Avtomobil yo‘llari




Download 1 Mb.
bet2/10
Sana19.01.2024
Hajmi1 Mb.
#141177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1- mavzu.Avtomobil yo‘llarini loyihalash asoslari (1)
гггггг, 88888, 1233211
avtomobil yoʻli — transport vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan, ularning belgilangan tezlikda, ogʻirlikda, oʻlchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi boʻshliq;
avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar — yoʻl harakatining ishtirokchilari boʻlgan yoki ajratilgan mintaqa hamda yoʻl boʻyi mintaqasi doiralarida belgilangan tartibda ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
ajratilgan mintaqa — avtomobil yoʻli, uning tegishli konstruktiv elementlari va muhandislik inshootlari, shuningdek avtomobil yoʻlidan foydalanish uchun zarur boʻlgan binolar, inshootlarni joylashtirish, ihota va manzarali daraxtzorlar barpo etish uchun doimiy foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan yer uchastkasi;
yoʻl boʻyi mintaqasi — ajratilgan mintaqaga tutashgan, chegaralarida aholi xavfsizligini va transportning harakatlanish xavfsizligini ta’minlash uchun yerdan foydalanishning alohida shartlari belgilanadigan yer uchastkasi;
xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari — qishloq joylardan oʻtadigan va xoʻjaliklarni oʻzaro bogʻlaydigan avtomobil yoʻllari. Xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻladi.
Avtomobil yoʻllari sohasida davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, avtomobil yoʻllari sohasidagi maxsus vakolatli organ, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avtomobil yoʻllari sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
-avtomobil yoʻllari sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
-davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining avtomobil yoʻllari sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
-Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlaydi;
-avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Maxsus vakolatli organning vakolatlari:
-avtomobil yoʻllari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi;
-avtomobil yoʻllari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilaydi;
-avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
-avtomobil yoʻllarini loyihalash sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini taʼminlaydi;
-avtomobil yoʻllarining xalqaro tranzit yoʻlaklarini shakllantiradi;
-avtomobil yoʻllarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, taʼmirlash va ulardan foydalanish tartibi masalalari kompleks hal etilishini taʼminlaydi, shuningdek buyurtmachi xizmatining faoliyatini tashkil etadi;
-avtomobil yoʻllarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishiga va landshaft dizayniga taalluqli zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish hamda amalga oshirish boʻyicha yagona davlat siyosatini oʻtkazadi;
-avtomobil yoʻllariga tutash hududlarni transportning ifloslantirishidan va tashlanmalaridan muhofaza qilishning zamonaviy usullari hamda texnologiyalarini joriy etadi;
-avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
-umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining davlat kadastrini yuritadi;
-xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalarining hisobi yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
-xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalarining mavjud tarmogʻi saqlanishini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiradi, ularning holati tegishli transport-foydalanish darajasida boʻlishini taʼminlaydi;
-avtomobil yoʻllari sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, saqlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishda innovatsion texnologiyalarni, shuningdek zamonaviy standartlarni joriy etadi;
-umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxati boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
-avtomobil yoʻllari sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan xorijda oʻquv stajirovkasi va seminarlar oʻtkazilishini tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining avtomobil yoʻllari sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
-yoʻl qurilishi, yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi;
-qurilishi tugallangan yoʻl obyektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
-avtomobil yoʻllari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
-yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini standartlashtirish hamda sertifikatlashtirishga doir ishlarni amalga oshiradi;
-avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarning murojaatlariga koʻra yoʻl obyektlarining sifat koʻrsatkichlarini aniqlaydi;
-yoʻl ob’yektlaridan foydalanishga doir ishlarning sifatli bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining avtomobil yoʻllari sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
-xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning koʻchalarini rivojlantirish hududiy dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
-xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalari tarmoqlarini rivojlantirish hamda takomillashtirish istiqbollarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda belgilaydi;
-shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlar va ovullarning transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
-xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning koʻchalarini loyihalashtirish sohasidagi normalar hamda standartlarga rioya etilishini ta’minlaydi;
-xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning koʻchalarini saqlashni ta’minlaydi;
-xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalarining hisobini yuritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi Qonunga asosan avtomobil yoʻllari quyidagicha tasniflanadi:
-umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari;
-shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari;
-xoʻjalik avtomobil yoʻllari.

Download 1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1 Mb.