• 1. Gazlarning tarkibini nazorat qilish uchun mo’ljallangan birlamchi olish qurilmalari montaji
  • Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari




    Download 10,46 Mb.
    bet62/96
    Sana22.06.2024
    Hajmi10,46 Mb.
    #265084
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   96
    Bog'liq
    ASLUS javoblar

    Ma’ruza mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni darsga mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li bilan o’quv jarayonini tashkillashtirish, mar’uza materiallari boyicha bilim va ko’nikma hosil qilish, ushbu mashg’ulotni o’zlashtirishi uchun izlanish, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish

    Reja:
    1. Gazlarning tarkibini nazorat qilish uchun mo’ljallangan birlamchi olish qurilmalari montaji
    2. Gazlar tarkibini nazorat qilish ikkilamchi asboblar montaji

    1. Gazlarning tarkibini nazorat qilish uchun mo’ljallangan birlamchi olish qurilmalari montaji


    151-rasm. Gazolish qurilmasini metall qoplami mo’rining g’isht devoriga o’rnatish va mahkamlash: 1-xoch, 2-tiqin, 3-jo’mrak, 4-o’zgaririgchga ulanadigan impuls trubkasi, 5-asbest qistirma, 6-flanesli po’latdan ishlangan qisqa truba, 7-gazolish trubkasi, 8-vint, 9-plita, 10-metall qoplama, 11-sopol filtr, 12-ko’miladgan truba.

    Temperaturasi ko’pi bilan 500 0C gacha bo’lgan toza (changshsiz va boshqa muallaq holatdagi zarrachalarsiz), gazning tarkibini nazorat qilish uchun filtrsiz va suv bilan sovitilmaydigan gazolish qurilmasi (151-rasm) ishlatiladi; temperaturasi 200-500 0C li changli gazning tarkibini nazorat qilish uchun sovitilmaydigan sopol filtrli, bundan yuqori temperaturali gazlar uchun esa filtrli va suv bilan sovitiladigan gazolish qurilmalari ishlatiladi.


    Gazdan namuna olish joyida gaz to’planib qolmaydigan yoki tashqaridan havo so’rilmaydigan bo’lishi kerak. Gazyo’ldagi vakuum ko’pi bilan 150 mm suv ustuni (15 Pa), tarkibidagi chang miqdori ko’pi bilan 5 gG’m3 bo’lishi lozim. Gazolish trubasi oqimga gazyo’l diametrining 1G’3 qismigacha botirilib, gorizontalga nisbatan 20-300 burchak ostida o’rnatiladi. Trubaning gazyo’ldan chiqish joyi zich berkitiladi.
    Gazolish qurilmasi g’ishtdan terilgan metall qoplamani gazyo’lga o’rnatilganda pltia 9 truba 12 bilan birgalikda devorga ma’lum burchak ostida (biz ko’rayotgan holda vertikalga nisbatan 68Q20 burchak ostida) o’rnatiladi va gazyo’lning metall qoplamasiga payvandlanadi. Truba 12 qiya o’rnatilganda gaz oqimida paydo bo’lgan kondensat pastga oqib tusha oladi.
    Qurilish ishlari tugallangandan keyin truba 12 ga kermak filtr 11 gazolish trubkasi 7 bo’lgan gazolish qurilmasi o’rnatiladi. Bunda trubka 7 shunday o’rnatilishi kerakki, sopol filtr gaz to’planib qoladigan joylarda emas, balki o’tib ketayotgan gazlarning to’g’ri oqimida joylashadigan bo’lsin. Trubka 7 ga jo’mrak 3 va tiqin 2 bilan jihozlangan to’rtyo’llik (krestovina) 1 orqali biriktirish trubkasi 4 biriktiriladi. Biriktirish trubkasi tekshirilayotgan gazni gazolish qurilmasidan o’zgartirgichga uzatib beradi. Jo’mrak va tiqin bilan jihozlangan to’rtyo’llik trubka 7 ni tozalash va havo haydash uchun xizmat qiladi. Tashqaridan so’rilishi mumkin bo’lgan havo tekshirilayotgan gaz tarkibini buzadi. Tashqaridan havoning so’rilmasligi uchun gazolish qurilmasi bilan plita 9 orasiga asbest qistirma 5 qoyiladi. Gazolish qurilmasi o’rnatilgandan keyin gaz bilan isitiladi va issiq holatda gazolish trubkasi bilan sopol filtr birikmasi, filtrning gaykasi va flanesni mahkamlash boltlari tortib mahkamlanadi.


    Download 10,46 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   96




    Download 10,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari

    Download 10,46 Mb.