|
Prinsipial sxemalar haqida umumiy tushunchalar
|
bet | 3/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblarPrinsipial sxemalar haqida umumiy tushunchalar
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish, boshqarish va avtomatik rostlashda turli elektr va pnevmatik asboblar, apparaturalar qo‘llaniladi, ular orasidlagi o‘zaro aloqalarni ko‘rsatishda, shuningdek, ularni ishlash prinsiplarini o‘zlashtirishda prinsipial sxemalardan foydalaniladi. Prinsipial sxemalarda avtomatlashtirish sistemasining ayrim bir bo‘lagiga kiruvchi element, modul, yordamchi apparatlarniing tarkibi va ular orasidagi bog‘lanishlarning to‘la ko‘rsatilishi lozim. Prinsipial sxemalarni loyihalash uchun dastlabki material sifatida funksional sxemani asos qilib olinadi.
Prinsipial sxemalar Davlat Standartlari va tarmoq ko‘rsatma hujjatlari talablariga rioya qilgan holda bajariladi.
Prinsipial elektr sxemalar quyidagi meyoriy hujjatlar asosida yaratiladi:
DS 2.701-84. Sxemalar. Ko‘rinishi va tiplari. Bajarish uchun umumiy talablar.
DS 2.710-81. Elektr sxemalarda shartli harfiy belgilashlar.
DS 2.755-87. Sxemalardagi shartli grafik belgilashlar.
RM 4-106-82. Ko‘rsatma materiallar. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sistemalari. Bajarishga talablar.
Meyoriy hujjatlar prinsipial sxemalarni bajarish qoidalarini, sxema elementlarining shartli grafik va harfiy belgilanishlarini, zanjir qismlrini markirovka qilish yo‘llarini belgilab beradi.
Prinsipial sxemalarni tuzishda quyidagi tartibga asoslangan ma’qul:
Funksional sxemada qo‘llanilgan talablar asosida prinsipial sxemaga qo‘yiladigan texnik talablar aniqlanadi;
Shu talablarga muvofiq tarzda sxemaning sharti va harakat tartibi belgilanadi;
Berilgan tartib va shartlar asosida elementar zanjirlar to‘ziladi;
Elementar zanjirlar umumiy sxema ko‘rinishida birlashtiriladi;
Apparaturalar tanlanib, ayrim element parametrlarining elektr hisobi bajariladi;
Tanlangan apparaturalar imkoniyati asosida sxematga tuzatish kiritiladi;
Elementar zanjir yoki kontaktlarning noto‘g‘ri ishlashi natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan holatlar tahlil etiladi;
Boshqa variantlarni qo‘llash imkoniyatlari ko‘rilib, muqobil sxema tugal tanlanadi.
Prinsipial sxemalar shaklan birlashtirilgan yoki yoyilgan holatda to‘zilishi mumkin.
Birlashtirilgan sxemada asbob va apparatlar yig‘ilgan holatda ko‘rsatiladi; ya’ni apparat komplektiga kiruvchi elementlar (g‘altak, elektromagnitlar, uzgichlar va shu kabilar) asbobning shartli ifodalanishi ichida ko‘rsatilib, chiqish-kirish kontaktlarining markirovkasi ham beriladi.
Yoyilgan prinsipial sxemalarda asbob va apparatlar elementlarga ajratilib, ular bir-birlari bilan bog‘langan holatda ko‘rsatiladi; natijada ayrim zanjirlar hosil bo‘ladi. Sxema bir necha zanjirlardan to‘zilgan bo‘lib, ular gorizontal yoki vertikal holda berilishi mumkin.
|
| |