|
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|
bet | 45/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblarMa’ruza mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni darsga mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li bilan o’quv jarayonini tashkillashtirish, mar’uza materiallari boyicha bilim va ko’nikma hosil qilish, ushbu mashg’ulotni o’zlashtirishi uchun izlanish, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish
Reja:
1. Trubali o’tkazishlar xarakteristikasi va qo’llanilish sohasi.
2. Trubali o’tkazishlarga asosiy talablar.
3. Impulsli trubali o’tishlarning tipovoy sxemasi.
4. Trubali o’tishlarni bajarilish usullari.
5. Qo’shma qoplama sharoitlarda turli trubali o’tishlar.
6. Trubali o’tishlar uchun truba va pnevmokabellarni tanlash.
7. Trubali o’tishlar uchun armatura , birlashtiruvchi qurilmalarni tanlash.
1 Trubali o’tkazishlar xarakteristikasi va qo’llanilish sohasi.
Trubali o’tishlar deganda texnologik obektlardagi yoki inshootlardagi truba, truba kabellari, birlashmalari, birlashtiruvchi qurilmalar , armature, tashqi ta’sir himoya vositalari mustahkamlovchi ta’minot tugunlari tushuniladi.
Trubali o’tishlar avtomatikaning pnevmatik va gidravlik tizimlarida energiya uzatishi va turlicha yordamchi funksiyalarni bajaradi. (Masalan : qizdirish , sovutish, yuvish.)
Trubali o’tishlar funksional bo’linishiga ko’ra asosiy va yordamchi, avtomatlashtirilga obektdagi o’rni boyicha esa ichki va tashqi, yashirin va ochiq turlarga bo’linadi.
Qurilma va binolarning ichida joylashtirilga trubali o’tishlar, ichki trubali o’tishlar, bin ova qurilmalarning tashqi qismida joylashtirilgan trubali o’tishlar esa tashqi trubali o’tishlar deb nomlanadi.
Devor ichida , pol tagida , shiftlardagi izolyatsiya ortida va texnologik qurilmalar obshivkalarida joylshtirilgan trubali o’tishlar yashirin trubali o’tishlar hisoblanadi. Devor , shiftlarda , estakadalar, texnologik qurilmalarda joylashga trubali o’tishlar esa ochiq trubali o’tishlar hisoblanadi.
Impulsli trubali o’tishlar o’lchov o’zgartirgichlari elementlariga , qurilmalar va regulyatorlarga to’g’ridan – to’g’ri yoki bo’luvchi muhit orqali boshqariluvchi yoki o’zgaruvchi texnolik muhitdan ta’sirni uzatish uchun mo’ljallangan. Impulsli o’tishlarga monometrik termometrlarning kapilyarli misol bo’la oladi.
Komandali trubali o’tishlarga komandali signallarni uzatuvchi qurilmalardan qabul qiluvchi qurilmalarga uzatishni ta’minlovchi kabellar kiradi. Masalan, pnevmatik o’zgartiruvchi qurilmadan , membranali ijro mexanizmiga.
Oziqlanuvchi trubali o’tishlar avtomatizatsiyaning gidravlik va pnevmatik vositalarga siqilgan havo energiyasi yoki moy bosimini uzatishni ta’minlaydi.
Texnologik muhit xususiyati va parametriga ko’ra trubali o’tishlar trubaprovodlar uchun texnologik jadvalga ko’ra turli xil kategoriyalarga bo’linishi mumkin.(12.1 jadval). Trubali o’tishning toifasini aniqlashimizda uning parametrlari jadvalga monand bo’lmasa, ya’ni jadvalda mavjud bo’lmasa, unda bunday holatlarda trbali o’tishning shunday parametriga e’tibor berish kerakki unda yanada yuqori daraja aks etishi kerak.
Loyihalangan obektning trubali o’tishlari qaysi toifaga tegishliligiga qarab, ular qora va rangli metallardan yoki polimer materiallardan yasalga bo’lishi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|