|
Avtomobil bo‘yicha nosozliklar va buzilishlarning necha fozga yaqini yonilg‘i ta’minot tizimiga to‘g‘ri keladi?
|
bet | 1/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 83,33 Kb. | | #232344 |
Bog'liq 1 AVTOMOBILLAR TEXNIK SERVISI FANIDAN ATTESTATSIYA TESTLARI 2019
1. Avtomobil bo‘yicha nosozliklar va buzilishlarning necha fozga yaqini yonilg‘i ta’minot tizimiga to‘g‘ri keladi?
A)5%
B)6%
C)10%
D)15%
2. YOnilg‘i ta’minot tizimining asosiy nosozliklarini ko’rsating.
A) zichlikning buzilishi, yonilg‘i baki va trubkalaridan yonilg‘ining oqishi, tezlatuvchi nasosning ishlamasligi tufayli drossel qopqog‘ini birdaniga ochilganda dvigatelning bo‘g‘ilib ishlashi, yonilg‘i va havo tozalagichlarining ifloslanishi, kalibrlangan teshik va jiklyorlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatining o‘zgarishi, salt yurish jiklyorlarining ifloslanishi, ignali klapan zichligining buzilishi, po‘kakli kamerada yonilg‘i sathining o‘zgarishi, yonilg‘i nasosidagi diafragmaning teshilishi va prujina elastikligining yo‘qolishidan iborat.
B) dvigatelning og‘ir o‘t olishi, yonilg‘i sarfining oshishi, dvigatel
quvvatining pasayishi, qizib ketishi, chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli
gazlar miqdorining oshib ketishidan iborat.
C) Kiritish taktidagi havo siyrakligi havo to‘ldirish tezligiga,
kompressiyaga, havo tozalagich karshiligiga, klapanlarning egarida to‘liq
o‘tirmasligiga va ish jarayonining notekis borishiga bog‘liq bo‘ladi.
SHuning uchun havoning siyrakligi va uning doimiyligi dvigatelni texnik
holatini xarakterlaydi.
D) silindr-porshen guruhi (SPG) detallarini eyilishiga bog‘liq bo‘lib, ish jarayonida ko‘payib boradi. Gazning hajmi, diagnostikalash jihozi yordamida, yuklanish va eng katta burovchi momentda aniqlanadi. U gaz schetchigi yordamida aniqlanib, moy o‘lchash tayoqchasi o‘rniga ulanadi va ma’lum vaqt ichida karterga o‘tgan gaz miqdori aniqlanadi.
3. Sovitish tizimining nosozliklari nimalardan iborat.
A) zichlikning buzilishi, ya’ni suv nasosi salnigidan, patrubka va boshqa joylaridan suyuqlikning sizib oqishi, tasma tarangligining bo‘shashibqolishi, uning uzilishi, termostat qopqog‘ining berk qadalib yoki ochiqligicha qolishi, nasos parragining sinishi, radiator qopqog‘ining jips yopilmasligi, tarmoq devorlarida suyuqlik cho‘kindi (quyqa)si hosil bo‘lishi hisoblanadi. .
B) dvigatelning og‘ir o‘t olishi, yonilg‘i sarfining oshishi, dvigatel
quvvatining pasayishi, qizib ketishi, chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli
gazlar miqdorining oshib ketishidan iborat.
C) , salt yurish jiklyorlarining ifloslanishi, ignali klapan zichligining buzilishi, po‘kakli kamerada yonilg‘i sathining o‘zgarishi, yonilg‘i nasosidagi diafragmaning teshilishi va prujina elastikligining yo‘qolishidan iborat.
D) termostat qopqog‘ining berk qadalib yoki ochiqligicha qolishi, nasos parragining sinishi, radiator qopqog‘ining jips yopilmasligi, tarmoq devorlarida suyuqlik cho‘kindi (quyqa)si hosil bo‘lishi hisoblanadi.
|
| |