2. Bosim va vakuumni o’lchash ikkilamchi asboblar montaji
Bosim va vakuumni o’lchash asboblari buyurtmachi (bosh pudratchi)dan o’rnatish zonasida stendda tekshirilganlik protokollari bilan birga qabul qilib olinadi. Ular yaxshi yoritilgan joylarda, agregatlarning qizigan qismlaridan uzoqroqda o’rnatiladi.
Manometrlar. Asboblar tashqi ko’rikdan o’tkazilganda shtuserlarda manometrning ichki qismini ifloslanishdan va rezbalarni mexanikaviy shikastlanishdan saqlaydigan himoyalash qalpoqchalarining borligiga e’tibor beriladi. Tekshirish muddati tugagan, plombasi yoki tekshirilganlik to’’risidagi; tamg’asi bo’lmagan bosim yo’qligida mili shkalaning nol belgisiga qaytmaydigan mazkur manometr usun yo’l qoyilgan xatolikning yarmidan ortiq qiymatli belgida to’xtaydigan; oynasi singan yoki asbobning to’g’ri ko’rsatishiga ta’sir etadigan boshqa shikastlanishlar bo’lgan manometrlarni ishlatishga ruxsat etilmaydi.
3-rasm. Bug’ning yoki qaynoq suvning bosimini o’lchashda (r 1,6 MPa gacha, temperatura 2250S gacha) manometrlari gorizontal (a) va vertikal (b) quvuryo’llarga o’rnatish: 1-manometr, 2-uch yo’lli jo’mrak, 3-olish qurilmasi, 4-shtuser, 5-quvuryo’l, 6-U-simon trubka
Bug’ yoki qaynoq suvning bosimini o’lchash manometrlari (3-rasm) o’lchanadigan muhitning yuqori temperaturasidan saqlanadi. Buning uchun bug’ yoki suv asbobga to’’ri emas, balki halqasimon yoki U-simon trubkalar orqali keltiriladi. Manometrlar bosimni olish joyidan yuqoriroqda o’rnatiladi. Aks holda manometr bilan bosimni olish joyi o’rtasidagi suyuqlik ustunining balandligini hisobga oluvchi tuzatish kiritish lozim bo’ladi.
Manometrlarni nazorat manometri boyicha tekshirib ko’rish uchun ularning oldida uch yo’lli jo’mraklar yoki ventillar o’rnatiladi.
Toza muhitlarda 0,025 MPa gacha bosmini o’lchashda va neft mahsulotlarining, agressiv va portlash xavfi bo’lgan muhitlarning bosimini o’lchashda uch yo’lli jo’mraklar ishlatilmaydi, bunda faqat ventillardan foydalaniladi.
Bir o’ramli naychasimon prujinali, bortlari bo’lmagan manometrlarni shchitning paneliga cho’ktirbi o’rnatishda (4-rasm, a) ular shchitning paneli 6 ga yuza tomonda qoyiladigan halqa 2 va asbobning korpusini panelga siqib turadigan plankalar 4 yordamida mahkamlanadi. Bortli manometrlar shchitga plankasiz, asbobning orqa bortidagi teshiklardan o’tkaziladigan vintlar bilan mahkamlanadi.
Manometrlarni bevosita quvuryo’llarga yoki texnologik uskunaga o’rnatganda birikmaning o’zaro izch birikishini ta’minlash zarur. Biriktirish nippeli va manometrning o’zi charm, fibra, paronit, qo’rg’oshin, yoki kuydirilgan mis qistirmalar bilan zichlanadi.
Bosimni va vakuumni masofadan o’lchaganda manometrlar, manovakuummetrlar va bir o’ramli prujinali vakuummetrlarni biriktirish trubalarining uzunligi 100 m dan, ko’p o’ramli prsujinali va silfonlilar uchun esa 30 m dan oshmasligi lozim. Biriktirish trubalari 9 (4-rasm, b) bosimni olish joyida texnologik quvuryo’l 11 tomonga yoki unga teskari tomonga 1:50 nishablik bilan yotqiziladi. Bosimni olish joyidan 500 mm oraliqda berkitish ventili 10 o’rnatiladi. Birlashtirish trubasi manometr 3 ga nippel 7 va tashlama gayka yoradmida birlashtiriladi. Asbob oldida birlashtirish trubalarini puflab tozalash va manometrning ko’rsatishini tekshirish uchun uchl yo’lli jo’mrak 8 o’rnatiladi.
Tortish o’lchagichlar, bosim o’lchagichlar va tortish-bosim o’lchagichlar shchitlarga yoki bevosita texnologik uskuna yonida o’rnatiladi. Suyuqlikni asboblar atrof muhit temperaturasi 30 0С dan yuqori ko’tarilmaydigan joylarga o’rnatiladi. Boshqa asboblar uchun atrof muhit temperaturasi 10-60 0С chegarada bo’lishi lozim. Asboblar tik holatda yoki asbobning ichiga joylashtirilgan sath ko’rsatkich boyicha o’rnatiladi.
4-rasm. Bortsiz manometrni shchitning paneliga o’rnatish (a) va havonig yoki agressiv gazlarning bosimini masofadan o’lchashda manometrni o’rnatish sxemasi (b): 1-vint, 2-old tomondagi halqa; 3-manometr, 4-planka, 5-gayka, 6-shchitning paneli, 7-tashlama gaykali pinnel, 8-uch yo’lli jo’mrak, 9-birlashtiruvchi truba,
10-berkitish ventili, 11-texnologik quvuryo’l.
Suyuqlik bilan ishlaydigan tortisho’lchagich, bosimo’lchagich va tortish-bosim o’lchagichlarning qiyalik burchagi o’lchashlar chegarasiga bog’liq (1-jadval). Qiya o’rnatiladigan tortish bosimo’lchagichlar millimetrlardagi suv ustuni boyicha darajalangan va rang berilgan etils pirti bilan to’latilgan. Olish qurilmasi o’rnatilgan joydan absobgacha bo’lgan oraliq 3-5 m bo’lishi lozim. Suyuqlik bilan ishlaydigan TNJ-N tortish-bosimo’lchagichini devorga o’rnatish namunasi namunasi 5-rasmda tasvirlangan.
1-jadval. Suyuqliklar uchun mo’ljallangan tortish o’lchagichlar, bosim o’lchagichlar va tortish-bosim o’lchagichlarni talab etilgan o’lchash chegaralriga qarab o’rnatish burchagi
|