• Erkin mashqlarni bajarish usullari
  • ) Turnikda bajariladigan mashqlar




    Download 144,51 Kb.
    bet35/54
    Sana12.12.2023
    Hajmi144,51 Kb.
    #117104
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
    Bog'liq
    Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi-fayllar.org

    3) Turnikda bajariladigan mashqlar.

    4) Brusda bajariladigan mashqlar

    Umumjismoniy mashqlarni bajarish
    Muddatli harbiy xizmatchilar xizmat davomida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha 1997-yilda ishlab chiqilgan qo‘llanma asosida qabul qilingan mashqlarni egallaydilar. Jismoniy tayyorgarlikdagi vazifalarni qo‘llashda, ularni tegishli harbiy-amaliy harakatlantiruvchi ko‘nik-malarni, jismoniy sifatlarini unumli yechishga yo‘naltirilgan.
    Jismoniy sifat — harbiy xizmatchilarning organizm xususiyatlarini, amaliy faoliyatini ta’minlash.
    Chidamlilik — harbiy xizmatchining harbiy kasbiy faoliyati jarayonida toliqmasligi, bardosh berishligi bilan belgilanadi. Bu esa, umumiy tezlik, kuchlilik va jadallikka bo‘linadi. Umumiy chidamlilik mahoratini oshirishning asosiy vositalari quyidagilar: harakat chog‘ida tezlik, suzish, to‘siqlardan o‘tish va sport o‘yinlari.
    Majmuiy mashg‘ulotlar ertalabki badantarbiya mobaynida o‘tkazilib, bunda shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarligi quyidagi mashqlar bo‘yicha tekshiriladi: turnikda tortilish; 100 metrga yugurish; 1(3) kilometrga yugurish.
    Ertalabki badantarbiya — harbiy xizmatchilar jismoniy tayyorgarligining muhim omillaridan biri hisoblanib, inson organizmini uyqudan so‘ng tez tetiklashtirish maqsadlariga yo‘naltirilgan.
    Badantarbiya guruh yoki vzvod tarkibida, uyqudan turgach, 10 daqiqadan so‘ng 50 daqiqa
    davomida o‘tkaziladi. Dam olish va bayram kunlari ertalabki badantarbiya o‘tkazilmaydi.

    Erkin mashqlarni bajarish usullari
    Dastlabki holat — qad
    BIR — oyoqlar uchiga rostlab turish.
    BIR — oyoqlar uchiga turib, qo‘llar oldinga — yuqoriga sekin ko‘tariladi.
    IKKI — qo‘llar yuqoriga ko‘tarilib, barmoqlar mushtlarga to‘planiladi, kaftlar ichkariga qaratiladi, yuqoriga qarab, tana tortiladi.
    UCH — har ikki poshnaga tushib borib, qo‘llar kuch bilan tanaga siqib bukiladi, mushtlar yelkaga keltiriladi.
    TO‘RT — qo‘llar yuqoriga, tana ortga bukilib, yuqoriga qaraladi.
    BESH – oyoq uchlarini birlashtirib, poshnalarga oxirigacha o‘tiriladi, kaftlar sonlarga qo‘yilib, tirsaklar yonga tortiladi.
    OLTI – tik turib, qo‘llar oldinga ko‘tarila borib, ortga oxirigacha ikki tomonga yoyiladi (harakat so‘ngida siltanadi); barmoqlar mushtlarga to‘planadi.
    YETTI — oyoq uchlarini birlashtirib, poshnalarga oxirigacha o‘tiriladi, kaftlar sonlarga qo‘yilib, tirsaklar yonga tortiladi.
    SAKKIZ — sakrab turib, oyoqlar yelka kengligiga, qo‘llar belga qo‘yiladi.
    TO‘QQIZ — chap qo‘lni to‘g‘rilab, uni oxirigacha ortga tortiladi, ayni paytda tana ham chapga buriladi, oyoqlar joyidan qo‘zg‘almay, nigoh chap qo‘lning barmog‘iga qaratiladi.
    O‘N — sakrab turib, oyoqlar yelka kengligiga, qo‘llar belga qo‘yiladi.
    O‘N BIR — o‘ng qo‘lni to‘g‘rilab oxirigacha ortga tortiladi, ayni paytda tana ham o‘ngga buriladi, oyoqlar joyidan qo‘zg‘almay, nigoh o‘ng qo‘lning barmog‘iga qaratiladi.
    O‘N IKKI — sakrab turib, oyoqlar yelka kengligiga, qo‘llar belga qo‘yiladi.
    O‘N UCH — tana oldinga, qo‘llar yerga tekkuniga qadar, keskin bukiladi, oyoqlar esa, bu paytda to‘g‘ri tutib turiladi.
    O‘N TO‘RT — qad rostlanadi va ayni paytda qo‘llar oldinga ko‘tarila borib, ortga oxirigacha ikki tomonga uzatiladi va tana ortga bukiladi.
    O‘N BESH — tana oldinga, qo‘llar yerga tekkuniga qadar, keskin bukiladi, oyoqlar esa, bu paytda to‘g‘ri tutib turiladi.
    O‘N OLTI — sakrab turib, oyoqlar juftlanadi va qad rostlanib turiladi.


    Download 144,51 Kb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




    Download 144,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ) Turnikda bajariladigan mashqlar

    Download 144,51 Kb.