Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari




Download 10,46 Mb.
bet56/96
Sana22.06.2024
Hajmi10,46 Mb.
#265084
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   96
Bog'liq
ASLUS javoblar



8 - ma’ruza.
Sarfni o‘lchash vositalarining montaj va sozlash ishlari



Ma’ruza mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni darsga mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li bilan o’quv jarayonini tashkillashtirish, mar’uza materiallari boyicha bilim va ko’nikma hosil qilish, ushbu mashg’ulotni o’zlashtirishi uchun izlanish, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish

Reja:
1. Sarfni o’lchash uchun mo’ljallangan toraytiruvchi qurilmalar montaji
2. Sarf va miqdor o’lchashning ikkimlamchi asboblar montaji

1. Sarfni o’lchash uchun mo’ljallangan toraytiruvchi qurilmalar montaji
Toraytiruvchi qurilmalar (diafragmalar, soplolar) vertikal, gorizontal yoki qiya quvuryo’llarda ish chizmalari va standartlarga amal qilgan holda o’rnatiladi.
Toraytiruvchi qurilmani o’rnatishdan avval u zanglashga qarshi surtilgan moylardan tozalanadi, quvuryo’l ichki diametrining loyihaga va komplektlash royxatiga mosligi va diafragmani o’rnatish joyi tekshiriladi; quvuryo’lda kir, payvand, choklar oqindilari, parchinmixlar va quvuryo’lning ichki kesimini toraytiruvchi boshqa ichki chiqiqlarning yo’qligi tekshiriladi; diafragma materialning markasi tekshiriladi; o’lchanadigan muhit oqimining yo’nalishi va diafragmaning korpusidagi (Q) va (-) belgilari; diafragmaning va u bilan birga jo’natiladigan difmanometrning nomerlari tekshiriladi. O’lchanadigan muhit oqimining uyurmalanishiga yo’l qoymaslik uchun quvuryo’lning fazoda qanday holatda (gorizontal, vertikal, qiya) o’rnatilishidan qat’iy nazar toraytiruvchi qurilmani tirsaklar, burchakliklar, qopqoqlar v ajo’mraklarga bevosita yaqin joylarda o’rnatishga ruxsat etilmaydi. Har qanday holda quvuryo’lning to’g’ri chiziqli qismining uzunligi kamida 6D, toraytiruvchi qurilmadan keyin 3D bo’lishi lozim (D quvuryo’lning ichki diametri).
Surilma qopqoqlar va jo’mraklar (ventillar) toraytiruvchi qurilmadan keyin o’rnatiladi. Agar loyihada ularni toraytiruvchi qurilma oldida o’rnatish ko’rsatilga6n bo’lsa, u holda surilma qopqoq (ventil) dan toraytiruvchi qurilmagacha bo’lgan masofa kamida 100D bo’lishi lozim. Toraytiruvchi qurilmani o’rnatish joyini tanlashda o’lchanadigan oqim quvuryo’lning kesimini va va toraytiruvchi qurilmaning o’zini butunlay to’latadigan bo’lishi lozim.
Diafragmani o’rnatganda uning toresi (yon yuzasi) quvuryo’lning o’qiga tik bo’lishi kerak; diaragmaning va quvuryo’lning o’q chiziqlari o’zaro mos yotishi lozim; drossel teshikning silindrik qismi o’lchanayotgan muhit oqimining yo’nalishiga qarshi turishi, konussimon qismi esa, oqimning yo’nalishi boylab kengayishi lozim. Kamerali diafragma quvuryo’lning uchlariga payvandlangan flaneslar orasida o’rnatiladi. Bu flaneslarning ichki diametri quvuryo’lning ichki diametriga teng bo’lishi kerak.
Toarytiruvchi qurilmaning halqasimon kameralari bilan flaneslar o’rtasida zichlash qistirmalari o’rnatiladi. Qistirmalarning materiali o’lchanayotgan muhit ta’siriga chidamli bo’lishi kerak. Qistirmalar quvuryo’lning ichki bo’shlig’iga chiqib qolmasligi kerak. Diafragmalar quvuryo’llarni oldindan tozalab va havo haydagandan keyin o’rnatiladi.
146-rasmda to’rt juft olish trubkalari bilan jihozlangan kamerali diafragmani havo va agressiv bo’lmagan gaz quvuryo’lining gorizontal qismida o’rnatish namunasi ko’rsatilgan. Texnologik quvuryo’l 1 ning gorizontal qismiga bir-biriga parallel va quvuryo’lning o’qiga tik ikkita flanes 3 va 4 payvandlangan. Bu flaneslar aylanasi boylab o’zaro boltlar 12 bilan (rasmda boltlarning faqat bittasi ko’rsatilgan) va gaykalar 13 bilan tortib mahkamlangan. Flaneslar orasiga diafragma 14 o’rnatilgan. Diafragmaning ikkala tomonida ventilli to’rt juft 2 va 4, 11 va 6, 9 va 8, 10 va 7 olish trubkalari o’rnatilgan. Toraytiruvchi qurilmani o’rnatish ishlari tugallangach, bu ishlarga akt tuziladi.


146-rasm. To’rt juft olish trubkalari bilan jihozlangan kamerali diaftagmani quvuryo’lning gorizontal qismida o’rnatish: 1-quvuryo’l, 2,4,6-11-ventillar bilan jiholangan olish trubkalari, 3,5-flaneslar, 12-bolt, 13-gayka, 14-diafragma.

Kamerali diafragmani o’rnatishda quvuryo’llar og’zidagi flaneslarning o’zaro parallel va quvuryo’lning o’qiga tik bo’lishiga e’tibor beriladi. Flaneslarni texnologik quvuryo’llarga o’rnatish ishlarini shu quvuryo’llarni o’rnatuvchi tashkilotning montajchilari avtomatlashtirish tizimini o’rnatuvchi tashkilot vakillarining ishtirokida bajaradi.


Toraytirish qurilmasi o’rnatilgandan keyin yuqorida ko’rsatilgan qoidalarga amal qilib, flaneslarning boltlari tortib mahkamlanadi, bunda diafragmaning to’g’ri markazlanganligi nazorat qilib turiladi. Diafragmani markazlash flanesdagi boltlarga qarab, boltlar bilan diafragma orasidagi tirqishlarni tekshirish yo’li bilan bajariladi. Bu tirqishlar bir xil va kamida 3 mm bo’lishi lozim. Diafragmalarni markazlash quvuryo’l va diafragma o’qlarini mumkin qadar yaqinlashtirish uchun zarur. Bularning o’qdoshlikdan og’ishi quvuryo’l diametrining ko’li bilan 0,01 qismini tashkil etishi lozim.

Download 10,46 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   96




Download 10,46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari

Download 10,46 Mb.