• Shchit va pultlarda avtomatlashtirish vositalarini va asboblarni joylashtirish
  • Shchit va pultlarni tipi va konstruksiyasini tanlash




    Download 10,46 Mb.
    bet14/96
    Sana22.06.2024
    Hajmi10,46 Mb.
    #265084
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   96
    Bog'liq
    ASLUS javoblar

    Shchit va pultlarni tipi va konstruksiyasini tanlash
    Shchit va pultlarni tipi va konstruksiyasini tanlashni boshqarish strukturasini aniqlagandan va texnik vositalar xajmi va xarakteristikasini bilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
    Birlamchi asboblarni joyida o‘rnatish uchun kichik gabaritli shkafli shchitlar ishlatiladi. Lokal va markazlashgan boshqarish punktlarida to‘liq gabaritli ko‘p seksiyali shchitlar ishlatiladi. Ishlab chiqarish xonalarida shkafli shchitlar, maxsus shchit xonalarida esa, panelli shchitlardan foydalaniladi. Pultlar, odatda yoqib o‘chiriladigan apparaturalar ko‘p xollarda ishlatiladi.
    Yig‘ma shchitlardagi shchitlarning va aloxida panellarning gabarit o‘lchamlarini o‘rnatiladigan asboblar va avtomatlashtirish vositalari soni va o‘lchamlariga qarab tanlanadi.
    Shchitlarning orqa tomoni chuqurligini tanlashda, o‘rnatilayotgan o‘lchov asboblarining orqa qismining o‘lchamlarini, shchit ichkarisiga o‘rnatilayotgan asboblarning o‘lchamlarini, shchit eshiklarining konstruksiyasini, asboblar va apparaturalarning ochiq tokga ulovchi qismlari mavjudligini hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu tanlangan chuqurliklar elektr jixozlarni loyihalash instruksiyalariga javob berishi kerak. Orqa eshikdan qarama-qarshi tomonigacha masofa 600 mm dan kam bo‘lgan shchit va shkaflar tashqaridan xizmat ko‘rsatiladigan hisoblanadi. Odatda, bunday xolatlarda shkafli shchitlarni old tomondan yoki orqa tomondan eshiklari mavjud bo‘lgan SH SH – 3D yoki SHSH – P3D konstruksiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

    Shchit va pultlarda avtomatlashtirish vositalarini va asboblarni joylashtirish
    Avtomatlashtirish vositalarini va asboblarni shchit va pultlarda texnologik jarayon ketishi bo‘yicha chapdan o‘ngga qarab boshlang‘ich bosqichlardan boshlab yakunlovchi bosqichga qarab joylashtiriladi. Agar ko‘p seksiyali shchitlar ishlatilsa, unda xar seksiyada texnologik jarayonning qaysidir zvenosiga (qurilmasiga) mansub asboblar o‘rnatiladi. Bunda, ko‘p ishlatiladigan, asosiy parametrlar markazga, kam ishlatiladiganlari chetda o‘rnatiladi. Bir seksiya ichida o‘lchov asboblari simmetrik ravishda o‘rnatiladi.
    Operator uchun optimal nazorat zonasi 1300-1650 mm, boshqarish organlarining optimal joylashish zonasi 1100-1440 mm hisoblanadi.
    Shchitning balandligi bo‘yicha 2,3 va xatto 4 qator o‘lchov asboblari joylashtirilishi mumkin. To‘rt qator o‘lchov asboblarini 700-2100 mm. Chegarada joylashtirish mumkin. Ammo, pastki, tavsiya qilinadigan chegara 900  1200 mm bo‘lgani yaxshi.
    O‘lchov asboblari orasidagi masofa 40-80 mm., o‘lchov asbobidan panel chetigacha masofa 100 mm. bo‘lishi tavsiya qilinadi. Bu masofalar o‘lchov asboblari ostidagi yozuvlarni ham hisobga oladi.
    Ko‘rsatuvchi asboblarni 800  1900 mm. balandlikda, yozuvchi asboblarni 900  1800 mm, rostlovchi asboblarni 900  1900 mm, nazorat asboblarini esa, 800  1600 mm balandlikda o‘rnatish tavsiya etiladi. Ramkadagi yozuvlar qisqa, aniq va element vazifasini to‘liq ifodalashi kerak. Odatda uch panelli shchitlarni ishlatish ko‘proq tavsiya qilinadi. Ularda pastki panel dekorativ hisoblanadi, o‘rtadagi panelga yozuvchi asboblar va boshqarish organlari, hamda, katta o‘lchamli ko‘rsatuvchi asboblar o‘rnatiladi. Tepa panelda signal armaturasini va kichik o‘lchamdagi ko‘rsatuvchi asboblarni joylashtiriladi.
    Ko‘p sonli nasoslar va xar xil mexanizmlar elektr yuritmalarini boshqarish va signallash apparaturalarini operator tomonidan boshqarishni yengillatish uchun mnemosxemalar yaratiladi.



    Download 10,46 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   96




    Download 10,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shchit va pultlarni tipi va konstruksiyasini tanlash

    Download 10,46 Mb.