АВТОМОБИЛ ВА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК МАШИНАЛАРИ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2022, №3 (8)
154
2. Avtomobilning ayrim qismlarini sinash.
Odatda avtomobillarni zarbaga sinashda suniy ravishda avariya xolati barpo etiladi.
Ushbu tajribalarning asosiy kamchiliklari quyidagilar; transport vositasini tajriba
o‘tkazishda bir ikki martadan ortiq foydalanib bo‘lmaydi, ya’ni
tajribalar soni cheklangan
bo‘ladi, sinash sharoitini nazorat qilish qiyin bo‘ladi, tajriba o‘tkazish uchun katta material va
moddiy mablag‘ talab etiladi. Yo‘l –transport hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni sinash
maxsus poligonlarda o‘tkaziladi. Buning uchun sinalayotgan avtomobil qo‘zg‘almas to‘siqqa
yoki boshqa bir avtomobil bilan turli vaziyatlarda to‘qnashish hosil qilib zarba parametrlari yoki
avtomobilning keyingi holatlari aniqlanadi.
Masalan: avtomobillarni zarba sinovchi stend 1960 yil “Mersedes –Bents” firmasi
tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu stend ikkita lebyotka yordamida trosning harakati orqali
relsda harakatlanuvchi platforma –telejkadan iborat. Platforma ustiga avtomobilning oldingi
o‘rindig‘i rul boshqarmasi bilan birgalikda yoki avtomobilning
barcha old qismi boshqaruv
organlari bilan birgalikda qo‘zg‘almas qilib o‘rnatiladi. Bunda rels bo‘ylab harakat qilayotgan
telejka zarur bo‘lgan boshlang‘ich tezlikka erishtiriladi va shundan keyin qo‘zg‘almas barer yoki
devorga uriladi.
Barer devorining yuzasi plastik materialdan tayyorlanadi yoki amortizatorlar bilan
jixozlangan bo‘ladi. Ushbu sinovlarda telejkani harakatga keltirish uchun prujina kuchida,
siqilgan xavo bosimidan yoki potlovchi moddaning yonishidagi reaktiv kuchdan foydalangan.
1965 yilda avtomobilsozlik bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar asosatsiyasi avtomobillarni zarba
va to‘qnashishlarga sinovchi maxsus laboratoriya tashkil qildi. Sinalayotgan avtomobil uzunligi
52 metr bo‘lgan maxsus yo‘l ustida induktsion elektrodvigatel yordamida harakatlantiriladi.
Bunda avtomobilning boshlang‘ich tezlanishi 15 g miqdorigacha cheklangan bo‘ladi.
Avtomobillarning massasi va turiga qarab sinovlarni o‘zgartirib turish uchun elektrdvigatelda 10
pozitsiyali kuchlanishni boshqarish pulti mavjud [5].
Avtomobil to‘siqqa 3 metr masofaga etganda yo‘lak ostida
joylashgan elektrodvigatel
avtomatik ravishda avtomobildan ajratiladi va tormozlanadi. Bu paytda avtomobil o‘z harakatini
davom ettirib inertsiya kuchi bilan hosil qilgan tezligini yo‘qotmagan holda to‘siqqa uriladi.
Sinovlar bir necha sekundlar ichida sodir bo‘ladi. Sinovni avtomatik boshqarish aniq
xronametraj o‘tkazish va barcha sinov sharoitlarini yaratishga imkon beradi. Bir paytning o‘zida
yuqori tezlikdagi kinoapparat yotdamida sinov jarayonini yozib olish mumkin.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida yaratilgan zarba aravachasining konstruktsiyasi
avtomobilning to‘siq bilan urilishidagi oxirgi natijalarni aniqlab olish uchun xizmat qiladi.
Ushbu sinov stendining boshqa sinov stendlaridan farqi shuki, tinch turgan avtomobil
to‘qnashish paytida tezlanish olib harakatlanadi va teskari yo‘nalishda ham zarur jarayonni xosil
qiladi. Bunda avtomobil yoki unga o‘rnatilgan moniken
inertsiya kuchi haqiqiy
to‘qnashishdagidan farq qilmaydi. Massasi 1000 kg bo‘lgan sinov telejkasi 10 metr uzunlikka
ega rels bo‘ylab harakatlanadi. Pnevmatik kuch tsilindri yordamida 2,5 metr yo‘l uzunligi bosib
o‘tilgach telejka harakati tezlashtiriladi. Kerakli tezlikni olish uchun pnevmatsilindrga
uzatilayotgan siqilgan azotning bosimi o‘zgartiriladi. Telejka 6 metr masofani bosib o‘tgach
tormozlovchi balkaga uriladi va gidravlik tormoz qurilmasi tormoz kuchini o‘zgartirish uchun
xizmat qiladi [6].
№
Ta’sir
xarakteristikasi
Avtomobilni
harakatlantirish
manbai
Sinov variantlari
1
Tortish
kuchi
Shatakka oluvchi
avtomobil
Boshqarilmaydigan avtomobil yoki relsga
o‘rnatilgan avtomobil
АВТОМОБИЛ ВА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК МАШИНАЛАРИ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2022, №3 (8)
155
2
Og‘irlik kuchi
Ko‘tarilgan
avtomobilning
potentsial
energiyasidan
foydalanish
Kran bilan ko‘tarilgan
avtomobilni tashlab
yuborish.
Qiya yo‘l bo‘ylab avtomobilni harakatlantirish
3
To‘satdan
qo‘yilgan kuch
Itaruvchi prujina
Keskin tormozlanish, keskin tezlik olish
4
Itaruvchi
qurilma
Reaktiv dvigatel
Dinamik chanalardan foydalansh, yo‘naltiruvchi
relsdan foydalanish
5
Inertsiya kuchi
Akkumulyator
energiyasi
Pnevmatik katapulta yordamida, prujinali
katapulta yordamida
6
O‘z-o‘zidan
harakatlanish
Ichki yonuv
dvigateli
yordamida
Yo‘naltiruvchi rels bo‘ylab
tezlanish xosil qilish,
radioboshqaruv yordamida tezlanish xosil qilish.