Optik tolali aloqa liniyalarini loyihalash asoslari




Download 10,46 Mb.
bet39/96
Sana22.06.2024
Hajmi10,46 Mb.
#265084
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   96
Bog'liq
ASLUS javoblar

10. Optik tolali aloqa liniyalarini loyihalash asoslari
An`anaviy elektr va quvurli o`tkazgichlardan farqli ravishda optik tolali aloqa liniyasini loyihalashda ularni yig`ish, bir-biriga qo`shish va ajratish (optik kabellarni), shuningdek kerak bo`ladigan asbob-uskunalar va jihozlar haqida to`xtalish zarur.
OTAL (optik tolali aloqa liniyalari) bino devorlari shifti va formalari orqali ochiq usulda bajariladi. Bino va qurilmalarning ichidan o`tuvchi yopiq aloqa liniyalari faqat arxitektura talablariga asosan o`tkazilishi mumkin.
Optik kabel (OK) larni devor yoki tom qismi orqali faqat gilza yoki quvur orqali o`tkazish mumkin. OK o`tgan teshikni zichlash talab qilinmaydi. Bino va inshootlar devor va shift qismidan o`tuvchi montaj ishlari ishchi loyiha asosida bajarilishi va RM-8-1-70 “Binolar va inshootlar devorlari va shiftidan quvurli va elektrik o``tkazuvchilarni va avtomatlashtirish jihozlarini montaj qilishni loyihalash bo`yicha qo`llanma” talablariga javob berishi kerak.
OTAL qurish ishlari atrof-myhit, binoning nimaga mo`ljallanganligini, jihozlarning joylashuvi, foydalanishga qulayligi, qurilish konstruksiyasining o`ziga xosligi, me`moriy bezalishi, bino va inshootlarning intererlari talablarini hisobga olgan holda bajariladi.
OTAL asosan quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
-To`g`ridan-to`g`ri devor yuzasidan va inshootlar konstruksiyasidan;
-kabel konstruksiyalaridan;
-latoklardan;
Qopqog`i ochiladigan plastmassa va temir qutilardan, plastmassa va temir quvurlardan kabellar kanalidan va yerdan foydalaniladi.
OK- trassasi qisqa masofali, ko`tarilish va tushishda vibratsiyada mexanik zarar yetmaydigan qilib tanlanadi. OK- ni yotqizishda ventilyatsion kanallar, shaxtalar va zinapoyalardan foydalanish man qilinadi.
Binolarda karniz bo`lgan hollarda OK ni ularning tagidan olib o`tish kerak.
Trassani belgilashda RM-8-1378 “Himoya quvurlari va qutilarda kabel va aloqa simlarini o`tkazish” talablari asosida amalga oshiriladi. Himoyalanmagan OK to`g`ridan-to`g`ri devorlar orqali ochiq usulda o`tkazishda pol bilan oraliq masofa 2 m dank am bo`lmasligi kerak. Faqat maxsus o`qitilgan xodimlar xizmat ko`rsatadigan binolarda ochiq usulda OK ni o`tkazish uchun balandlik chegaralanmagan. OK ni mexanik zararlanishi mumkin bo`lgan joylarda ular quvurlar, qutilar va xokazolar bilan himoyalanishi kerak.
Vertikal holda o`tkazilgan OK ni polga 2 m qolgancha himoyalanadi. OK ni yotqizishda harorat- 15 gradusdan past, xavoning nisbiy namligi 80 % dan yuqori bo`lmasligi kerak. Ochiq usulda yotqizilgan kabel har bir metrda qotirilishi kerak. Metal qistirgich bilan OK orasida qalinligi 1-2 mm bo`lgan rezina prokladka bo`lishi kerak.
Metall qisqichning qayrilish radiusini R shartdan kelib chiqib aniqlaydi: aniqlaydi.
OK-ning burilish radiusi yotqizilayotgan kabel tashqi diametrining 20 barobaridan kam bo`lmasligi kerak.
Tortish kuchi OK ko`rsatilgandan kam bo`lmasligi kerak. Kabelni tortish vaqtida tortish kuchini chegaralovchi moslamalardan foydalanish kerak. Mumkin bo`lgan tortish kuchi quyidagi formula bilan topiladi: F=gml/f bunda
F-mumkin bo`lgan tortish kuchi, g-erkin tushish tezligi-m/s, m-massasi, l-oraliqning uzunligi-m, f-kabel qobig`ining ushlab turuvchi konstruksiya materiali bilan hosil bo`lgan ishqalanish koeffisiyenti. Hamma holatda kabelni tortishni OK ning kuchlantiruvchi elementlardan foydalanib amalga oshirish kerak. Burilish joylarida OK ni burchakning har ikki tomonidan qotirish kerak, qotirish nuqtasi burchak yuqori nuqtasidan 100 mm dan kam bo`lmasligi kerak.

Download 10,46 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   96




Download 10,46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Optik tolali aloqa liniyalarini loyihalash asoslari

Download 10,46 Mb.