|
Ultratovushli sarf o’lchagichlari AKRON – 01
|
bet | 82/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblarUltratovushli sarf o’lchagichlari AKRON – 01
Sarf o’lchagich AKRON – 01 – tovush o’tkazadigan suyuqliklar sonini va sarfini o’lchashga mo’ljallangan.
Sarf o’lchagich AKRON – 01 Davlat Registorida № 200711-00 sifatida qayd qilingan.
Elektromagnit sarf o`lchagichlar
Agar suyuqlik tokni o`zidan o`tkazsa, uning magnit maydonga ko`ndalang harakati EYuK yuzaga kelishiga olib keladi, u oqim tezligiga proporsionaldir.Amaliyotda bu sxema quyidagi yo`l bilan amalga oshiriladi: Elektromagnitlar shunday o`rnatiladiki magnit oqim chiziqlari,suyuqlik oqimi ko`chishiga perpendikulyar bo`ladi va oqim harakati bilan yo`naltiruvchi EYuK ni sezuvchi bir juft elektrodlar o`rnatiladi.(1-asm)
1-rasm.Elektromagnit sarf o`lchagichlarining muhim elementlari umumiy joylashuv sxemasi.
Bu usulni amalga oshirishning bir nechta yo`llari bor ammo o`zgarishlar to`laligicha ma`lumotlarni qayta ishlash sxemasiga tegishli va usulning prinsipial asosiga tegishli emas.
Suyuqlik elektromagnit sarf o`lchagichlar ishlash prinsipi
Suyuqlik elektromagnit sarf o`lchagichlar ishlash prinsipi tashqi magnet maydoni ta`sirida oqimda induksiyalanuvchi elektr tokini o`tkazadigan suyuqlik EYuK ni o`lchashga asoslangan.
Moddalarning tarkibini tahlil qilish usullari va asboblari
Moddalarning tarkibini tahlil qilish va parametrlarini o‘lchash usullari va asboblari.
Reja:
1. Suyuqliklar tarkibi taxlili
2. Analizatorlar va konsentratometrlar xakida ma'lumot
3. Eritmalarni tahlil qilishning konduktometrik usuli.
Suyuqliklar tarkibini tahlil qilish deyilganda ularning elementar, funksional yoki molekulyar tarkibini aniqlash tushuniladi. Tarkibni aniqlaydigan asboblar analizatorlar deb ataladi. Muhitda faqat bitta komponentning miqdorini aniqlash uchun mo‘ljallangan analizatorlarni ba'zan konsentratometrlar deb yuritiladi. Suyuqliklar konsentratsiyasini o‘lchash uchun quyidagi ulchov birliklari eng ko‘p tarqalgan: mg/sm3; g/sm3; massasi yoki hajmi bo‘yicha, %.
Harorat, bosim va shu kabi parametrlarning o‘lchash natijalariga kuchli ta'sir etishi analitik o‘lchashlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Bu parametrlar ayniqsa o‘lchash aniqligiga ta'sir qiladi. Shuning uchun avtomatik analizatorlar, odatda, namunalar tanlab olish, ularni tahlilga tayyorlash, o‘lchash sharoitlarini stabillash yoki tuzatishlarni avtomatik kiritish va hokazolar uchun qo‘shimcha murakkab jihozlar bilan ta'minlangan bo‘ladi.
Tahlil qilinadigan suyuqliklarning turli-tumanligi va ularning tarkibi hamda xossalarining keng chegarada bo‘lishi tahlil qilish usullari turlicha bo‘lgan avtomatik asboblar ishlab chiqarishni taqozo etadi. Asbobsozlik sanoati xilma-xil suyuqliklarni tahlil qiluvchi turli avtomatik analizatorlar ishlab chiqaradi. Suyuqliklarni tahlil qilishning sanoatda eng ko‘p tarqalgan usullariga konduktometrik, potensiometrik, optik, titrometrik va radioizotopli usullar kiradi. Quyida sanoatda keng tarqalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan.
|
| |