• Banklararo malumotlarning xalqaro tarmog’i
  • Avtomatlashtirish va boshqaruv




    Download 1.13 Mb.
    bet7/13
    Sana24.03.2023
    Hajmi1.13 Mb.
    #46452
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
    Bog'liq
    KURS ISHI
    Электр занжирларининг асосий қонунлари , Документ Microsoft Word (2), Mavzu. Ko’p o’zgaruvchili funksiya, uning aniqlanish sohasi, lim, Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта та’лим вазирлиг навоий Давл-fayllar.org, Atv fanidan test topshiriqlari Elektrodinamik rele haqidagi to`g, Mashinalarning ishonchlilik asoslari. Xudoyberdiev T, 1- ma’ruza Kirish. Mashina detallari fani haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org, texnologik-jarayonlar-boshqaruvining-oziga-xos-jihatlari, Mavzu Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati, 4-mustqil ish
    Sovam Telerort tarmog’i.
    Sovam Telerort Xalqaro kompyuter axborot tarmog’i San Francisco/Moscow Telerort (AKSh), Cable&Wireless (Buyuk Britaniya) kompaniyalari xamda Avtomatlashtirilgan tizimlar instituti (Rossiya) tomonidan 1990 yilda tashkil etilgan. Tarmoq avvalo joriy vaqt rejimida teleks va telefaks xalqaro axborot almashuv uchun mo’ljallangan. Xalqaro tarmoqqa chiqish ijaradagi yo’ldan Іarbiy yevropaga aloqa qilish kanallari orqali chiqiladi.
    Banklararo ma'lumotlarning xalqaro tarmog’i
    Xalqaro banklar tarmog’i doimiy o’sib bormoqda. Ma’lumotlar va telekommunikatsiya xizmatiga nisbatan ortib borayotgan talabni qondirish uchun xalqaro tarmoq tashkil etilmoqda. U to’lovlarni o’tkazish, aktivlarni boshqarish va ma’lumotlar bilan ta'minlash bo’yicha kompleks xizmat ko’rsatadi. Ular ichida HEBS (Hexagon Electronic Banking System) kabi mashxur tarmoqlar mavjud. Lekin dunyoda eng yirik moliyaviy xabarlar tarmog’i SWIFT xisoblanadi. Bu tizimga qo’shilgan xar qanday bank o’zini jaxon moliya uyushmasining to’liq a'zosi deb xisoblashi mumkin. 70-yillar boshida xarbiy mamlakatlardagi yirik moliyaviy muassasalar tezda o’sib ketgan xalqaro to’lov xabarlarini qayta ishlashni avtomatlashtira boshladi. Tijorat telekommunikatsiya tarmoqlari soni ko’paydi. Ularning xar biri o’z shaxsiy formatlari, aloqa vositalaridan, ma’lumotlarni qayta ishlash tartibidan, kirishdan ximoyalash usullaridan foydalandi.
    1973 yil yevropa va Amerikaning 250 ta yirik banklari Xalqaro Banklararo Moliyaviy Telekommunikatsiya - SWIFT (Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications)ga asos soldilar. Jamiyatning vazifasi - yagona bank xabarlari tizimini yo’lga solish va qo’llab-quvvatlash edi. U ishtirokchilarga sutka davomida dunyoning xar qanday nuqtasidagi moliyaviy ma'lumotlarga standart shaklda kirish imkonini beradi. SWIFT Xalqaro tarmog’i 1977 yildan boshlab faoliyat ko’rsata boshladi. Ma’lumotlar tarmoq bo’yicha standartga muvofiq strukturalashtirilgan ma'lumotlar ko’rinishida uzatiladi. Bank xabarlari standartlarini yaratish va qayta ishlashda SWIFT tizimi firma - mutaxassislarigina emas, shuningdek, Standartlar bo’yicha Xalqaro Qo’mita, Xalqaro Savdo palatasi (ICC) xam ishtirok etadi. Natijada banklarning moliyaviy va tijorat operatsiyalari xaqidagi namunaviy xabarlar standartlari ishlab chiqildi. Ularning ayrimlari xalqaro miqyosda tan olindi. Misol sifatida banklarning identifikatsiya kodlari - BIC kodlarni keltirish mumkin. SWIFT tarmog’i standartlarida uzatiladigan ma'lumotlarning kategoriyasi, gurux va tillari aniq belgilangan. Xabarlarni uzatishdan tashqari tizim IFT (Interbank File Transfer) xizmati darajasida banklararo fayllar bilan almashishni qo’llab-quvvatlaydi. Standartlarni jaxon banklari amaliyotiga kiritish SWIFTning eng asosiy yutuqlaridan biri.
    Bu narsa moliyaviy muassasalarga xujjatlar bilan almashish va nizo xamda xatolardan qochish imkonini beradi. Xozirda tarmoq asosini uchta kommunikatsiya stansiyalari tashkil etadi. Ular Amsterdamda (Gollandiya), Bryusselda (Belgiya), Kalpepereda (AQSh) joylashgan. Bundan tashqari, o’z mamlakatlaridagi mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi regional stansiyalar mavjud. Zamonaviy texnologiya va talabalar SWIFT tarmog’ini zamonaviylashni muvofiqlashtiradi. Natijada arxitekturasi to’rtta darajadan iborat yangi - SWIFT-II yaratildi:
     Abonentning kirish nuqtasi xisoblanmish foydalanuvchining terminallari (SWIFT Based Terminal - SBT);
     mintaqaviy protsessor (Regional Processor - RP). Uning vazifasi xabarlarni uzatish, protokollarni boshqarish, keluvchi xabarlar to’g’riligini tekshirish, abonentlarga ularning ma’lumotlarini qabul qilganlik xaqidagi tasdiqni uzatishdan iborat. RÐ àáîíåíòlari ularga berilgan kodlar bo’yicha taniydi;
     marshrutlovchi (guruxli) protsessor (Slice Processor - SP) xabarlarni marshrutlashni boshqaradi, barcha ma’lumotlar va xabarlarni uzatish xaqidagi xotirani saqlaydi, tizimli xabarlarni ishlab chiqadi, tizimga asoslangan arxivni olib boradi va ular elektron nusxasining maxsus ma'lumotlar bazasida saqlanishini boshqaradi;
     tizimni boshqarish protsessori, faqat barcha tizimni boshqarish va nazorat qilish vazifasini bajaradi. Tizimda asosiy kompleksda barcha operatsiyalarni takrorlash uchun zaxira protsessori mo’ljallangan. SWIFT ma'lumotlarni yuqori darajada ximoyalashni ta'minlaydi. SWIFTning asosiy talabi terminallarni ulash tartibidir. Tizim xar bir foydalanuvchi uchun individual yashirin kod bilan qayd etish orqali tizimli xabarlar nazoratini tashkil etish asosida xar bir ulangan terminalni aniqlashi (tanishi) kerak. Bu xabar maxsus qurilma yordamida shifrlanadi. Qurilmada modul bo’lib, u tasodifiy sonlar generatoridan foydalangan xolda shifrlovchi kalitni xosil qiladi. Foydalanuvchiga keyingi qayd qilish uchun yangi kod beriladi. Bu - kalitlar almashish tartibi deb yuritiladi. Terminal aniqlanganligi tasdiqlangandan so’ng u tarmoqda qayd etiladi. Barcha kodlar va kalitlar SWIFT terminaliga mikroprotsessorlar karta (MK) yordamida kiritiladi. MKni xavfsizlik tizimi (User Security Enhancement - USE) ishlab chiqadi. Terminalni tarmoqqa ulash tartiblaridan birortasi buzilgan taqdirda, (shovqin, liniya uzilishi aniqlansa, uzatishda xato aniqlansa yoki xabar formati tizimiga kiritish tartibi notug’ri bo’lsa va xokazo) terminal avtomatik ravishda uchadi, maxsus faylda bu xol qayd etiladi. Shu orqali past sifatli liniya aniqlanadi. Foydalanuvchining imtiyozini farqlash vositasi axborot xavfsizligini ta'minlash buyicha qo’shimcha chora xisoblanadi. Bundan tashqari, tizimda tez-tez to’xtab qolishdan ximoyalash uchun axborotlarni zaxira nusxalab qo’yish xisobga olingan. SWIFT tizimining barcha imkoniyatlaridan foydalanish uchun maxsus dasturiy-apparatli interfeys mavjud. Bugungi kunda SWIFT tarmog’i uchun terminal komplekslarni taklif etuvchi 100 dan ortiq firma mavjud. SWIFT terminal komplekslari uchun platforma ishlab chiqaruvchilari o’rtasida Digital Equipment (VAX va Alpha tizimi), IBM (PS/2, S370, RS/6000), Hewlett Pacard (Apollo 9000), Sun Microsystems (SPARC oilasiga mansub protsessorli kompyuterlar) kabi kompaniyalar mavjud.
    Global tarmoq tuzilishi Bugungi kunda SWIFT terminal komplekslar bozorida Digital va IBM nisbatan mashxur sanaladi. SWIFTda ishlatiladigan ba’zi terminal komplekslar ta'rifi 1-jadvalda ko’rsatilgan. Bugungi kunda SWIFT tizimi bank operatsiyalari, valyuta va pul bozori, qimmatbaxo kog’ozlar savdosi, savdo operatsiyalariga xizmat ko’rsatish, xalqaro to’lovlarni amalga oshirish kabi muxim moliyaviy faoliyat soxalarida ma’lumotlar bilan tezkor almashuvni ta'minlaydi. Vosita va xizmat xaqi yuqori bo’lishiga qaramasdan SWIFT tarmog’i abonentlari soni ko’payib bormoqda. Bu xol SWIFT jamiyatiga kelgusida moliya faoliyatining boshqa soxalarini qamrab olgan xolda tarmoqni yanada kengaytirish imkonini beradi.
    Shaxsiy kompyuterlar barcha resurslari to'liq bir ish joyining faoliyatini ta'minlashga yo'naltirilgan hisoblash tizimlari. Bu kompyuter texnologiyalarining eng ko'p sinfi bo'lib, u IBM PC va ular bilan mos keladigan shaxsiy kompyuterlarni, shuningdek, Apple kompaniyasining Macintosh shaxsiy kompyuterlarini o'z ichiga oladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi aynan 1980-yillarning boshidan keng qo'llanilishi bilan bog'liq. nisbiy arzonlikni professional bo'lmagan foydalanuvchi uchun etarlicha keng imkoniyatlar bilan birlashtirgan shaxsiy kompyuterlar.

    Download 1.13 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




    Download 1.13 Mb.