• Shchitlarning umumiy ko‘rinishi chizmalari
  • Old tomondan ko‘rinish chizmalari.
  • Shchit va pultlarni tayyorlashdagi asosiy hujjatlar




    Download 10,46 Mb.
    bet17/96
    Sana22.06.2024
    Hajmi10,46 Mb.
    #265084
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   96
    Bog'liq
    ASLUS javoblar

    Shchit va pultlarni tayyorlashdagi asosiy hujjatlar
    Shchit va pultlarni tayyorlashdagi asosiy hujjat, bu shchit va pultlarning frontal va ichki tomondan ko‘rinishi xamda ichki simlarning ulanish chizmalaridir. Shchit va pultlarning loyixa hujjatlariga shchitlarning umumiy ko‘rinishi chizmalari, elektr simlarni montaj qilish jadvallari va shchit va pultlarni OST 3673-76 bo‘yicha spetsifikatsiyasi kiradi.

    Shchitlarning umumiy ko‘rinishi chizmalari
    Shchitlarning umumiy ko‘rinishi chizmalarini aloxida shchitlar va yig‘ma shchitlar uchun ishlab chiqiladi.
    Alohida shchitlarning umumiy ko‘rinishi chizmalariga (rasm 9.1) shchitning old tomondan frontal yuzasi ko‘rinishi, ichki tomondan ko‘rinishi, tablo va ramkalardagi yozuvlar jadvali, tarkibiy qismlar ro‘yxati va asosiy yozuvlar kiradi.
    Yig‘ma shchitlarning umumiy ko‘rinishi chizmasiga (rasm 9.3) old tomondan frontal yuzasi ko‘rinishi, tarkibiy qismlar ro‘yxati va asosiy yozuvlar kiradi.
    Alohida shchitlarning umumiy ko‘rinishi chizmalari 1:10 masshtabda, shchit xonasidagi yig‘ma shchitlarning joylashish chizmasi esa 1:25 masshtabda ko‘rsatiladi. O‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarini bu chizmalarda soddalashtirib, tashqi ko‘rinish chiziqlari ko‘rinishida chiziladi. Shchitdagi xamma elementlarga pozitsiya nomerlari beriladi.

    Old tomondan ko‘rinish chizmalari.
    Bu chizmada o‘lchov asboblari va mnemosxema keltirilib, ularning gabarit o‘lchamlari qo‘yib ko‘rsatiladi. Vertikal bo‘yicha o‘lchamlar panelning pastki chegarasidan boshlab qo‘yiladi va gorizontal yo‘nalishdagi o‘lchamlar panelning simmetriya o‘qidan yoki panel chetidan boshlab qo‘yiladi (9.4-rasm).
    O‘lchov asboblari pozitsiya belgilarining pastida o‘rnatish chizmalarining (montaj chizmalari) nomeri ko‘rsatiladi.
    Agar ulovchi simlar shchitga tepadan kiritiladigan bo‘lsa, unda bu chizmaga shchit tomining ko‘rinishi qo‘shiladi.
    Shchit xonasiga joylashtirilgan shchitlarning umumiy ko‘rinishida o‘lchov asboblari ko‘rsatilmaydi.
    Agar shchitlarning joylashtirilishining umumiy ko‘rinishi murakkab bo‘lsa, unda uni yoyib ko‘rsatilishi mumkin.


    Download 10,46 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   96




    Download 10,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shchit va pultlarni tayyorlashdagi asosiy hujjatlar

    Download 10,46 Mb.