АВТОМОБИЛ ВА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК МАШИНАЛАРИ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ
ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2022, №3 (8)
152
iqtisodiy omillar guruhiga quyidagi ko‘rsatkichlarni kiritishni taklif etadi: harakat tezligi, salon
konstruktsiyasi, yo‘l haqi va h.k.
M.A.Vaynshtok bulardan tashqari tashish sifatini mehnat sifatiga bog‘liqlik masalalarini
o‘rgangan.
I.V.Spirin yo‘lovchilarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yo‘lovchi
tashuvchi transportda eng asosiy masala ekanligini ta’kidlash bilan bir paytda unga quyidagicha
tarif beradi: “Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati” deganda tashish jarayonlarining majmuasi,
belgilangan me’yoriy talablarga muvofiq yo‘lovchilarni tashishga bo‘lgan talabini qondirishdan
vujudga keladigan yo‘lovchilarni tashish tizimi tushuniladi [3].
Tashish jarayonlarining
xususiyatlarini oddiy va murakkab turlarga ajratadi. I.V.Spirinning fikricha transportni
ommabopligi uni tavsiflovchi murakkab sifat ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanishi kerak.
Soddalashtirilgan ko‘rsatkichlarga shahar hududini transport bilan to‘yinganligi, axborotchanligi
kabi xususiyatlar ham kiritiladi.
N.B.Ostrovskiy tahriri ostida tayyorlangan adabiyotda yo‘lovchilarni
tashishdagi asosiy
sifat ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilar taklif etiladi: safar sharoitini belgilovchi ko‘rsatkichlar,
ya’ni avtobusni to‘lganlik darajasi, harakat muntazamligi, yo‘lovchilarni
manzilga yetib borish
vaqti va harakat xavfsizligi [2]. Shuningdek, ushbu adabiyotda NIIAT (avtomobil
transporti
ilmiy tadqiqot instiuti) tadqiqotchilari tomonidan tashish sifatini baholash mezonlari va ularning
qiymatlari ham keltirilgan. Masalan, bitta turib ketayotgan yo‘lovchiga 0,2 kv.m maydonni
rejalashtirish, avtobusni to‘lganlik darajasini avtobus turiga qarab 0,73-0,78
dan oshmasligi,
harakat muntazamligini 98% dan kam bo‘lmasligi, transport tarmog‘ining zichligini shahar
aholisining soniga qarab 1,4 dan 2,3 km/km
2
, yo‘lovchilar oqimining miqdoriga qarab 1 km
masofada bo‘lishi kerak bo‘lgan avtobuslar miqdori va h.k.lar keltirilgan.