• 2.2 Protsessor
  • Avtomatlashtirish va boshqaruv




    Download 1.13 Mb.
    bet4/13
    Sana24.03.2023
    Hajmi1.13 Mb.
    #46452
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    KURS ISHI
    Электр занжирларининг асосий қонунлари , Документ Microsoft Word (2), Mavzu. Ko’p o’zgaruvchili funksiya, uning aniqlanish sohasi, lim, Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта та’лим вазирлиг навоий Давл-fayllar.org, Atv fanidan test topshiriqlari Elektrodinamik rele haqidagi to`g, Mashinalarning ishonchlilik asoslari. Xudoyberdiev T, 1- ma’ruza Kirish. Mashina detallari fani haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org, texnologik-jarayonlar-boshqaruvining-oziga-xos-jihatlari, Mavzu Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati, 4-mustqil ish
    Asosiy plata yaxlit asosga yig’ilgan elektron sxemalar bo’lib, unga ba’zi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali – shinalar (simlarining oʻramlari) yordamida bog’lanadi. Shinalar kompyuter-ning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil shina xizmat koʻrsatadi: berilganlar (berilgan ma’lumotlar) shinasi, adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi.
    Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar portlar deb yuritiluvchi asosiy platadagi maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni boshqarish uchun asosiy platada kontrollerlar deb ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel (LPT), ketma-ket (COM) va universal ketma-ket (USB) turlarga bo’linadi. Ketma-ket port protsesordan ma’lumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda uzatadi, paralelel port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda, sichqoncha va modem ketma-ket portlarga, printer parallel portga ulanadi. Juda ko’p asosiy platalarda sichqoncha va klaviatura doiracha shaklidagi PS/2 bo’lmaga ulanadi. Hozirgi kunda universal ketma-ket portga sichqoncha, klaviatura va boshqa qurilmalarni ulash imkoni bor.
    Odatda, asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy xotira qurilmasi (DXQ, ing. ROM – Read Only Memory – faqat o’qish uchun xotira) mikrosxema ko’rinishida tashkil etilgan bo’lib, quvvat manbaiga bog’liq bo’lmagan holda ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Doimiy xotira qurilmasida kompyuterning kiritish-chiqarish asosiy sistemasi (BIOS – Basic Input-Output System) haqidagi doimiy axborot saqlanadi.
    2.2 Protsessorni mikroprotsessor yoki CPU (ya’ni, Central Processing Unit - markaziy protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bogʻlanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi.
    Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini kvadratdan ham kichik yuzali yagona yarim oʻtkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topgan mikroprotsessor, yaʻni oʻta zich integral sxema, bajarmoqda. Misol sifatida koʻradigan boʻlsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori oʻz ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi.
    Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va raz­ryadlar soni bilan belgilanadi. Tezlik protsessorning 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan belgilanadi va Gs (gers) bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 million amal) tezlikka ega boʻlsa, Intel Pentium IV protsessori uchun bu koʻrsatkich 1700 MGs va undan yuqoridir. Protsessor­ning razryadlari soni uning bir vaqtning oʻzida baravariga ishlashi mumkin boʻlgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qoʻllanilmoqda. Protsessorning tezligini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik soprotsessorlar kabi vositalardan foydalanish yoʻlga qoʻyilgan. Shu kunlarda protsessorlarning ko’p yadroli turlari ishlatilmoqda.
    Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat:

    • arifmetik-mantiqiy qurilma;

    • ma’lumotlar va adreslar shinasi;

    • registrlar;

    • buyruq jamlagichi;

    • kesh, ya’ni kichik hajmli o’ta tezkor xotira;

    • qo’zg’aluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori.

    Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, ya’ni bir vaqtning oʻzida 16 bit axborot va 232= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyati mavjudligini bildiradi.
    Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni oʻqish va bajarish, natijani yozib qoʻyish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayondir. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqa­rishni amalga oshirish, ma’lumotlarni zarur joydan oʻqish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish, boshqa qurilmalarning ishlashini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi.
    Demak, protsessor berilgan dastur va zarur ma’lumotlar asosida inson aralashuvisiz kompyuterning avtomatik ishlashini ta’minlovchi qurilma ekan.
    Tezkor xotira qurilmasida (TXQ) ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborotlar va dasturlar saqlanadi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab marotaba tezdir. Tezkor xotira qurilmasida saqlanayotgan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki qayta yuklanganda oʻchib ketadi.
    Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr – maʻlumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun moʻljallangan qurilma. Har bir registr oʻz navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti elektron sxema boʻlib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda «1» ni, zaryadlanmagan holatda «0» ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi (yaʻni 0 yoki 1). 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt oʻz tartib raqamiga, yaʻni adresiga ega boʻladi. Uyachaning sigʻimi mashina soʻzi uzunligini belgilab beradi. Mashina soʻzining uzunligi baytlarda oʻlchanadi. Mashina soʻzining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng boʻlishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, toʻrt yoki sakkiz bayt birlashib, bitta mashina soʻzini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham oʻz adresiga ega, u esa shu uya­chadagi boshlangʻich bayt adresi bilan ifo­dalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi – RAM (Random Access Memory – tanlov boʻyicha ixtiyoriy kirishli xotira), chunki undagi istalgan adresli uyachaga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish imkoniyati mavjud.
    Tovush, video va tarmoq platalari asosiy plataga joylashtirilgan yoki alohida bo’lishi mumkin. Bu platalar protsessor ishini tezlashtirish hamda zaruriy sifat ko’rsatkichiga erishish maqsadida ishlatiladi.

    Download 1.13 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1.13 Mb.