|
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|
bet | 67/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblarHimoyalash chizmalari
Bu chizmalar avariyani oldini olish maqsadida jarayonni nazorat qilib borib, avariya signallarini beradi va qurilmalarni uchiradi yoki ularning ishlash rejimlarini o‘zgartiradi.
Boshqarish va signallashning prinsipial elektr chizmalarini quyidagi ketma-ketlikda loyhalanadi:
-chizmaning ishlash algoritmi tuziladi;
-boshqarish va signallashning struktura chizmasi ishlab chiqiladi;
-struktura chizmasidan prinsipial chizmaga o‘tiladi.
Elektryuritmalar ishini boshqarish algoritmi
Masalan, quyish mashinasi bunkeriga polietilen granulalarini yuklashda, bunkerdagi granula sathi pastki chegaradan pastga tushmasligi kerak (quyish mashinasi uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun), hamda tepa chegaradan oshib ketmasligi kerak (granulalar atrofga toshib sochilib ketmasligi uchun). YA’ni granula sathi tepa chegaraga yetganda pnevmotransport elektr yuritmasi o‘chirilishi va sath pastki chegaradan pastga tushsa pnevmaotransport elektr yuritmasi ishga tushirilishi kerak.
Struktura chizmasini ishlab chiqish
Struktura chizmasini tayyorlashda shunday chizma ishlab chiqish talab qilinadiki, unda iloji boricha kam elementlardan foydalanilgan xolda uning ishlashining algoritmiga mos chizmani ishlab chiqish kerak bo‘ladi.
Boshqarish chizmalarining struktura chizmasini chiqishda intuktiv, formallashgan va kombinatsiyali usullari mavjud.
Birinchisini odatda sodda xolatlarda anologik yechimlardan foydalangan xolda tayyorlanadi.
Murakkab chizmalarni tayyorlashda matematikaning formal logikasi apparatidan foydalangan xolda, struktura chizmalarini sintez qilishning formallashgan usullaridan foydalaniladi.
Kombinatsiyali usullar ham mavjud. Bunda, avval intuktiv ravishda chizma tanlanadi, so‘ngra logik fueksiyalardan foydalanib, olingan chizmani analitik ifodasi yozib chiqiladi.
Prinsipial elektr chizmalarga (PEK) o‘tish
Boshqarish va signallashning struktura chizmalari ishlab chiqilgandan so‘ng, prinsipial chizmalarga o‘tiladi. Manba kuchlanishi tanlanadi va chizma apparatlar bilan taminlanadi. Chizma o‘zgaruvchan tok mabaasi kuchlanishi 220v, 380v o‘zgarmas tok kuchlanish 60v, 48v, 24v, 12v bo‘lishi mumkin.
Chizma apparaturasini ishlatilayotgan manbaga qarab, bino xarakteristikasiga qarab, talab qilinayotgan kontaktlar soniga qarab tanlanadi.
Boshqarish va signalashning prinsipial elektr chizmalarida quyidagilar ko‘rsatilishi mumkin.
-boshqarish, signallash o‘lchash rostlash zanjirlari va kuch (siloviye) zanjirlari;
-apparatlarning boshqa chizmalarda foydalanilayotgan kontaktlari va boshqa chizmalarda ishlatilayotgan apparatlarning kontaktlari;
-chizmalarning qabul qiluvchi elementlari kontaktlarining yoqilishi diagramma va jadvallari;
-Jixozlarning ishlash siklogrammasi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|