14-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Yo‘l va ko‘cha bo‘ylab piyodalarni harakat xavfsizligini tashkil etish. Ishning maqsadi




Download 12.83 Kb.
Sana16.05.2023
Hajmi12.83 Kb.
#60446
Bog'liq
14-amaliy ish
chiziqli 4, shaxzod9, 203-g, 2-amaliy ish(2), варианты (2)

14-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Yo‘l va ko‘cha bo‘ylab piyodalarni harakat xavfsizligini tashkil etish.
Ishning maqsadi. Talabalarning aholi yashash punktlarida piyodalar harakatini tashkil etilishini o‘rganish
Nazariy qism
Piyodalarning harakat oqimini o‘rganish uslubi quyidagilardan iborat:
Real yo‘l-ko‘cha sharoitinig amaldagi transport va piyodalar harakatini tashkil etishda texnik boshqaruv vositalari bilan jihozlanish holatini sxemasini chizish. Chizmaga barcha yo‘l belgilari, yo‘l belgi chiziqlari, svetoforlar, yo‘naltiruruvchi to‘siqlar va boshqa harakatni tashkil etish vositalarini ma’lum masshtabda ko‘rsatish.
Piyodalar o‘tish joyidagi qarama-qarshi yo‘nalishda yo‘lni kesib o‘tayotgan yoki trotuarda qarama-qarshi harakatlanayotgan piyodalarni bir vaqtning o‘zida alohida hisobga olish. Buning uchun hisobchi shunday joylashish kerakki chorrahada yoki yo‘l bo‘lagidagi transport va piyodalarni harakatlanish vaziyatini aniq ko‘rishi darkor.
Piyodalar harakat miqdorini hisoblash uchun oldindan tayyorlangan maxsus varaqaga (14.1-jadvalga) yozib boriladi.
14.1-jadval
Chorraha nomi____________ Post №_______________
Sanash vaqti_____________ Sanovchining familiyasi_______



Harakat yo‘nalishi

Kuzatish vaqti

Kuzatish vaqtidagi piyodalar soni

A
B
S
D

800-900
800-900
800-900
800-900



251
340
231
120



Talaba videolavhalardan foydalanib kichik guruhlarga bo‘linib, hisoblashni 1 soat davomida piyodalarni harakat jadalligini aniqlaydi. Shu soatdagi piyodalar harakatining vaqt ichida bir xil emasligini hisobga olish uchun soatni bo‘laklarga bo‘lgan holda ya’ni 15, 10 yoki 5 daqiqalik interval qabul qilinadi. Har bir talaba o‘zining hisob varaqasini alohida to‘ldiradi va ishning yakunida barcha varaqalar jamlanib tahlil qilinadi va xulosa natijalari yozib qo‘yiladi. Kelgusida shu yo‘lning qismida hamda chorrahada harakat xavfsizligini ta’minlashda, yo‘lga belgi chiziqlari chizishda, svetofor, yo‘l belgilari, piyodalar to‘siqlari o‘rnatishda va harakatni tashkil etishda olingan ma’lumotlardan foydaniladi. Talaba qayta o‘zlashtirish uchun institutning axborot resurs markazidan berilgan piyodalar o‘tish joylarida piyodalarning harakatini kuzatish orqali qoldirgan darslarini qayta o‘zlashtirishlari mumkin.


Topshiriq. Piyodalar harakat oqimini hisoblash, aniqlangan ma’lumotlarni tahlil qilish.12-jadvalni to‘ldirish, piyodalar harakati jadalligining yo‘nalishlar bo‘yicha kartogrammasini tuzish.
Download 12.83 Kb.




Download 12.83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



14-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Yo‘l va ko‘cha bo‘ylab piyodalarni harakat xavfsizligini tashkil etish. Ishning maqsadi

Download 12.83 Kb.