|
Elektr tokini yerga ulash 3xil usulda amalga oshiriladi
|
bet | 72/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblarElektr tokini yerga ulash 3xil usulda amalga oshiriladi. Ular quyidagicha:
Ko’chma yerga ulash;
Himoyalovchi yerga ulash;
Konturli yerga ulash.
Ko’chma yerga ulagichlar - odamlarni o’chirilgan tok o’tkazuvchi qismlarda ishlayotganda xatolik bilan berilgan yoki tashqi elektr kuchlanish ta’sirida paydo bo’lgan kuchlanishdan himoya qilish uchun ishlatiladi. Ko’chma yerga ulagichlar yerga ulovchi simlarga ulash uchun xizmat qiluvchi qisqichdan, yerga ulovchi va uskunaning barcha fazalari tok o’tkazuvchi qismlarini o’zaro tutashtiruvchi simdan hamda yerga ulashga yoki yerga ulangan konstruksiyaga ulashga mo’ljallangan uchlik yoki strubsinadan tashkil topgan. Har bir fazaga alohida ko’chma yerga ulagichni qo’llashga ruxsat beriladi. Ko’chma yerga ulagichlar quyidagi talablarga mos bo’lishi shart:
ular yalong’och egiluvchan ko’p tolali mis simdan tayyorlanishi va keskin kesimi bir fazali yoki fazalararo qisqa tutashuv jarayonida termik bardoshlik talablarini qoniqtirishi kerak, lekin kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo’lgan elektr uskunalari uchun 25 mm²dan, kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan elektr uskunalari uchun esa 16 mm² dan kam bo’lmasligi zarur. Mis similar kesimini termik bardoshligi bo’yicha tanlab olishda boshlang’ich haroratni 30˚C, yakuniy haroratni 850˚C qabul qilishga ijozat beriladi.Ko’chma himoya yerga ulagichlarni qisqa tutashuv tokidan qizishini hisoblashda quyidagi sodda formuladan foydalanish tavsiya qilinadi:
S = I
Bunda: S – simning minimal ko’ndalang kesimi; I – qisqa tutashuv tokining eng yuqori miqdori, t – fiktiv vaqt.
Amaliyotda t uchun ushbu elektr uskunasini asosiy releli himoyasining eng kata o’rnatilgan ishlash vaqti olinishi kerak. Qisqa tutashuv tokining qiymati yuqori bo’lgan holda bitta yerga ulashning termik mustahkamligi yetarli bo’lmasa, bir nechta parallel yerga ulash o’rnatishga ruxsat beriladi.
bir-biri bilan tutashtiruvchi simlarni shinalarga ulovchi qisqichning konstruksiyasi shunday bo’lishi kerakki, ko’chma yerga ulagich qisqa tutashuv toki o’tganda dinamik kuch ta’sirida o’rnatilgan joyidan chiqib ketmasligi kerak. Qisqichlar yerga ulagichlarni tok o’tkazuvchi qismlarga shtanga yordamida o’rnatish va olishga mo’ljallangan moslama bilan jixozlangan bo’lishi kerak. Egiluvchan mis sim qisqich bevosita yoki mustahkam presslangan mis uchlik yordamida ulangan bo’lishi zarur. Sim ulangan joylaridan sinmasligi uchun uni egiluvchan po’lat simli prujina shaklidagi qobiqga joylashtirish tavsiya etiladi. Egiluvchan mis simni aniq ko’rinadigan qobiqqa solib qo’yish ham tavsiya qilinadi.
simdagi yerga ulash uchun mo’ljallangan uchlik, strubsina ko’rinishida yoki yerga ulangan konstruksiya yoxud yerga ulagich simiga maxkamlanuvchi qisqich konstruksiyasiga mos holda bajarilishi kerak.
ko’chma yerga ulagich elementlarining kontakt yuzalari qalaylab oqartirilgandan keyin presslash, payvandlash yoki bolt bilan mustahkam va qattiq ulanishi shart. Buning uchun kavsharlash man qilinadi.
Havo elektr uzatish tarmoqlari simlarini yerga ulash uchun ishlatiladigan ko’chma yerga ulagich uskunalarini metal ustunlar konstruksiyasiga, yog’och ustunlarni yerga ulash qurilmasiga yoki maxsus vaqtinchalik yerga ulagichga ulashga ruxsat etiladi. Sinash sxemalarida ishlatiladigan ko’chma yerga ulagich simini ko’ndalang kesimi kamida 4 mm², elektr uzatish tarmoqlaridagi ustundan izolyatsiyalangan yashin qaytargich troslari hamda ko’chma uskunalarini yerga ulashda esa mexanik mustahkaml;igiga qarab kamida 10 mm² bo’lishi shart.
|
| |