|
Prinsipial elektr sxemalarda elementlarning shartli grafik va harfiy belgilanishi
|
bet | 4/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblarPrinsipial elektr sxemalarda elementlarning shartli grafik va harfiy belgilanishi
Sxema elementlarining shartli grafik va harfiy ifodalanishi bir guruh Davlat Standartlari va ko‘rsatma materiallar asosida belgilangan. Bu shartli belgilanishlar asosida avtomatlashtirishning har qanday murakkab prinsipial sxemasini bajarish mumkin. 7-jadvalda ba’zi-bir ko‘p uchraydigan elektr elementlarning shartli grafik va harfiy belgilanishlari keltirilgan (to‘laligicha va ularning o‘lchamlarini tavsiya etilgan adabiyotlardan olish mumkin).
Barcha belgilanishlarni proporsional tarzda kichraytirishga ruxsat beriladi; ammo bunda ikki yondosh chiziqlar orasidagi masofa 1mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Shartli belgilanishlarda elementlarga aniqlik kiritish belgilarini ifodalaganda o‘lchamlarini kattalashtirishga ham ruxsat berilgan. Elementlarni sxemada standartlarda keltirilgan holatda ko‘rsatiladi; lozim bo‘lganda 900 yoki 450 ga burilgan tarzda ko‘rsatishga ham yo‘l qo‘yiladi; mabodo bunday ifodalanishda sxema o‘qilishi yoki ma’nosi o‘zgarsa standartlardagi holati saqlanishi kerak.
Aloqa yo‘llari va elementlar sxema o‘lchamiga qarab 0.2 dan to 1 mm qalinlikda chizilib, agarda shartli grafik belgilanishda qalin chiziqlar bo‘lsa, u aloqa chizig‘iga nisbatan 2 marta keng holatda tasvirlanadi.
Sxema o‘lchami 24 va undan undan kichik bo‘lganda aloqa chiziqlari 0.3 dan 0.4mm qalinlikda chizish tavsiya etiladi. Agar bir sxemada turli vazifali zanjirlar tasvirlangan bo‘lsa (masalan, kuch va boshqarish zanjirlari), bu holda ularni turli qalinlikda ko‘rsatiladi. Bir sxemada uchtagacha chiziqlar qalinligi qo‘llanilishi mumkin.
Shartli harf-raqamli belgilash element haqidagi ma’lumotlarni qisqa holda ifodalash imkoniyatini beradi. Umumiy holda belgilash uch qismdan iboratdir: element ko‘rinishi, tartib raqami (agar bir xil elementlar bir nechta bo‘lsa) va funksional taalluqliligi. Shulardan dastlabki ikki qismi majburiydir.
7-jadval
Prinsipial elektr sxemalarida ko‘p uchraydigan elementlarning shartli grafik belgilanishi
Nomi
|
Belgilanishi
|
Rezistor
Kondensator
Eruvchi saqlagich (umumiysi)
|
|
| |