• Ключевые слова
  • Avtomobillarni xavfsizlik xususiyatlarini sinash usullari




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,53 Mb.
    #108190
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    avtomobillarni-xavfsizlik-xususiyatlarini-sinash-usullari-tahlili

    Kalit so‘zlar: avtomobil, sinash stenti, aktiv xavfsizlik, sust xavfsizlik, avariyadan 
    keyingi xavfsizlik, ekologik xavfsizlik, inertsiya kuchi, tortish kuchi, ishlab chiqarish talablari, 
    ekspluatatsiya talablari, foydalanuvchining talablari, xavfsizlik talablari. 
    Ключевые слова: автомобиль, испытательный стенд, активная безопасность
    пассивная безопасность, послеаварийная безопасность, экологическая безопасность, 
    инерция, сила тяжести, производственные требования, эксплуатационные требования
    требования пользователя, требования безопасности. 
    Keywords: vehicle, test stent, active safety, passive safety, post-crash safety, 
    environmental safety, inertia, gravity, production requirements, operational requirements, user 
    requirements, safety requirements 
    Kirish. 
    Xalq xo‘jaligida transport vositalari (aviatsiya, temir yo‘l, suv transporti va h.k.) 
    bajaradigan ishlarning ko‘lami juda katta. Ularning ichida avtomobil transportining o‘rni alohida 
    ahamiyat kasb etadi. U yukning har xil turlari bilan birga yo‘lovchilarni ham manzilga eltadigan 
    vositadir. Bugungi kun talablarini qondirish uchun avtomobil transporti va sanoatiga quyidagi 
    vazifalar yuklanishi zarur: 
    -xalq xo‘jaligi talabini to‘laroq qondiradigan avtomobillar turini ko‘paytirish va 
    yaxshilash; 
    -solishtirma yonilg‘i sarfini kamaytirish, yonilg‘i tejamkorligini ta’minlash; 
    -avtomobilning ishlatilish samaradorligini yana ham yuksaltirish; 
    -chiqarilayotgan avtomobillarning sifatini ko‘tarish. 
    Yuklarning turi, hajmi, ko‘lamiga mos avtomobillarning ishlab chiqarilishi maqsadga 


    АВТОМОБИЛ ВА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК МАШИНАЛАРИ
    МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2022, №3 (8) 
    151 
    muvofiq. Bundan tashqari, ular ish jarayoni va sharoitiga ham mos bo‘lishi kerak. 
    Yonilg‘ining solishtirma sarfini kamaytirish uning 100 km. masofani bosib o‘tishiga yoki 
    transport ishini bajarishiga sarflangan yonilg‘i miqdorini kamaytiradi, ya’ni yonilg‘i 
    tejamkorligini yaxshilaydi. 
    Avtomobilning sifati - unga qo‘yilgan talablarning bajarilishini ta’minlovchi 
    xususiyatlarning majmuasidir. Xususiyat kategoriyasi har qanday predmetga mansub bo‘lib, 
    uning qandaydir tomonini ta’riflab, boshqa predmetga o‘xshashligi yoki o‘xshamasligini ajratib 
    ko‘rsatadi. 
    Avtomobil har xil ekspluatatsiya sharoitida ishlashi mumkin va unga moslashgan bo‘lishi 
    zarur. Shuning uchun avtomobilni loyihalash davrida unga albatta ekspluatatsiya uchun zarur 
    xusu-siyatlarning asoslari kiritilishi kerak, ular: 
    1. Ishlab chiqarish talablari. 
    2. Ekspluatatsiya talablari. 
    3. Foydalanuvchining talablari. 
    4. Xavfsizlik talablari. 
    Ishlab 
    chiqarish 
    talablariga 
    avtomobil 
    konstruksiyasining 
    zavoddagi 
    mavjud 
    texnologiyaga yoki bo‘lajak yangi texnologiyalarga mos-ligi, material va mehnat sarfi, tannarx 
    kabilar kiradi. 
    Ekspluatatsiya talablariga avtomobilni ishlatish davrida namoyon bo‘ladigan 
    xususiyatlarning (dinamikasi, yonilg‘i tejamkorligi, boshqariluvchanligi va h.k.) me’yorda 
    bo‘lishi, transport ishi tannarxining kamligi va hokazolar kiradi. 
    Foydalanuvchining talablariga avtomobil tannarxining arzonligi, uni ekspluatatsiya 
    qilishda kam chiqimliligi, buzilmasligi, ta’mirlanishga mosligi, xavfsizligi, har jihatdan qulayligi 
    kiradi. 
    Xavfsizlik talablarini o‘z navbatida faol, sust (faol emas), avariyadan keyingi, ekologiya 
    turlarga ajratish mumkin. 
    Faol xavfsizlik — yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishi ehtimolini kamaytirishdir. Bu 
    xususiyat ko‘p jihatdan avtomobil konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lib, uning xavfli harakati davrida 
    namoyon bo‘ladi. Bu xavfsizlik avtomobilning ichidan tashqarining ko‘rinishi, yoritilganlik, 
    haydovchining ergonomik sharoiti, uni voqif etuvchi qurilmalar va tortish-tormozlanish 
    dinamikasi, turg‘unligi, boshqariluvchanligi kabi ekspluatatsion xususiyatlarga bog‘liqdir. 
    Avtomobilning sust (faol emas) xavfsizligi esa yo‘l-transport hodisasi oqibatlarini 
    engillashtirishga yo‘naltiradi. U kuzov ichidagi haydovchi, yo‘lovchi, yuklarning saqlanib 
    qolishini ta’minlovchi tadbir-choralardir. 
    Yo‘l-transport hodisasidan keyingi xavfsizlik esa o‘t o‘chirish vositalari, dori-darmon
    jarohatlanganlarni davolash maskanlariga etkazish kabilarni qamrab oladi. 
    Ekologik xavfsizlik avtomobilning atrof-muhitga keltiradigan zararini kamaytirishdan 
    iborat. Bunga atrof-muhitga zararli gazlar va changning tarqalishi, shovqinning balandligi, 
    avtomobildagi zirillash holatlari kiradi. 

    Download 0,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobillarni xavfsizlik xususiyatlarini sinash usullari

    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish