|
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|
bet | 79/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblarMembranali manometrlar:
Membranali manometrlarning sezgir elementlari gofrali membrana, membranali korobka hamda membrana bloklari ko’rinishida bajarilgan bo’lishi mumkin. Bu o’lchov asboblari kichik ortiqcha bosimlarni va vakuumni o’lchashga mo’ljallangan (manometrlar, naporomerlar va tyagomerlar). Bu o’lchov asboblarida bosim o’zgarishiga mos ravishda sezgir membrana deformatsiyalanib, egiladi. Sezgir gofrali membranali manometr quyidagi ko’rinishga ega (rasm 11.3.).
Rasm 11.3.Membranali manometr
O’lchanayotgan bosim R2 o’zgarishi bilan membrana deformatsiyalanib, egila boshlaydi. Membrana deformatsiyalanishi natijasida, uning bikirligi ortadi. Deformatsiyalanish, bosim membrana yuzasiga tekis taqsimlanib hosil qilayotgan kuch bilan membrana bikirligi muvozanatlanguncha davom etadi. Membrana egilishi uzatish mexanizmi yordamida o’lchov asbobi strelkasiga uzatiladi.
Silfonli manometrlar:
Silfonli manometrlarning sezgir elementi bo’lib, yupqa qalinlikdagi xalqasimon gofralik devorga ega bo’lgan tsilindrik idish, silfon tushuniladi.
Rasm.11.4. Silfonli manometrlar
Silьfon latundan, berilla bronzasidan va zanglamas po’latdan tayyorlanadi (rasm 11.4.). O’lchanayotgan bosimning ortishi bilan, silfon (3) deformatsiyalanishni boshlaydi va bu xol o’lchanayotgan bosim silfon tubiga (2) ta’sir etib hosil qilayotgan kuch bilan silfon bikirligi o’zaro muvozanatlanguncha davom etadi. Silьfon tubining siljishi uzatish qurilmasi yordamida strelkaga (1) uzatiladi.
Yuk porshenli manometrlar
Rasm 11.5. Yuk porshenli manometrning ish printsipi
Yuk porshenli manometrlarning (rasm 11.5) ishlashi, tsilindrda erkin xarakatlanayotgan porshenga, o’lchanayotgan bosim hosil qilayotgan kuchni kolibrlangan yuklar hosil qilayotgan kuch bilan muvozanatlanishiga asoslangan. Bu yukning og’irligiga qarab, porshenga ta’sir etayotgan bosim qiymati aniqlanadi. Bu o’lchov asboblari aniqligi va sezgirligi juda yuqori bo’lib, bu manometrlar yordamida 2500 kgs/sm2 gacha bosimni o’lchash mumkin. Asosan texnik manometrlar graduirovkasini tekshirish uchun ishlatiladi.
Ulovchi shtutser yordamida o’lchanayotgan muxit bilan ulangan, yog’ bilan to’ldirilgan tsilindr kolonkali (2) idishga (1) vertikal ravishda kichik bo’shliq bilan (3-5mkm) po’lat porshenь (plunjer) 4 o’rnatilgan.
Tashqi tomonidan porshen tarelka 5 bilan ulangan bo’lib, unga o’lchanayotgan bosim qiymatiga qarab kolibrlangan yuklar 6 o’lchanayotgan bosim bilan muvozanatlanguncha qo’yib boriladi.
P =
bunda, R – o’lchanayotgan bosim;
G1 va G2 –tarelka bilan porshenь va yuklarning massasi;
F – porshenь yuzasi;.
g – normalь erkin tushish tezlanishi.
Yuk porshenli manometrlarning quyidagi turlari mavjud: MP-2,5; MP-6; MP-60; MP-600; MP-2500. Ularning aniqlik sinfi 0,05.
O‘lchash axborotlarini masofaga uzatish tizimlari.
Sath o‘lchash tizimlari
Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki sochiluvchan jism bilan to‘ldirish balandligiga aytiladi.
Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanadi, u haqdagi axborot texnologik apparatning ish rejimini nazorat qilish uchun, ayrim hollarda esa ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarur. Sathni o‘lchash vositalari sath o‘lchagichlari deb ataladi.
Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sathni o‘lchash moddaning idishdagi miqdorini aniqlash va texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish uskunasida sath holatini nazorat qilishdan iborat.
Ishlash xarakteri jihatidan sathni o‘lchagichlar uzluksiz va uzlukli (releli) bo‘ladi. Releli sath o‘lchagichlar moddaning sathi ma'lum balandlikka yetganda ishlay boshlaydi, ular signalizatsiya maqsadida ishlatiladi va sath signalizatori deyiladi.
Bu asboblar ishlash prinsipi va tuzilishi jihatidan bir biridan farq qiladi. Masalan, suyuqlik sathni o‘lchashga mo‘ljallangan asboblarning ko‘pi sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash uchun yaroqsiz, usti ochiq (atmosfera bosim) idishlarda ishlatiladigan asboblar esa yuqori bosimda ishlaydigan idishlar uchun yaroqsizdir va hokazo.
Sathni nazorat qilish asboblari shkalali va shkalasiz bo‘ladi. Shkalasiz asboblar, odatda, ikkilamchi asboblar bilan birga ishlaydi, yoki sathning chegarasi haqida mustaqil signal beradi. 22.1 – jadvalda o‘lchash diapazoniga ko‘ra sath o‘lchagichlar keltirilgan.
22.1-jadval
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|