• 2. Sath o’lchash ikkilamchi asboblar montaji
  • 176-rasm. UDU turidagi satho’lchagichni rezervuarga o’rnatish: 1,4 – kronshteynlar, 2-ko’rsatuvchi asbob, 3-himoyalovchi trubalar, 5,6 roliklar. 7-qisqa truba. 8-tasma, 9-qalqovich, 10-burchaklik.
  • -rasm. Sath elektron indikatorini (a) va o’zgartirgichi flansga o’rnatish (b): 1-o’zgartirgich, 2-o’lchash qurilmasi, 3-koaksial ulash kabeli, 4-milliampermetr




    Download 10,46 Mb.
    bet60/96
    Sana22.06.2024
    Hajmi10,46 Mb.
    #265084
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96
    Bog'liq
    ASLUS javoblar

    149-rasm. Sath elektron indikatorini (a) va o’zgartirgichi flansga o’rnatish (b): 1-o’zgartirgich, 2-o’lchash qurilmasi, 3-koaksial ulash kabeli, 4-milliampermetr.

    Sath elektron indikatorlarining ko’rsatish aniqligini oshirish va barqarorlashtirish uchun ularning o’zgartirgichlarini o’rnatishda elektr o’tkazmayligan materialdan tayyorlangan rezervuarlarda yoki rezervuarning elektr o’tkazadigan devorlaridan 1 mm dan ko’proq masofada sterjensimon o’zgartirgichning o’qidan ko’pi bilan 200 mm oraliqda unga parallel qilib metall elektrodlar (sterjenlar, trubalar, polosalar, po’lat arqonlar va h.k.) o’rnatish tavsiya etiladi. Elektrodlar va o’zgartirgichning korpusi erga ulanadi.


    O’zgartirgich uning detallarini ishdan chiqaruvchi muhitda, shuningdek, qovushqoq, parda hosil qiluvchi va o’zgartirgichning elektrodida qattiq cho’kindi hosil qiluvchi kristallanuvchi muhitlarda ishlashga mo’ljallanmagan. Sath elektron indikatorining o’lchash qurilmasini o’rnatish va uni o’zgartirgichga ulash qoidalari 56-paragrafda bayon qilingan.

    2. Sath o’lchash ikkilamchi asboblar montaji
    UDU qalqovichli satho’lchagich. Asbobni vertikal rezervuarga o’rnatish uchun kirayotgan suyuqlik oqimi qalqovichga mumkin qadar kam ta’sir etadigan joy tanlanadi. Agar suyuqlik rezervuarga kuchli pulsasiyalanib kiradigan bo’lsa, qalqovich himoyalanadi. Himoyalovchi to’siqning balandligi rezervuarning balandligiga bog’liq.
    Satho’lchagichni o’rnatish ko’rsatuvchi asbob 2 ni kronshteyn 1 ga o’rnatishdan so’ngra uni suyuqlik sathi o’lchanadigan sig’imga birlashtiruvchi himoyalash trubalari 3 ni o’tkazishdan boshlanadi. Himoyalash trubalari sifatida ruxlangan suvgaz trubaralridan (GOST 3262-75) foydalaniladi. Trubalarning uzunligi rezervuarning balandligi va turiga qarab tanlanadi.
    Uchiga qalqovich 9 osilgan perforasiyalangan tasma 8 himoyalash trubalari 3 ichidan o’tkaziladi. Tasma himoyalash trubalari ichida erkin qarakatlanishi lozim. Buning uchun burchak roliklari 5 va gidrotamba roligi 6 o’rnatiladi. Rezervuar ichida qalqovichning gorizontal harakatlanmasligi uchun ikkita vertikal yo’naltiruvchi ingicha sim tarang tortiladi. Yo’naltiruvchi simlar burchaklik 10 ga maxkamlanadi. Burchaklik taranglash qurilmalariga nisbatan shovun boyicha o’rnatilib, keyin rezervuarning tubiga payvandlanidi. Yo’naltiruvchi simlar rezervuarning ustki tuynugining qopqog’iga mahkamlangan ikkita taranglash qurilmalari bilan taranglanadi. Taranglash qurilmalari va burchaklik yo’naltiruvchi simlar o’rtasidagi oraliq 420 mm bo’ladigan qilib o’rnatiladi. Himoyalash trubalari va ko’rsatuvchi asbob shovun boyicha aniq o’rnatiladi. Trubalar o’zaro va ko’rsatuvchi asbobning korpusiga surik surkalgan kanop qoyib birlashtiriladi.
    Gidrotamba roliklar 6 dan va tirsak hosil qiluvchi himoyalash trubalaridan yig’iladi. Gidrotamba ko’rsatuvchi asbobning mexanizmini rezervuardagi suyuklikning bug’laridan saqlash uchun xizmat qiladi. Bu maqsadda gidrotamba yig’ilgandan keyin muzlamaydigan suyuqlik – etilenglikol yoki dizel yonilg’isi bilan 200-300 mm gacha to’latiladi.
    Ko’rsatuvchi asbobning korpusiga perforasiyalangan tasma kiradigan ikkita – vertikal va gorizontal bo’g’izlar bor. Asbobni o’rnatish sharoitlariga qarab bo’g’izlarning biridan foydalaniladi, boshqasi esa tiqin bilan berkitib qoyiladi. Asbob korpusining orqa devorida M8 rezbali ikkita teshik bor. Asbobni konstruksiyalarga mahkamlashda shu teshiklardan foydalaniladi.


    176-rasm. UDU turidagi satho’lchagichni rezervuarga o’rnatish: 1,4 – kronshteynlar, 2-ko’rsatuvchi asbob, 3-himoyalovchi trubalar, 5,6 roliklar. 7-qisqa truba. 8-tasma, 9-qalqovich, 10-burchaklik.

    Satho’lchagich-difmanometr. Yuqorida ko’rsatib o’tilgani­dek, texnologik apparatlarda va rezeovuarlarda suyuqlik sathini o’zgaruvchan bosimlar farqi usulida difmanometr va tenglashtirish idishlari yordamida o’lchanadi. Bunda o’lchash sharoitlari va xususiyatiga qarab, bayon etilgan usul boyicha suyuqlik sathini o’lchashning turli sxemalari qo’llaniladi. 177-rasmda ochiq rezervuarlarda suyuqlik sathini o’lchashda tenglashtirish idishini o’rnatishning ikki yo’li ko’rsatilgan.




    Download 10,46 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96




    Download 10,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Sath elektron indikatorini (a) va o’zgartirgichi flansga o’rnatish (b): 1-o’zgartirgich, 2-o’lchash qurilmasi, 3-koaksial ulash kabeli, 4-milliampermetr

    Download 10,46 Mb.