Insonni quyidagi hollarda tok o’ldiradi




Download 10,46 Mb.
bet71/96
Sana22.06.2024
Hajmi10,46 Mb.
#265084
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96
Bog'liq
ASLUS javoblar

Insonni quyidagi hollarda tok o’ldiradi:

  1. elektr ustanovkasining tok o’tib turadigan qismlariga tegilsa;

  2. elektr ustanovkasining tok o’tmaydigan, lakinavariya paytida tok o’tishi xavfi bo’lgan qismlariga bevosita tegilsa;

  3. elektr ustanovkasining yuqori kuchlanishli tok o’tib turadigan qismlariga yaqin borilsa yoki tegilsa;

  4. elektr ustanovkasining avariya vaqtida yuqori kuchlanishli tok ta’sirida bo’ladigan qismlariga yaqin borilsa.

Elektr tokidan himoya qilishning ishonchli va keng tarqalgan vositalaridan biri elektr qurilmalarini yerga ulash va nollashtirish hisoblanadi.
Yerga ulash (zazemleniya) – elektr apparatlar, mashinalar, jixozlar, yashin qaytargichlar va boshqalarni yer bilan tutashtirish. Yerga ulagich yerga ko’miladigan metal (po’lat, mis) elektrod va qurilmalarning yerga ulanadigan qismlarini elektrod bilan biriktiradigan o’tkazgichdan iborat. Yerga tik qoqiladigan po’lat quvur (vodoprovod tarmog’i, markaziy isitish yoki gaz tarmoqlaridan boshqa) ham elektrod vazifasini bajaradi. Yerga ulanadigan qism bilan yer orasidagi qarshilikni kamaytirish uchun elektrod sizot suvlari sathi chuqurligida ko’miladi. Yerning qarshiligi katta bo’lganda elektrodga namakob quyiladi. Yerga ulash radioeshittirish tarmoqlarida, radiotexnikada, simli aloqada, yashin qaytargich va boshqa apparatlarda ishlatiladi. Yerga ulash tashqi maydon ta’sirida hosil bo’ladigan qarshiliklarni kamaytiradi. Kishilarni tok urishidan himoya qilish uchun kuchlanish ostidagi qurilmalarning tashqi metall qismlari (mashina, apparat korpuslari va boshqalar) yerga ulanadi. Yerga ulash qarshiligi o’zgaruvchan tok ko’prigi bilan o’lchanadi. Elektr ustanovkalari quyidagicha yerga ulanadi.

Uzunligi 2 metrdan ortiq bo’lgan metall truba yerga qoqiladi yoki 1-1,5 m chuqurlikda o’ra qazib, unga varaq metal qo’yiladi. Yerga ko’milgan metall(zazemlitel) uchun diametri 25-30 mm va uzunligi 2,5-3 m bo’lgan po’lat truba yoki qalinligi 4 mm va kengligi 12 mm dan kam bo’lmagan po’lat lenta ishlatiladi. Po’lat trubalar yerga 0,7-0,8 m chuqurlikda, po’lat lentalar esa yerning muzlamaydigan va qurib qolmaydigan qatlamiga ko’milishi kerak. Po’lat lentalarning uchlari, ko’ndalang kesimi 100mm² dan kam bo’lmagan shisha bilan o’zaro ulanadi.
Yerga ko’milgan po’lat trubalar orasidagi masofa 2,5-3 m bo’lishi lozim. Elektr ustanovkaning tok o’tmaydigan barcha metall qismlari, ya’ni elektr mashinalar, yoritish lampalari va apparatlarning korpusi, transformator baki boshqarish shchitining metall qismi shu varaq metallga izolyatsiyalanmagan ayrim sim bilan tutashtiriladi.Yerga ulangan simlarni bir-biriga ulaydigan po’lat simlarning ko’ndalang kesimi quyidagichadir: tarqoq joylashgan iste’molchilarning nol nuqtasi maxsus sim orqali yer bilan birlashtiriladi. Ko’ndalang kesim yumaloq bo’lgan yerlagich bino ichiga o’rnatiladigan bo’lsa, uning diametri 5 mm, binodan tashqarida bo’lsa 6 mm bo’lishi, to’g’ri burchakli yerlagich bino ichiga o’rnatiladigan bo’lsa, uning ko’ndalang kesimi 25 mm² va qalinligi 2 mm, binodan tashqarida bo’lsa, ko’ndalang kesimi 48 mm² va qalinligi 4 mm bo’lishi shart. Bino ichida yerlagichlarni bir-biriga ulaydigan alyuminiy simning ko’ndalang kesimi: sim izolyatsiyasiz bo’lganda 6 mm², izolyatsiyalangan bo’lganda 2,5 mm²; mis simning ko’ndalang kesimi: izolyatsiyasiz bo’lganda 4 mm², izolyatsiyalangan bo’lganda 1,5 mm²

Download 10,46 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96




Download 10,46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Insonni quyidagi hollarda tok o’ldiradi

Download 10,46 Mb.