|
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|
bet | 52/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblarMa’ruza mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni darsga mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li bilan o’quv jarayonini tashkillashtirish, mar’uza materiallari boyicha bilim va ko’nikma hosil qilish, ushbu mashg’ulotni o’zlashtirishi uchun izlanish, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish
Reja:
1. Bosim va vakuumni o’lchash uchun mo’ljallangan olish birlamchi qurilmalari montaji
2. Bosim va vakuumni o’lchash ikkilamchi asboblarni o’rnatish
1. Bosim va vakuumni o’lchash uchun mo’ljallangan olish birlamchi qurilmalari montaji
Bosim va vakuumni o’lchaydigan olish qurilmalari muhit oqimi to’g’ri chiziqli bo’lgan joylarga o’rnatiladi. Olish qurilmalari gorizontal va qiya joylashgan gaz-havo quvuryo’llarining yuqori qismiga, suyuqlik va bug’ oquvchi quvuryo’llarining esa yon tomoniga o’rnatiladi.
Avtomatlashtirish tizimlarida ortiqcha bosimni va vakuumni o’lchash uchun birxillashtirilgan olish qurilmalaridan foydalaniladi. Bosimni o’lchaydigan olish qurilmalari (1-rasm, a, b) halqasimon truba 1 nippelli biriktirgich 2, berkitish organi (ventil yoki uchyo’lli jo’mrak) 3 va manometr yoki vakuummetr ulanadigan M20X1 1G’2* rezbali futor 4 (qisib mahkamlagich)dan iborat. Halqasimon trubka issiq suyuqlik (temperaturasi 70 0С dan yuqori) va bug’ bosimini o’lchashda qurilmani himoyalash uchun zarur bo’ladi. Uning vazifasi – manometrga issiq suv yoki bug’ning kirishiga yo’l qoymaslikdan iborat. Halqada sovigan kondensat to’planadi va manometrni o’lchanayotgan muhitdan ajratib turadi.Bundan tashqari, halqasimon trubka asbobni ulash paytida bosimning sakrashini kamaytiradi. Olish qurilmasi bevosita quvuryo’lga yoki apparatga o’rnatilgan shtuserga payvandlanadi.
1-rasm. Bosimni va vakumni olish qurilmalari: 1-halqasimon naycha, 2-nipelli biriktirgich, 3-berkitish organi,
4-futor, 5-himoyalovchi truba, 6-tarmoq, 7-tiqin qalpoqcha, 8-gayka, 9-olish trubasi.
Gaz yoki havoli muhit bosimini va vakuumini o’lchaydigan olish qurilmasi (1-rasm, v, g) vertikal yoki biroz burchak ostida yuqoriga o’rnatiladi. Bu holda olish qurilmsida va impulsli quvuryo’lda hosil bo’ladigan kondensat quvuryo’lga yoki texnologik apparatga qaytib tushadi.
Mo’ridan chiqayotgan gazlarning bosim impulslarini qabul qilishda olish qurilmasi qattiq zarrachalar eng kam to’planadigan joyga o’rnatiladi. G’ishtdan terilgan mo’ri va metall qoplamali mo’rining vertikal va gorizontal qismlarida olish qurilmalarini o’rnatish yo’llari 2-rasmda ko’rsatilgan.
2-rasm. Vakumni o’lchash uchun olish qurilmalarini o’rnatish: a,b-metall qoplangan, v,g-g’ishtdan terilgan gazyo’lni (mo’ri)ning vertikal va gorizontal qismlariga o’rnatish; 1-vakumni olish qurilmasi, 2-tiqin, 3-mustahkamlovchi truba, 4-impuls quvuryo’li.
Xizmat ko’rsatishning qulayligi uchun olish qurilmasini to’smaqopqoqlar, shiberlar, quvuryo’lning egilgan joyi flaneslar yaqinida o’rnatmaslik kerak. O’rnatishda shtuserlar va bo’rtmalarning sifatli payvandlanishiga alohida e’tibor beriladi; ularning ichki yuzalarida payvandlashda hosil bo’ladigan oqindilar qolmasligi lozim. Aks holda olish qurilmalarining ichki kesimi torayib, bosim yoki vakuum impulsining kechikishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, olish qurilmalari texnologik uskuna yoki quuryo’llarning ichiga kirib turmasligi kerak, chunki paydo bo’ladigan uyurma oqim asbobning ko’rsatishlariga ta’sir etib, o’lchanayotgan parmetrni buzib ko’rsatadi. Ortiqcha qovushqoq yoki o’lchash asbobining sezgir elementiga agressiv ta’sir ko’rsatadigan muhit bosimini yoki vakuumini o’lchashda ajratib turuvchi idishlar ishlatiladi. Bunda texnologik apparatdan yoki quvuryo’ldan ajratib turuvchi idishlar ishlatiladi. Bunda texnologik apparatdan yoki quvuryo’ldan ajratib turuvchi idishgacha bo’lgan impuls yo’li o’lchanayotgan muhit bilan to’ldiriladi, impuls yo’lining qolgan barcha qismi esa, ajratish suyuqligi bilan to’ldiriladi. Ajratish suyuqligini tanlashda quyidagi talablar hisobga olinadi: suyuqlik o’lchanayotgan muhitga aralashmasligi va qo’shilmasligi lozim, yonmaydigan bo’lishi va o’lchash asbobining detallarini ishdan chiqarmasligi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|