Bunkerga granulalarni yuklashni boshqarishning prinsipial chizmasi




Download 10,46 Mb.
bet69/96
Sana22.06.2024
Hajmi10,46 Mb.
#265084
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96
Bog'liq
ASLUS javoblar

Bunkerga granulalarni yuklashni boshqarishning prinsipial chizmasi

Quyish mashinasi bunkeriga granulalarni yuklashni boshqarish chizmasi 27-rasmda keltirilgan.

Quyish mashinasi uzluksiz ishlashi natijasida bunkerdagi granulalar kamayadi va pnevmotransport yana granula sathi pastki chegaradan pastga tushganda KM boshqarish o‘ramidan tok o‘tmaydi va bunda uning normal ulangan kontaktlari orqali pnevmatransport elektr yuritmasiga elektr manba ulanadi. Bunkerga yana granula kelishni boshlaydi. Ushbu boshqarish tizimi granulalarni toshib sochilib ketishidan va bunkerda granulalar qolmaganda granulalar oqimi uzilib qolib, ko‘p brak chiqishining oldini oladi.

Rasm 27. Quyish mashinasi bunkeriga granulalarni yuklashni avtomatlashtirish chizmasi.



Rasm 28. Quyish mashinasi bunkeriga granulalar yuklashni boshqarish va signallashning prinsipial elektr chizmasi.

28- rasmda quyish mashinasi bunkeriga granulalarni yuklashni boshqarish prinsipial elektr chizmasi keltirilgan. Bu chizmada shuningdek granulalar sathining chegara qiymatlarini signallash ham ko‘rsatilgan.


Chizmada quyidagi boshqarish elementlaridan foydalanilgan: SL1, SL2-texnologik kontaktlar; SB1,SB2-knopkali o‘chirgich; KM-kontaktor; KM1, KM2, KM3-kontaktor kontaktlari; H1 H2-signal lampalar.
Texnologik signallashning prinsipial elektr chizmasi 29-rasmda keltirilgan.
Texnologik kontakt SQ1 ulanganda, K2 relening normal ulangan kontakti ulanib, K1 rele boshqarish o‘ramlaridan tok o‘tadi va bu uning normal ochiq kontaktlari K1larining ulanishiga sabab bo‘ladi. Natijada, tovushli signal NA ishlaydi, hamda VD2 diod orqali K2 rele zanjiri ulanadi K2 normal ochiq kontaktlari yordamida zanjir blokirovkalanadi. Rele K2 ishlaganda, o‘zining signallash lampasi N1 zanjiridagi K2 normal ochiq kontaktlarini ulab signal lampani N1 yoqadi va normal yopiq kontakt K2 ni uzib, K1 relesi zanjirini SQ1 kontaktdan uzadi. SB2 knopka bosilishi bilan K1 rele zanjiri uzilib NA o‘chadi.
Xuddi shunday boshqa texnologik parametrlar chegara qiymatlarga kelganda texnologik kontaktlar (SQ2 va boshqalar) ulanib, signal lampalari yonadi.

Rasm 29. Signallashning prinsipial elektr chizmasi. (signallarni sinash imkoniyati bor chizma).

Signallash chizmasi quyidagicha ishlaydi:


Signal lampalarini ma’lum vaqt oralig‘ida tekshirib turish uchun tekshirish knopkasi SB1 bosiladi. Bunda ham rele K1 zanjiri ulanib, rele K1 ishlaydi va o‘zining normal ochiq kontakti orqali hamma signal lampalar zanjirini K2, K3 normal yopiq kontaktlar yordamida yoqadi. Agar birorta lampa yonmasa, unda bu lampa kuygan bo‘ladi va uni almashtirish kerak bo‘ladi. Bu tekshirish signalidan so‘ng, signaldan qaytish knopkasi SB1 bosiladi va bunda K1 relesi zanjiri uziladi. Hamma lampalar o‘chadi.


Download 10,46 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96




Download 10,46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bunkerga granulalarni yuklashni boshqarishning prinsipial chizmasi

Download 10,46 Mb.