|
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|
bet | 88/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblarModdalarning namligini o‘lchash
Gazlar, suyuq muhit va qattiq jismlarning namligi kimyo, oziq-ovqat, metallurgiya, neft-gaz, to‘qimachilik sanoatida va boshqa sanoat tarmoqlaridagi hamda qurilishdagi ko‘pgina texnologik jarayonlarning muhim ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.
Har qanday jismda namlikning mavjudligi uning mutlaq (absolyut) hamda nisbiy namligi bilan xarakterlanadi.
Gazning mutlaq namligi deyilganda normal sharoitlarda 1,0 m3gaz aralashmasidagi suv bug‘i massasi tushuniladi. Mutlaq namlikning birliklari g/m3yoki kg/m3.
Nisbiy namlik deyilganda 1,0 m3aralashmadagi suv bug‘i massasi (hajmi)ning shu haroratdagi 1,0 m3aralashmadagi suv bug‘ining maksimal massasi (hajmi)ga nisbati tushuniladi. Nisbiy namlik o‘lchovsiz kattalik, ba’zan u foizlarda ifodalanadi.
Materialdagi nam miqdorini miqdor jihatidan xaraqterlash uchun ikkita kattalik — nam saqlami va namlikdan foydalaniladi.
Nam jism massasining mutlaq quruq material massasiga nisbati nam saqlamideb ataladi va quyidagicha ifodalanadi:
, (1)
bu yerda, М — nam massasi; Мо — mutlaq quruq materialning massasi; М1 — nam materialning massasi.
Namlik jismdagi nam massasining nam material massasiga nisbati quyidagicha ifodalanadi:
. (2)
Nam saqlamidan namlikka o‘tish va aksincha hollarda quyidagi nisbatdan foydalaniladi
.
Gaz namligini o‘lchash usullariga psixrometrik, shudring nuqtasi, gigrometrik (sorbsion), kondensatsion, spektrometrik, elektr-kimyoviy, issiq o‘tkazuvchanlik usullari kiradi. Bulardan birinchi uchtasi eng ko‘p tarqalgan.
Suyuqliklarning namligini o‘lchash uchun sig‘imli, absorbsion asboblar va suyuqlikning namlikka aloqasi bor biror xossasini o‘lchaydigan asboblardan foydalaniladi.
Qattiq va sochiluvchan jismlarning namligini o‘lchash uchun bevosita va bilvosita usullar qo‘llaniladi.
Quritish, ekstraksion va kimyoviy usullar bevosita o‘lchash usullarining ichida eng ko‘p tarqalgandir.
Konduktometrik, dielkometrik, o‘ta yuqori chastotali, optik, yadroviy magnit rezonansli, termovakuum, teplofizika usullari bilvosita o‘lchash usullariga kiradi.
Quyida sanoatda eng ko‘p tarqalgan usullarni ko‘rib chiqamiz.
Faza rotorli asinxron motorni avtomatik boshqarish sistemasi .
Qisqa tutashuv rotorli asinxron motorni avtomatik boshqarish sistemasini tadqiqi qilish.
«Tiristorli kuchlanish rostlagich – asinxron motor» berk sistemasini modellashtirish
Tezlik bo‘yicha manfiy qayta aloqali Tiristorli o‘zgartirgich – O‘TM sistemasini modellashtirish.
Avtomatlashtirilgan elektromexanik sistemalarga qo‘yiladigan talablarni aniqlash.
Elektromexanik sistemalarda yuklama momenti va kuchini hisoblash.
Yuklama quvvatini hisoblash. Ijro mexanizmi. Yuklama diagrammasini qurish. Dvigatelni tanlash. Reduktorning uzatish sonini hisoblash. Tanlangan dvigatelni tekshirish.
Elektromexanik sistemalar informasion elementlarini tanlash.
Holat, tezlik va moment datchiklari.
Elektr yuritma holatini rostlash sistemasi parametrlarini hisoblash.
O‘zgarmas tok dvigatelli struktura sxemasi parametrlarimi aniqlash.
Statik elektromexanik xarakteristikani qurish.
«Boshqariluvchi o‘zgartirgich dvigatel» sistemasida rostlash konturi parametrlarini aniqlash.
Tezlikni rostlash konturi parametrlarini hisoblash.
Robotlarda qo‘llaniladigan elektromexanik sistemalar;
Elektromexanik sistemalarning tasnifi;
Turli xil elektromexanik sistemalarining solishtirma tavsifi;
Robototexnikada ishlatiladigan elektromexanik sistemalarga qo‘yiladigan talablar;
Elektron asboblar va qurilmalar montaji
Difmanometrlar-sath o‘lchagichlar montaji. Suyuqlikni sathini o‘lchashning difmanometr-sath o‘lchagich sxemalari.
Suyuqlikning gidrostatik bosimini difmanometr yordamida o‘lchaydigan gidrostatik sath o‘lchagichlar difmanometrik sath o‘lchagichlar deb ataladi.
Suyuqlikning gidrostatik bosimini havo bosimiga o‘zgartiruvchi gidrostatik sath o‘lchagich pezometrik sath o‘lchagich deb ataladi.
Difmanometr bilan ochiq va yopiq idishlardagi suyuqliklar sathni, ya'ni bosim ostidagi, atmosfera yoki siyraklanish sharoitidagi suyuqliklar sathini o‘lchash mumkin. Bunday asboblarning ishlash prinsipi ikki suyuqlik ustunining gidrostatik bosimlar farqini o‘lchashga, ya'ni idishdagi suyuqlik sathiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan suyuqlik ustuni bosimini va solishtirish o‘lchovi vazifasini bajaruvchi doimiy ustun bo‘yicha bosimlar farqini o‘lchashga asoslangan. 23.5-rasmda ochiq idishdagi suyuqlik sathni difmanometr bilan o‘lchash sxemasi ko‘rsatilgan. 1 difmanometrning ikkala impulsli naychasi nazorat suyuqlik (agar u agressiv bo‘lmasa) bilan to‘ldiriladi. Difmanometr sezgir elementiga ta'sir etadigan R1 va R2 bosimlar farqini o‘lchaydi. Shu bosimlar uchun (23.10) tenglamaga mos ravishda quyidagi ifodalarni yozish mumkin:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|