Titrlash. Avtomatik titrlash usullari.
Reja:
Titrlash.
Avtomatik titrlash usullari
Avtomatik titriash. Titrlash — eritmalami miqdoriy tahlil qilishning keng tarqalgan universal usullaridan bo'lib, zavod laboratoriyalarida bajarilgan tahlillarning asosiy qismi shu usulga to'g'ri keladi. Avtomatik titrlash uchun asboblar (avtomatik titrometrlar) ning qo'llanilishi tahlillar o'tkazish tezligini keskin oshiradi, ko‘pgina hollarda ularning aniqligini orttiradi, ko‘p sonli laborantlar, analitiklarni kamaytiradi.
Eritmada boshqa komponentlar bilan turgan, tabiati ma’lum bo‘lgan modda A ning konsentratsiyasini aniqlash titrlash deb ataladi. Buning uchun maxsus reagent В tanlanadi, uni titrlovchi modda (titrant) deb ataladi, u quyidagi sxema bo'yicha tahlil qilinayotgan aralashmaning ma’lum komponentiga tanlab reaksiya ko‘rsatadi:
A + В -> M + N, (31.1)
bu yerda M va N — titrlash reaksiyasi mahsulotlari.
Titrlovchi modda В ni namunadagi modda A ning hammasi reaksiyaga kirmaganiga qadar qo‘shiladi. Bu yerda, titrlovchi modda miqdori QB boshlang‘ich namunadagi titrlanayotgan moddaning miqdori QA ga ekvivalent bo‘ladi:
Qa= K/ Qp (31.2)
bu yerda Kr — titrlash reaksiyalarining stexiometrik koeffitsiyenti.
Titrlanadigan modda miqdori:
Qa=Ca'Q» (31.3)
bu yerda: CA — tahlil qilinayotgan aralashmadagi modda A ning konsentratsiyasi; Qn— const — boshlang'ich namuna miqdori.
Titrlovchi moddaning ekvivalent miqdori:
Q,= C,-V„ (31.4)
bu yerda: CB — titrlovchi moddaning konsentratsiyasi; VB — titrlovchi moddaning ekvivalent hajmi.
Qa va Qg ning miqdorlarini (31.4) tenglamaga qo‘yib, izlanadigan konsentratsiya CA ning titrlovchi moddaning ekvivalent hajmiga bog‘liqligini hosil qilamiz:
C=KVg , (31.5)
bu yerda К ==const.
Shunday qilib, titrlashda namunadagi komponentning aniqlanadigan konsentratsiyasining o‘lchovi titrlovchi moddaning ekvivalent hajmidan iborat bo'ladi.
Titrlash reaksiyalarining borishini nazorat qilish uchun ishlatiladigan asboblarning ishlash prinsipiga qarab, titrlashning quyidagi xillari bo'ladi: konduktometrik, potensiometrik, amperometrik va fotometrik.
Titrlash jarayoni diskret (davriy) va uzluksiz bo'lishi mumkin. Davriy titrlashda tahlil qilinayotgan moddaning alohida dozasi (namunasi) tahlil qilinadi. Uzluksiz titrlashda tahlil qilinayotgan moddaning sarf bo'yicha stabillashgan oqimi tahlil qilinadi, bu modda uzluksiz ishlovchi reaktorga kirib turadi. Uzluksiz titrlashda titrlovchi moddaning ekvivalent sarfi aniqlanadigan komponentning o‘lchovi bo'ladi, ya’ni
CA=K\-qf, (31.6)
bu yerda: „1 Kr Cg ;Kj=const;qA = const tahlil qilinayotgan modda A oqimining sarfi; qf* titrlovchi modda В ning ekvivalent sarfi.
Avtomatik titrlash usuli bilan tahlillarni avtomatik tarzda bajarish uchun mo'ljallangan asboblar titrometrlar deb ataladi. Vazifasiga ko'ra, avtomatik titrometrlar laboratoriya va ishlab chiqarish titrometrlariga bo'linadi. Labo- ratoriya titrometrlari yarimavtomatik asboblardir, chunki titrlash siklining barcha tayyorgarlik va yordamchi operatsiyalari qo'lda bajariladi. Ishlab chiqarishdagi avtomatik titrometrlar sanoat sharoitida texnologik jarayonlarni uzluksiz siklik yoki uzluksiz avtomatik tarzda tahlil qilish uchun mo'ljallangan.
Gazlarning tarkibini tahlil qilish
|