• Elektr yuritmalarni boshqarish chizmalari va ularning boshqarishning prinsipial chizmalari
  • Elementlar ro‘yxati va asosiy yozuvlar




    Download 10,46 Mb.
    bet68/96
    Sana22.06.2024
    Hajmi10,46 Mb.
    #265084
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96
    Bog'liq
    ASLUS javoblar

    Elementlar ro‘yxati va asosiy yozuvlar
    Elementlar prinsipial chizmalarda YESKD bo‘yicha GOST.2.710-81 ga asosan belgilanadi. Hamma apparatlar chizmada normal xolatda ko‘rsatiladi (masalan, rele kontaktlari boshqarish o‘ramiga signal berilmagan xolatda ko‘rsatiladi).
    Prinsipial elektr chizmalarining hamma elementlari uch qismdan iborat bo‘lgan pozitsion belgilarga ega bo‘ladi.
    Belgilashning birinchi qismi bir yoki ikki harfli kodda bajariladi.
    Ikkinchi qismida elementning tartib raqami keltiriladi.
    Belgilashning uchinchi qismi elementning funksional vazifasiga moslanadi. Masalan, R2N-2-rezistor, o‘lchovchi sifatida ishlatilayotgan. (GOST 2.710-81).
    R3F-3-rezistor, qisqa tutashdan saqlagich sifatida ishlatilayotgan elektr zanjirlarni markirovka qilish GOST 2.709-72 asosida amalga oshiriladi. Avtomatlashtirsh tizimlarida markirovkalash uchun 3 gurux sonlar qo‘llaniladi. Boshqarish, nazorat qilish va rostlash zanjirlarini 1÷399 1001-1399, 2001-2399 raqamlari bilan markirovkalaniladi. Signallash zanjirlari 400-799; 2800-2999 raqamlari bilan markirovkalanadi. Elektr manba zanjirlari 800-999; 1800-1999 raqamlari bilan markirovkalanadi.

    Elektr yuritmalarni boshqarish chizmalari va ularning boshqarishning prinsipial chizmalari
    25-rasmda elektryuritmalarni boshqarish chizmasi keltirilgan. Manbani boshqarish zanjiri fazalararo kuchlanish 380v bilan yoki faza kuchlanishi bilan amalga oshiriladi.
    Elektryuritmani boshqarishning prinsipial chizmasi 25-rasmda keltirilgan. Bu chizmada quyidagi belgilanishlardan foydalanilgan:
    SV1 va SV2 – yoqib o‘chiruvchi knopkalar, KM-kontaktor magnitli, KK-issiqlik relesi, FU-qisqa tutashdan saqlagichlar, QS-rubilnik.
    Elektr yuritma yoquvchi SV1 va o‘chiruvchi SV2 knopkalar yordamida ishga tushiriladi va o‘chiriladi. SV1 bosilganda KM boshqarish o‘ramidan tok o‘tib, kontaktor o‘zagi magnitlanib, yakorni tortadi va KM normal uziq kontaktlarni ulaydi. Bunda ulovchi kontakt SV1ning blokirovkalovchi kontakti va elektr yuritmaga manba’ni ulovchi KM kontaktlar ham ulanadi. Elektr yuritma ishga tushadi. Elektr yuritmani to‘xtatish uchun SV2 o‘chiruvchi knopka bosilib, KM ga manba uziladi. Bunda blokirovkalovchi KM kontaktlari ham uziladi. Elektr yuritma ishdan to‘xtaydi. Elektr yuritmaga yuklama oshib ketganda, elektr yuritmani kuyishdan saqlash uchun, issiqlik relelari ishga tushadi va manba’ni uzadi. Elektr yuritmani qayta ishga tushirish uchun yoquvchi SV1 knopka bosilib, KM kontaktori zanjiri ulanadi.
    Bu chizmada granula zahirasi saqlanadigan bunkerdan granula pnevmotransport yordamida quyish mashinasi bunkeriga berilishi ko‘rsatilgan. Ushbu chizmaning ishlash algoritmi quyidagicha: quyish mashinasiga beriladigan granulalar avval bunkerga beriladi. Bunkerda muntazam granula bo‘lishini ta’minlash kerak. Buning uchun bunkerning pastki va tepa chegaralariga sig‘imli sath o‘lchagichning datchiklari o‘rnatilgan. Granula pastki datchikga yetganda pastki sath kontakti SL1 ulanadi. Granula sathi tepa chegaraga yetganda tepa sath kontakti SL2 ulanib, magnitli yuritgich KM boshqarish o‘ramidan tok o‘tib o‘zining normal ulangan kontaktlari yordamida pnevmatransport elektr yuritmasini o‘chiradi. Quyish mashinasi bunkeriga granula kelishi to‘xtaydi. Natijada granulalar bunkerdan toshib sochilib ketishining oldi olinadi.


    Rasm 25. Mexanizmlarning elektr yuritmalarini boshqarish chizmalari.


    Rasm 26. Mexanizmlarning elektr yuritmalarini boshqarish chizmalari va ularni boshqarishning prinsipial chizmasi.


    Download 10,46 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96




    Download 10,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elementlar ro‘yxati va asosiy yozuvlar

    Download 10,46 Mb.