АВТОМОБИЛ ВА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК МАШИНАЛАРИ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2022, №3 (8)
153
usullariga bo‘linadi. Universal stendlar siqilish, cho‘zilish, siklik yuklanish rejimlarida
ishlatilishi mumkin. Maxsus stendlar avtomobilni, uning agregati va qismlarini muayyan
funksiyasi bo‘yicha sinashga mo‘ljallangan bo‘ladi. Masalan, bu stendlarda quvvat, yonilg‘i
tejamkorligi, harorat tavsiflari, zirillashdagi yukla-nishlar va h.k. aniqlanadi.
Yuklanishni tashkil etish turi bo‘yicha stendlar bevosita va tutashgan kontur orqali
yuklanuvchi bo‘lishi mumkin.
Bevosita yuklanuvchi stendlar muvozanatlovchi dvigatel, dina-mometrli moslama,
elektrik (gidravlik) tormoz va ulash muftalaridan iborat. Unda agregatlar mustahkamlikni,
foydali ish koeffisientini aniqlash uchun sinaladi. Bu holatda elektr energiyasi ko‘p sarf bo‘ladi.
Tutashgan kontur orqali yuklanadigan stendlarning ishlash davrida sinalayotgan agregatda
elastik deformasiya hosil qilinib FIK, moyning turi, uzoq muddat ishlay olish qobiliyati va h.k.
lar aniqlanadi. Vallarda elastik burovchi moment maxsus yuklagich yordamida, yurituvchi
dvigatel momenti esa richagli yuklagich bilan hosil qilinadi.
Sinov rejimi deb, turli tashqi omillar majmuasining sinaluvchi ob’ekt ekspluatasiyasi
davrida sodir bo‘ladigan sharoitga mos jarayonga aytiladi. Sinov rejimi ta’sirning pog‘onasi,
chastotasi, muddatini belgilaydi [4].
Stend sinovlarini o‘tkazish usuli qidirilayotgan omillarni aniqlash yo‘llari bilan
belgilanadi. Usul va rejim bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib, olingan natijalar ularga
taalluqlidir.
Sinov rejimini tanlashda quyidagi talablarga rioya qilinadi:
1. Ekspluatatsiya sharoiti to‘la - to‘kis aks ettiriladi;
2. Ekspluatatsiya sharoitining xususiy jihatlari qayta-qayta hosil qilinadi;
3. Ishga ta’sir etmaydigan omillar chiqarib tashlanadi;
4. O‘zaro-muqobil rejim qabul etilib, oldingi o‘tkazilgan sinovlarning bir nechta variant
rejimlari qaytariladi;
5. Ekspluatatsiya rejimi to‘la-to‘kis hosil qilinmasada bu ob’ektni emirish bo‘yicha
ekvivalent yoki noekvivalent bo‘lishi mumkin.
Stendda sinov o‘tkazilganda quyidagi masalalar hal etilishi mumkin: statik, dinamik
tavsiflarni aniqlash; mexanizmning FIK ni aniqlash; taqqoslash; mexanizm imkoniyatlarini
baholash; qism mate-rialining fizik-ximik xususiyatlarini aniqlash va h.k.
Hozirgi paytda mavjud bo‘lgan va avtomobillarni zarba hosil qilib sinovchi qurilmalar
to‘rtta asosiy guruhga bo‘linadi.
1. Avtomobil qismlarini mustaxkamlikka sinashga mo‘ljallangan zarba stendlari;
2. Avtomobillarni to‘qnashish paytidagi kontakt kuchi va tezlanish qonunlarini
o‘rganishga mo‘ljallangan zarba stendlari;
3. Real sharoitlarda natural ob’ektlarga ta’sir qiluvchi kuch va tezlanishlarni aniqlashga
mo‘ljallangan zarba stendlari;
4. Zarba uyg‘otish usuli bilansistemaning chastota xarakteristikalarini (tebranish
xususiyatlarini) o‘rganishga mo‘ljallangan zarba stendlari.