Yoʻlning qiyin qismlarida eng kichik radiuslar, m:
Tekislik joylarda
|
1200
|
800
|
600
|
300
|
150
|
100
|
60
|
30
|
Togʻlik joylarda
|
1000
|
600
|
400
|
250
|
125
|
100
|
60
|
30
|
Agar joyning murakkab sharoiti tufayli 1.4-jadvalda keltirilgan radius qiymatlari bilan egrilarni loyihalashni imkoni boʻlmasa, u holda gorizontal egrining radiusini minimalgacha tushirishga ruxsat etiladi. U quyidagi formula bilan hisoblanadi.
bu yerda; V- avtomobilning tezligi;
iv- virajning maksimal qiyaligi;
µ-koʻndalang kuch koeffitsiyenti;
,
Yoʻl rejasi toʻgʻrilar va egrilar jadvali asosida oʻlchamlari uzunligi 841 mm, balandligi 297 mm (yarim format) boʻlgan qogʻozda chiziladi. Yoʻl rejasini qogʻozga shunday joylashtirishi kerakki, chizmani yuqori qismi iloji boricha shimolga qaratilgan boʻlsin. Yoʻl rejasining shimol - janub yoʻnalishi gʻarbga qaratilgan boʻlsin. Yoʻl rejasining masshtabi - 1:5000 togʻli joylarda esa-1:2000 qa’bul qilinadi. Yoʻl o‘qi rejada asosiy chiziq koʻrinishida chiziladi. Toʻgʻri uchastkadan egri uchastkaga oʻtish joylari aniq koʻrsatilib chiziq bilan ajratiladi. Egridan tashqarida toʻgʻri chiziq, ya’ni, tangenslar uzuq - uzuq chiziq bilan koʻrsatiladi.
Yoʻl rejasining barcha chizmalari boʻylab piket va kilometr belgilari qoʻyiladi (1.4-rasm). Burilish uchlarida ularning raqamlari koʻrsatiladi, egrining qiymatlari, toʻgʻri uchastkalarning uzunligi va ularning rumb yoʻnalishlari jadvalga tushuriladi va chizmaning boʻsh joyiga joylashtiriladi. Yoʻl rejasidagi joy tafsiloti topografik xaritada berilganlarga asosan koʻrsatiladi.
1.4-rasm. Yoʻl rejasi
Tafsilot belgilari va yozuvlari chizma ramkasiga parallel yoziladi. Yoʻl rejasiga tegishli piketlar va boshqa yozuvlar trassa boʻylab yoki unga perpendikulyar ravishda yoziladi. Shartli belgilashlar va belgilar amaldagi topografik xaritadagilarga mos boʻlishi kerak.
Tekislik va kam past–baland tepalikli joylardan oʻtgan yoʻl rejasida gorizontallarni trassa yoʻnalishini asoslash zarur boʻlgan joylarda koʻrsatiladi. Kuchli va past–baland va togʻli joylarda esa yoʻl rejasining butun uzunligi boʻylab hamma joyda koʻrsatiladi. Yoʻl rejasi yoʻnalishi va avtomobil yoʻli bilan yoʻl rejasi kesishgan joylarda ular orasidagi burchak va kesishuvning piketaj oʻrni koʻrsatiladi.
1.5-rasm. Yoʻl rejasining TB, TO va BU larini mustaxkamlash
Yoʻl rejasi juda uzun boʻlgan hollarda birinchi chizma varagʻi tugaganda keyingi varaq boshi va oxirida punktir chiziq chiziladi.
Chizmaning boʻsh joyida yoʻl rejasini mustahkamlash sxemalari (1.5-rasm), va toʻgʻrilar va egrilar jadvali, reperlar qaydnomasi (1.5-jadval), chap tomondagi tepa burchakda esa, shimol – janub yoʻnalishi ifodalangan strelka koʻrsatiladi.
1.5-jadval
|