• Shchit va pultlarning turlari va vazifalari
  • Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari




    Download 10,46 Mb.
    bet13/96
    Sana22.06.2024
    Hajmi10,46 Mb.
    #265084
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
    Bog'liq
    ASLUS javoblar

    Ma’ruza mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni darsga mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li bilan o’quv jarayonini tashkillashtirish, mar’uza materiallari boyicha bilim va ko’nikma hosil qilish, ushbu mashg’ulotni o’zlashtirishi uchun izlanish, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish

    Reja:


    1. Shchit va pultlarning turlari va vazifalari;

    2. Shchit va pultlarning tipi va kostruksiyasini tanlash;

    3. Shchit va pultlarda avtomatlashtirish vositalarini va asboblarni joylashtirish;

    4. Shchitlarning ichki yuzasida avtomatlashtirish vositalarini joylashtirish;

    5. Shchit va pultlarni joylashtirish.

    6. Shchit va pultlarni tayyorlashdagi asosiy hujjatlar;

    7. Shchitlarning umumiy ko‘rinishi chizmalari:

    • Old tomondan ko‘rinish chizmalari;

    • Ichki tomondan ko‘rinishi chizmasi. Grafikli, adresli va jadval usullari.

    1. Yig‘ma va alohida shchitlarning tarkibiy ro‘yxati jadvallari.



    Shchit va pultlarning turlari va vazifalari
    Shchit va pultlar avtomatik nazaorat, boshqarish va signallash asboblarini va avtomatlashtirish vositalarini boshqarish punktlarida joylashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular karkasga o‘rnatilgan panelllarga o‘rnatilib, elektr va trubali ulanishlari amalga oshiriladi. Keyingi yillarda shchitlarsiz boshqarish punktlariga o‘tish tendensiyasi kuzatilmoqda. Xozirgi vaqtda lokal boshqarish punktlari shchitlar bilan, markazlashgan boshqarish punktlari esa, kombinatsiyalangan xolda loyihalanmoqda.
    Avtomatlashtirish tizimlarida to‘la va kichik o‘lchamli (gabaritli) shkafli va panelli shchitlar va yordamchi elementlar qo‘llanilmoqda. Shchit va pultlarning konstruksiyalari OST 36.13-76 bo‘yicha reglamentlanib, unda shkafli, karkasli panelli, hamda bir, ikki va uch seksiyali stativlar ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan.
    Shchitlar va stativlar ikki xil tayyorlanadi:
    I - ikki panelli;
    II – uch panelli.





    9.1-rasm . Shkafli va panelli karkasli shchitlarning funksional maydonlari:
    a) I-ijro(3 panelli) ; b) II-ijro(2 panelli).

    9.2-rasm. Shchitlarning fasad panellarida o‘lchov asboblarini va apparatlarni joylashtirishga misol: 1 — yonuvchi tablo; 2 va 4 — ko‘rsatuvchi; 3 — yozib boruvchi o‘lchov asboblari; 5- knopka; 6 — yoqib o‘chirgich; 7 —signal armaturasi; 8 — yozuv uchun ramka.



    9.3-rasm. Shchit karkasida o‘lchov asboblarining ichkari tomonlarini maxkamlashga misol: a — o‘lchov asboblarini yakka tartibda o‘rnatish; b — gruppalab o‘rnatish; 1 — podstavka; 2 — podkladka; 3 — o‘lchov asbobi; 4 — xomut; 5yon tomon shvelleri SHB; 6 — tayanch; 7 — shchit karkasi ustuni; 8 — shpilka; 9 — shveller SH.

    Shchit konstruksiyalarini shartli belgilanishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mahsulotning nomi, seksiyalar soni, yon devorlarining ochiqligi yoki yopiqligini ko‘rsatilishi, ijro raqami, tiporazmer, klimatik ijrosi, himoyalanish darajasi, asosiy hujjat raqami.


    Shchit xonalaridagi temperatura 20-300C bo‘lishi mumkin. Shchit va pultlarni loyihalashga struktura chizmasi, avtomatlashtirishning funksional chizmasi, signallash va manba chizmalari asos bo‘ladi.
    Loyihalash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

    • shchitning tipi va konstruksiyasi tanlanadi;

    • avtomatlashtirish vositalari va asboblarini joylashtirish;

    • kommutatsion qisqichlar va trubkalar ulagichlari soni va joylashish joyi aniqlanadi;

    • elektr va trubali ulanishlar tanlanadi;

    • shchitlar va pultlarni ishlab chiqarish yoki maxsus xonalarga joylashtiriladi;

    • shchit va pultlarni tayyorlashga topshiriq tayyorlanadi.



    Download 10,46 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




    Download 10,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari

    Download 10,46 Mb.