Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari




Download 5.75 Mb.
bet2/97
Sana09.06.2022
Hajmi5.75 Mb.
#23330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
N.Saydazimov DARSLIK (1)
Ijodiy shaxsning mahorati va qobiliyatlari, Jaloliddinova Sarvinoz Kalomiddin qizi (0), RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI
So‘z boshi
Avtomobil yo’llari davlat iqtisodiyotini muvoffaqiyatli rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Shuning uchun respublikamiz Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning say-harakatlari bilan mamlakatimizda yangilanish, modernizatsiya qilish jarayonlari jadal rivojlanib bormoqda. Yangi vazirlik, qo‘mitalar, davlat korxonalari bilan bir qatorda yangi turkumdagi nodavlat tashkilotlari, yangi aksionerlik kompaniyalari tashkil etilib, yo‘l sohasini va undagi sun’iy inshootlarni qurishni jadal rivojlantirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4545 -sonli farmoniga muvofiq, shuningdek, respublika yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va uning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisga qilgan murojjatida 2021-yilda xorijiy tilni o’rganishni kuchaytirib hamma sohaga chet el tajribalarini tadbiq etishni ustuvor yo’nalish qilib belgiladi. Ushbu ko’rsatmalardan kelib chiqib yo‘l sohasini va undagi sun’iy inshootlarni qurishni jadal rivojlantirish uchun ushbu sohada avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish dolzarb bo’lgan ushbu darslik ruschadan o’zbek tiliga O`zbekiston hududiga oid ma`lumotlar “Shaharsozlik me`yorlari va qoidalari” 2.05.03-12 ga “O’zavtoyo’l” davlat aktsiyadorlik kompaniyasining izohli lug’atiga muvofiq tarjima qilindi.
Sun’iy inshootlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish murakkab va bir–biriga aloqador jarayonki, ularni amalga oshirish uchun “Ko‘priklar va transport tonnellari“ sohasini egallagan yuqori malakali mutaxassislar boshqarishi kerak. Bu sohadagi ishlarni rivojlantirish uchun muhandis yo‘lchilar ham ko‘priklar, quvurlar, tonnellarni qurish va ekspulatatsiya qilish ishlarini amalga oshirishi kerak bo‘ladi.
Hozirgi sharoitda sun’iy inshootlarni loyihalash uchun ularni konstruktiv shakllarini har xil ashyolardan eng maqbullarini ishlab chiqish yo‘li bilan takomillashtirishni hisobini va konstruksiyalarni yaratish hamda ishchi chizmalarni tayyorlash uchun maxsus kompyuter dasturlaridan foydalanishni taqazo etadi.
Hozirgi zamon avtomobil yo‘lidagi sun’iy inshootlarni qurish uchun kompleks mexanizatsiyalashgan inshoot qismlarini ishlab chiqarishni uzluksizligini tashkil qilish va ularni bir maromda yig‘ishdan iborat. Keyingi yillarda yig‘ma temirbeton konstruksiyalar bilan bir qatorda yaxlit temirbetondan foydalanilmoqda, bu esa katta ishonchli konstruksiyani ta’minlamoqda.
Yo‘l muhandisi uchun bu inshootlarni saqlash talab etiladi. Vaqtinchalik yuklarni katta miqdorda ko‘payishi, harakat jadalligini ortishi, ba’zi bir inshootlarni sifatini pastligi va qoniqarsiz ishlari ularni xizmat qilish muddatlarini kamayishiga olib keladi
Bu inshootlarni qoniqarli holatda ushlab turish va katta hajmdagi inshootlarni saqlashda yo‘lchi muhandislar ham o‘z hissalarini qo‘shishlariga to‘g‘ri keladi.
Avtomobil yo‘llaridagi ko‘priklarni ko‘pi 1950-60-yillarda qurilgan. Hozirgi vaqtda ularni ko‘pchiligi ko‘tarish qobiliyati va kengligi bo‘yicha QMQ qoidalariga javob bermaydi, ularni kuchaytirish va kengaytirish talab etiladi. Bu ishlarni eng kam avtomobil yo‘l harakati jadalligini cheklab va uni xavfsizligini ta’minlagan holda yangi usul va materiallarni yuqori sifatni tadbiq etgan holda bajarilishi kerak, yo‘l xo‘jaligi davlat xizmati sun’iy inshootlar tuzatish va rekonstruksiyaga ketadigan mablag‘larni yangi 1- darajali inshootlar qurilishiga yo‘naltirdi. Inshootlarni uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash uchun yo‘l xizmati korxonalarini 2010-yilgacha bo‘lgan vaqtdagi bosh yo‘nalishi inshootlarni ekspluatatsiya qilishga avtomobillarni belgilangan tezlikda uzluksiz harakati va xavfsiz harakatini ta’minlash muhimligi, har xil og‘ir transportlarni o’tkazishini ta’minlashga yo’naltirildi. Ko‘prikni haqiqiy holatini hisobga olgan holda inshootlarni ko‘rikdan o‘tkazish va sinash yuk ko‘tarish qobiliyatiga baho berish ishonchliligi va inshootlarni hozirgi zamon texnik tizimlar nazaryasi asosida diagnostika qilish muammolarni maxsus kompuyuterlar yordamida o‘lchash va o‘rganishni taqazo etadi.

Download 5.75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Download 5.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari

Download 5.75 Mb.