomatlashtirish sistemalari pnevmatik ta’minoti chizmalarini loyihalash




    Download 10,46 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96




    Download 10,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Prinsipial elektr sxemalarda zanjirlarni tuzish tartiblari

    Download 10,46 Mb.