|
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|
bet | 64/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblarMa’ruza mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni darsga mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li bilan o’quv jarayonini tashkillashtirish, mar’uza materiallari boyicha bilim va ko’nikma hosil qilish, ushbu mashg’ulotni o’zlashtirishi uchun izlanish, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish
Reja:
1. Avtomatlashtirishning sistemalarining boshqarish, signallash va himoya chizmalarining vazifalari, turlari va ularni bajarishning umumiy tamoyillari.
2. Prinsipial elektr sxemada ba’zi-bir elementlarning grafik belgilanishi.
3. Prinsipial elektr sxema elementlarining harfiy belgilanishi.
4. Prinsipial elektr sxemalarda zanjirlarni tuzish tartiblari.
Avtomatlashtirishning sistemalarining boshqarish, signallash va himoya chizmalarining vazifalari, turlari va ularni bajarishning umumiy tamoyillari.
Avtomatlashtirishning prinsipial sxemasi loyihaning asosiy texnikaviy xujjati bo’lib, u texnologik qurilmaning avtomatlashtirilish darajasi va prinsipini ko’rsatadi. Bunda boshqarish sistemasini tuzishning bosh bosqichida qabul qilingan barcha prinsipial echimlar o’z ifodasini topadi. CHizma boshqarish ob’ekti, nazorat, rostlash, dasturli boshqarish, signalizasiya, blokirovka, himoya va avtomatlashtirishda ishlatiladigan vositalar haqida tushuncha berishi lozim. Odatda signalizasiya, blokirovka va himoya maxsus chizmalarda kengaytirib beriladi. Prinsipial chizmalarda boshqarish organlari va kommunikasiyalar bilan birga texnologik qurilmani chizmasi, avtomatlashtirish vositalarini, texnologik agregatlarining turli qurilmalari bilan avtomatlashtirish vositalari o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni sxematik ko’rsatiladi.
Avtomatlashtirish masalalari texnologik vositalaridan foydalanib hal etiladi, bu vositalarga tanlangan qurilmalar, dastlabki axborotni aniqlovchi, axborotni almashtirish va qayta ishlov berish vositalari, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga axborotni tanishtirish va chiqarib berish vositalari hamda yordamchi vositalar kiradi.
Avtomatik signallash nazorat qilinayotgan turli texnologik jarayonlarning chegaraviy holatlarini xizmatchi xodimlarga ma’lum qilishda qo‘llaniladi. Signallash vositalari yorug‘lik, tovushli yoki bir vaqtda ikkala ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin (lampalar, sirenalar, maxsus dinamik qurilmalar va boshqalar).
Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariya holatlarining oldini olish, tekshirilayotgan jarayonni ishdan to‘xtatish avtomatik himoya vositalari yordamida amalga oshiriladi (masalan, elektr uskunalarining alohida qismlarini qisqa tutashuv holatlarida ishdan to‘xtatish). Avtomatik himoya avtomatik boshqaruv va signallash bilan uzviy bog‘langan, chunki bunda himoya vositalari boshqaruv organlariga ta’sir ko‘rsatadi hamda bajarilgan vazifa haqida xizmatchi xodimlarni xabardor qiladi.
Texnologık sıgnalızatsiyanıng prıntsıpıal elektr sxeması.
Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariya holatlarining oldini olish, tekshirilayotgan jarayonni ishdan to‘xtatish avtomatik himoya vositalari yordamida amalga oshiriladi (masalan, elektr uskunalarining alohida qismlarini qisqa tutashuv holatlarida ishdan to‘xtatish). Avtomatik himoya avtomatik boshqaruv va signallash bilan uzviy bog‘langan, chunki bunda himoya vositalari boshqaruv organlariga ta’sir ko‘rsatadi hamda bajarilgan vazifa haqida xizmatchi xodimlarni xabardor qiladi.
Avtoblokirovka qurilmalari avtomatik himoya tarkibiga kiruvchi elementlar bo‘lib, uskunalarni noto‘g‘ri ulanish va ishdan to‘xtash hollarining hamda avariya holatlarining oldini olishda qo‘llaniladi.
Boshqaruv - boshqaruvchi kattalikning belgilangan algoritmiga mos bo‘lgan qiymatini saqlashga yo‘naltirilgan ta’sirlar yig`indisi hisoblanadi.
Avtomatik boshqaruv - belgilangan obyektdagi texnologik vazifalarni belgilangan davomiyligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv obyektiga bo‘ladigan ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.
Avtomatlashtirish - texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnikaviy vositalarni joriy etish demakdir. Bu esa ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan yangi bosqich bo‘lib, bunda texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlar ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori va sifatining oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi.
Signalizatsiya, muhofaza va nazorat qilish, sanoat protsesslarini boshqarish hamda rostlashni bundan keyingi avtomatlashtirilishi chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash, texnologik jarayonlarni optimal tartibda olib borish, texnologik uskunalar ishini intensivlash vazifalaridan kelib chiqadi.
Boshqarish apparatlari va himoya elementlari avtomatik rostlash tizimlariniga turli ta'sir hamda buyruqlar berish, shuningdek, avariya holatlarida tizimni himoyalash uchun ishlatiladi. Buyruq va ta'sirlar tugmalar, buyruq apparatlari, almashlab ulagichlar, so'nggi uzgichlar va boshqalar orqali beriladi. Himoya elementlari vazifasini; issiqlik relelari, eruvchi saqlagichlar, avtornatlar, maksimal tok relelari va boshqalar bajaradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|