|
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|
bet | 76/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblarQ=U*g
Bunda, Q - o’lchanayotgan kattalik;
U – o’lchanayotgan kattalikda nechta birlik borligini ko’rsatuvchi son;
g – o’lchov birligi.
O’lchanayotgan kattalikni o’lchov birligi bilan qiyoslash uchun qo’llaniladigan moslama o’lchash asbobi deyiladi.
Texnologik jarayonning barcha parametrlari (ko’rsatgichlari) Xalqaro birliklar tizimi bo’yicha o’z o’lchov birligiga ega ( OK, OS, M, kg/sek, m2/sek, n/m2, kg/sm2 va h.z.).
O’lchash asbobini qiyoslash deb asbob ko’rsatishini aniqroq bo’lgan asbob bilan qiyoslashga aytiladi (qiyoslash o’lchash xatoligini aniqlash uchun o’tkaziladi).
O’lchanayotgan kattalikning son qiymatini aniqlash uchun o’lchashning bevosita va bilvosita usullari qo’llaniladi.
Bevosita o’lchashlar o’lchanayotgan kattalikni o’lchash asboblarning o’lchovlari yoki ko’rsatishlari bilan bevosita qiyoslashga asoslangan(tarozi, bo’rtma hisoblagich(schyotchik) va h.z.). Misol uchun bevosita o’lchash usuliga uzunlikni – metrlarda, bosimni- manometrlarda o’lchash va h.z. kiradi.
O’lchashning bilvosita usullari Q - izlangan kattalikni bilvosita emas, balki funktsional bog’lanish bilan bog’liq bo’lgan bir yoki bir necha boshqa kattaliklarni(A, V, S, …) bevosita o’lchash yo’li bilan aniqlashdan iborat. Bunda o’lchanayotgan kattalik quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqariladi
Q = f * (A, V, S, …)
Masalan, bakdagi suyuqlik miqdorini sathi bo’yicha aniqlash.
O’lchash asboblari deb o’lchanayotgan kattalikni o’lchov birligi bilan bevosita yoki bilvosita qiyoslash uchun xizmat qiluvchi moslamalarga aytiladi.
Datchiklarni, o‘zgartkichlarni, axborotlarni uzatish va avtomatik nazorat qilish tizimlarini va ikkilamchi asboblarni ishlash sxemalari va strukturaviy sxemalari
Istagan vazifani bajaruvchi o‘lchash o‘zgartkichi o‘lchash asbobi bilan konstruktiv birlashtirilgan bo‘lishi yoki o‘zi alohida qurilmani tashkil etishi mumkin. O‘lchash ob’ektiga o‘rnatilgan va o‘lchamlari, massasi hamda ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga mustahkamligiga nisbatan alohida talablarga javob beruvchi, zarur yordamchi elementlar bilan birga o‘lchov o‘zgartkichlarining bir qator konstruktiv to‘plamini datchik deb atash qabul qilingan.
K o‘pchilik hollarda o‘lchashlar o‘lchanayotgan fizik kattalikni oldindan o‘zgartirish bilan bog‘lik..
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|