|
Gazlar tarkibini nazorat qilish ikkilamchi asboblar montaji
|
bet | 63/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblar2. Gazlar tarkibini nazorat qilish ikkilamchi asboblar montaji
Gazoanalizator loyihaga va zavod yo’riqnomalariga aniq amal qilgan holda o’rnatiladi. O’zgartirgichlar portlash xavfi bo’lmagan xonalarda xizmat ko’rsatish va rostlash uchun qulay joylarda o’rnatiladi, chang yoki mexanik shikastlanish xavfi bo’lgan xonalarda esa shkafli shchitlar ichiga o’rnatiladi. Analiz qilishdagi kechikishni kamaytirish uchun tekshiriladigan gazlarni olish joyidan o’zgartirgichgacha bo’lgan masofa mumkin qadar qisqa bo’lishi lozim. O’zgartirgichlar o’rnatiladigan joydai temperatura kamida 15 va ko’pi bilan 50 0C, havoning nisbiynamligi esa ko’pi bilan 80% bo’lishi kerak. O’zgartirgichlar shchitning paneliga ilmoqlarda (devorga o’rnatish usulida) yoki maxsus qisqichlar yordamida (cho’ktirilgan usulda) o’rnatiladi.
Gazolish qurilmasidan o’zgartirgichgacha bo’lgan birlashtiruvchi yo’l diametri 8-10 mm li po’lat yoki mis trubalardan yasaladi. Trubalarning ifloslanmasligi, suvlarning to’planib qolmasligi va asbobning ko’rsatshi kechikmasligiu chun kichik diametrli trubalarni ishlatish tavsiya etilmaydi. Kondensatlarning kondensasiya idishiga oqishini ta’minlash uchun birlashtirish yo’llari qiya yotqiziladi. Birlashtirish yo’llari yotqizilgandan keyin ularning zichligi va germetikligi ko’pi bilan 10,5 MPa bosim bilan tekshiriladi.
Sovitkichga va nasosga keladigan suvni mexanik aralashmalardan tozalash uchun tozalagich-filtr o’rnatiladi. Suvning bosimi 10-25 S temperaturada kamida 0,3 va ko’pi bilan 0,6 MPa o’zgarmas bo’lishi lozim. Suv diametri 1G’2 li suvgaz po’lat trubalari boylab keltiriladi.
180-rasm. OA turidagi optik-akustik gazoanalizatorning o’ziyozar asbob va elektroblokli shchitning o’rnatish chizmasi: 1 – elektron o’ziyozar asbob, 2 – elktroblok, 3 – shchit
180-rasmda gazli aralashmalardagi oksid yoki kabonat angidrid va metanningk uchsiz (oz miqdordagi) konsentrasiyalarini uzluksiz o’lchash uchun mo’ljallangan OA turdagi optik-akustik gazoanalizatorni shchitga o’rnatish ko’rsatilgan. O’ziyozar elektron asbob 1 va elektroblok 2 li shchit 3 shunday o’rnatiladiki, bokdan devorgacha va bu shchitdan qabul shchitigacha (analizatorning o’zigacha) masofa kamida 150 mm bo’lsin. Shchitga yaqin joyda kuchlanish stabilizatori va birlashtirish qutisi o’rnatiladi. Ikkita shchit kesim yuzasi kamida 1 mm2, izolyasiyasining qarshiligi kamida 10 MOm li sim bilan ulanadi.
GL-5108 elektrokimyoviy gazoanalizator shichtga o’rnatilgan holda jo’natiladi. U havoning temperaturasi 10-35 S va namligi 30 – 80 % bo’lgan (mo’’tadil muhitli) portlash xavfi bo’lmagan xonada o’rnatiladi. Gazli aralashmani olish joyidan gazoanalizatorgacha bo’lgan masofa 50 m dan oshmaslik kerak. Vodorodli ballon (asboblar to’plamiga kirmaydi) gazoanalizatorga bevosita yaqin joyga o’rnatiladi. Gazoanalizatorning shchiti erga ulanadi. Gaz yo’lining trubalari zanglamaydigan po’latdan tayyorlanadi.
Reaksiya kamerasi katalizatorni tezlatish maqsadida oldindan 4 soat davomida azot bilan shamollatiladi.
Texnologik xonalarda shitlar, pultlar va stativlar montaji ahamiyati
Avtomatlashtirishning prinsipial elektr chizmalarini loyihalash. Umumiy talablar. Chizmalarni bajarish qoidalari. Elementlarni shartli grafik-harfiy belgilash. Zanjirlarni ifodalash
Po‘kakli va buykali qurilmalar montaji
Avtomatlashtirish sistemalarining boshqarish, signallash va himoya chizmalari. Avtomatlashtirish sistemalarining boshqarish chizmalari turlari. Avtomatlashtirish sistemalarining signallash chizmalari turlari. Avtomatlashtirish sistemalarining himoya chizmalari turlari.
5-ma’ruza
Avtomatlashtirish sistemalarini boshqarish, signallash va himoya chizmalari
|
| |