|
Avtomobil yo‘llari
|
bet | 6/10 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #141177 |
Bog'liq 1- mavzu.Avtomobil yo‘llarini loyihalash asoslari (1)Harakat jadalligi deb bir birlik vaqt (bir kecha-kunduz yoki oʻrtacha bir soat) oraligʻida yoʻlning berilgan kesimidan oʻtadigan yengil avtomobillar va boshqa turdagi transport vositalari soniga aytiladi.
Yoʻlning toifasini belgilashda reja, boʻylama va koʻndalang kesim elementlarini loyihalashda istiqbol davrni 20 yilga teng deb qabul qilinadi. Yoʻl toʻshamalarini loyihalashda istiqbol davrni ta’mirlasharo muddatlarni hisobga olib qabul qilish lozim. Hisobiy istiqbol davrining boshlangʻich yili deb yoʻl (yoki uning alohida qismi) qurilishining boshlanish yili qabul qilinadi. Odatda yoʻlning ishlash sharoitlarini baholashda harakat jadalligi oʻtayotgan avtomobillarning haqiqiy sonini ifodalaydi, bunda avtomobillar soni, ularning turidan qat’iy nazar, qoʻshib topiladi. Chunki yoʻllardan kichik tezlikda ogʻir tirkamali bir necha avtopoyezdlarning oʻtish davomiyligi bir xil sonli yengil avtomobillarning oʻtishiga ekvivalent emas. Shuning uchun hisoblashlarda harakat tarkibidagi yengil, yuk avtomobillari va avtobuslarning ulushlari koʻrsatiladi.
Yoʻllarning toifasi ularning belgilangan vazifasi va kelajakdagi 20 yillik harakat jadalligiga qarab beshta toifaga boʻlinadi. Harakatning 20 yildan keyingi hisobiy harakat jadalligi boʻyicha yoʻlning toifasi belgilanadi (1.1-jadval).
1.1-jadval
Yoʻlning toifasi
|
Kelajakdagi hisobiy harakat jadalligi
|
Yengil avtomobilga keltirilgan, dona/sut
|
Transport birligida, avt/sut
|
I-a
|
14000 dan yuqori
|
7000 dan yuqori
|
I-b
|
14000 dan yuqori
|
7000 dan yuqori
|
II
|
600014000
|
30007000
|
III
|
20006000
|
10003000
|
IV
|
2002000
|
100-1000
|
V
|
200
|
100 gacha
|
Avtomobil yoʻllari –murakkab muhandislik majmuasi boʻlib, chiziqli inshoot hisoblanadi. Avtomobil yoʻlining rejasi, boʻylama kesimi va yoʻl poyining asosiy texnik me’yorlari yoʻlning toifasiga asosan loyihalanadi.
Yoʻlning ishlash sharoitini baholashda harakat jadalligi asos qilib olinadi. Avtomobil yoʻllaridan ogʻir va yengil avtomobillar harakatlanganligi sababli, ularning tezliklari ham har xil boʻladi.
Ogʻir va yengil avtomobillarni bir tizimga keltirish uchun keltirish koeffitsiyenti degan tushuncha kiritiladi. Keltirish koeffitsiyentlari orqali ogʻir avtomobillar yengil avtomobillar soniga keltiriladi. Turli transport vositalari harakat jadalligini yengil avtomobilga keltirish koeffitsiyentlari 1.5-jadval boʻyicha qabul qilinadi. Shuning uchun yoʻldan oʻtishi mumkin boʻlgan avtomobillar sonini tavsiflash uchun haqiqiy harakat jadalligi yengil avtomobillarning ekvivalent soniga keltiriladi. Buning uchun keltirish koeffitsiyentlaridan foydalaniladi. Ular bitta yuk avtomobili yoki avtopoyezd oʻtgan vaqt ichida yoʻl uchastkasidan nechta yengil avtomobil oʻtishi mumkinligini tavsiflaydi. Bu koeffitsiyentlar har qaysi tur avtomobillar soniga koʻpaytiriladi. Keltirilgan harakatlanish jadalligini aniqlashda quyidagi koeffitsiyentlardan foydalaniladi.
Reja va boʻylama kesim elementlarini loyihalash uchun hisobiy harakat tezliklarini yoʻlning toifasiga koʻra qabul qilish zarur.
Hisobiy tezlik deb ob-havo va avtomobil shinasining yoʻl qatnov qismi yuzasi bilan tishlashishning odatdagi sharoitlarida yoʻl elementlarining ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlariga mos keladigan eng noqulay boʻlaklarida yakka avtomobillarning mumkin boʻlgan eng katta (havfsiz va barqarorlik sharti boʻyicha) harakat tezligiga aytiladi (1.2-jadval).
Yo’llarni loyihalashda amaliy foydalanish uchun yo’l elementlarining me’yorlari, tortishga oid xisoblashlarga asoslangan, avtomobillar harakatining ba’zi o’rtacha sharoitlaridan kelib chiqadigan texnik shartlar ishlab chiqiladi. Bunda avtomobil transportining rivojlanish istiqbollari ko’zda tutiladi, bu bilan yo’l qurilishi sohasida texnikaviy siyosatni bir necha yil oldindan belgilab beriladi.
1.2-jadval
|
| |