Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari




Download 5.75 Mb.
bet3/97
Sana09.06.2022
Hajmi5.75 Mb.
#23330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
N.Saydazimov DARSLIK (1)
Ijodiy shaxsning mahorati va qobiliyatlari, Jaloliddinova Sarvinoz Kalomiddin qizi (0), RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI

I BO‘LIM

Avtomobil va shahar yo‘llaridagi ko‘prik inshootlari va quvurlar


1-BOB

Avtomobil va shahar yo‘llaridagi ko‘prik va quvurlar to‘grisida asosiy tushunchalar

    1. Avtomobil va shahar yo‘llaridagi ko‘prik va quvurlar turlari

Avtomobil yo‘llari har xil joylardan o‘tganda bir-biri va temir yo‘llar va har xil to‘siqlar bilan kesishadi. Jarliklar, yondamalar, tog‘lar, ariqlar, daryolar, ko‘llar, dengiz ko‘rfazlari quyilmalariga duch keladi. Bunday hollarda yo‘llardagi xavfsiz harakatni ta’minlash uchun har xil inshootlar: quvurlar, ko‘prik inshootlari, tonnellar, galereya, balkonlar va devorli to‘siqlar quriladi.
Quvurlardan yo’l ostidan kichik suv oqimlarini o‘tkazib (suv o’tkazuvchi quvurlar) transport vositalarini, piyodalarni, qishloq joylarida hayvonlarni harakatini taminlash uchun foydalaniladi. Quvurlar (1.1.rasm) avtomobillarni harakatiga qulay sharoit yaratish uchun yo‘l ko‘tarmasini uzmasdan yo‘l ko‘tarmasining ichiga qalin va yupqa yig‘ma qismlardan quriladi, avtomobil yo‘llaridagi sun’iy inshootlarning 70% ni kichik quvurlar tashkil etadi.


    1. rasm. Suv o‘tkazuvchi quvurning yo‘l ko‘tarmasidagi ko‘rinishi: 1-yurish qismi sathi; 2-yo‘l ko‘tarmasi; 3-quvur kallagi qismlari



    1. rasm. Ko‘prikli inshootlarning turlari:

a-ko‘prik; б-yo‘l o‘tkazgich; в-viaduk; г-estakada; 1-oraliq qurilma; 2-oraliq tayanch; 3- qirg’oq tayanch


Ko‘prikli inshootlar (1.2.rasm) avtomobil yo‘lini suvli to‘siqlardan, jarliklardan, daralardan va yo‘llarni bir-birini ustidan o‘tkazish uchun quriladi. Ko‘prikli inshootlarni quvurlardan farqi shundaki, inshootlarning oraliq qurilmalari va tayanchlari, yo‘l ko‘tarmasini o‘rniga joylashadi. Bunda oraliq qurilmalar tayanchlar oralig‘idagi bo‘shliqni yopib transport vositalaridan keladigan vaqtinchalik yuklarni va o‘zining og‘irligini tayanchlarga uzatadi. Tayanchlar qabul qilgan vaqtinchalik va doimiy yuklarni poydevorlar orqali
zaminga uzatadi. Ko‘prikli inshootlarning turlari ko‘prik (1.2.a.rasm), yo‘l o‘tkazgich (1.2.б.rasm), viaduk (1.2.в.rasm), akveduk va estakada (1.2.г.rasm).

Download 5.75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Download 5.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari

Download 5.75 Mb.