• Reja: 1. Sath o’lchagichlarning birlamchi qurilmalari montaji 2. Sath o’lchash ikkilamchi asboblar montaji 1. Sath o’lchagichlarning birlamchi qurilmalari montaji
  • 147-rasm. Qalqovichli satho’lchagich o’rnatish: 1-satho’lchagich, 2-posangi, 3-tinchlantirish kamerasi, 4-qalqovich, 5-kronshteyn, 6-blok.
  • Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari




    Download 10,46 Mb.
    bet59/96
    Sana22.06.2024
    Hajmi10,46 Mb.
    #265084
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96
    Bog'liq
    ASLUS javoblar

    Ma’ruza mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni darsga mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li bilan o’quv jarayonini tashkillashtirish, mar’uza materiallari boyicha bilim va ko’nikma hosil qilish, ushbu mashg’ulotni o’zlashtirishi uchun izlanish, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish

    Reja:
    1. Sath o’lchagichlarning birlamchi qurilmalari montaji
    2. Sath o’lchash ikkilamchi asboblar montaji

    1. Sath o’lchagichlarning birlamchi qurilmalari montaji
    Qalqovichli satho’lchagichlarda qalqovichlar, arqonlar va tortqilarning o’rnatilishiga alohida e’tibolr beriladi. Tortqilarni shunday o’rnatish keraki, bunda qalqovich va arqon yoki tortqi ishqalanmasdan harakatlanadigan bo’lsin. Qalqovichning harakat yo’li o’lchanadigan eng baland sathdan biroz ortiq bo’lishi lozim.


    147-rasm. Qalqovichli satho’lchagich o’rnatish:
    1-satho’lchagich, 2-posangi, 3-tinchlantirish kamerasi, 4-qalqovich, 5-kronshteyn, 6-blok.

    Satho’lchagich 1 (147-rasm) devorga rasmda ko’rsatgandek o’rnatilgan yoki metall konsturksiyaga payvandlangan kronshteyn 5 ga mahkamlanadi. Qalqovich 4 diametri 400 mm li trubadan yasalgan tinchlantirish kamerasi 3 ga joylanadi. Arqonning ishqalanmasligi uchun blok 6 qalqovich ustida juda aniq tik va vertikal o’rnatiladi. Qalqovich 4, blok 6 li arqon va staho’lchagich 1 ning o’lchash qismidan tashkil topgan harakatchan tizimi muvozanatlash uchun qalqovich bilan blok o’rtasida posangi 2 o’rnatiladi.



    148-rasm. Ochiq sig’imlarda sathni o’lchash uchun pezometrik satho’lchagichlarni o’rnatish: 1-sig’im, 2-pesometrik naycha, 3-impuls yo’li, 4-ta’minlash yo’li, 5-manometr, 6-reduktor, 7-filtr, 8-difmanometr, r-ta’minlovchi gaz yoki havoning bosimi.

    Pezometrik satho’lchagichlar. Pezometrik o’lchash trubkasi 2 (148-rasm, a) vertikal yoki idish – sig’im 1 tomonga qiyalantirib yon tomonga o’rnatiladi. Bunda trubkaning pastki ochiq uchi o’lchanadigan eng past sathdan pastroqqa tushirilishi lozim. Pezometrik trubkaning ichki diametri kamida 14 mm bo’lishi kerak. Diametri 6 mm li naychadan yasalgan ta’minlash yo’li 4 ga keladigan havo (yoki gaz) oldindan tozalanishi lozim. Bu maqsad uchun filtr 7, uzatiladigan havo (yoki gaz) miqdorini rostlash uchun esa reduktor 6 o’rnatiladi. Diametri 6 mm li naychadan tayyorlangan impuls yo’li 3 bevosita pezometrik trubka oldida ulanadi. Tizimdan havoning tashqariga sizib chiqmasligi va asbobning xatosiz ko’rsatishi uchun asbobni o’rnatish bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlar puxta bajarilishi lozim.


    Sath elektron indikatorlari. O’zgartirgich rezervuarning yuqori qopqog’iga payvandlangan rezbali shtuserga (149-rasm, b) mahkamlanadi va oltita boshlt tortib qotiriladi.


    Download 10,46 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96




    Download 10,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari

    Download 10,46 Mb.