Avtomobilsozlikda ishlatiladigan rezinalar




Download 55.36 Kb.
bet3/8
Sana19.03.2023
Hajmi55.36 Kb.
#46006
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
AVTOMOBILSOZLIKDA ISHLATILADIGAN REZINALAR
muģdar analizi-kk, 1-Maruza, 1-мавзу (3), 23-18, yillar nomi
Rezina materiallar olish. Tabiiy va sintetik kauchuklardan toza holda foydalanish chegaralangandir (elimlar tayyorlashda, izolyatsiyalovchi lentalar, zichlovchi qistirmalar tayyorlashda qo’llaniladi). chunki ular bir qator kamchiliklarga ega: jumladan mustahkamligini yetarli emasligi. TK larning mustahkamligi 1,0-1,5 MPa, SKB va stirolli SK lar uchun 0,5 MPa dan ortmaydi. Kauchuklarning mustahkamligini oshirishning samarali usullaridan biri vulkanizatsiyalashdir.
Vulkanizatsiya - kauchuk molekulalarini oltingugurt atomlari bilan bog’lash. Vulkanizatsiya natijasida (masalan, TK) uzilish mustahkamligi 25 MPa atrofida bo’lgan vulkanizatsiyalangan kauchuk olinadi, bu jarayon 140-150 oS haroratda nisbatan samarali bo’ladi. Vulkanizatsiya jarayonida kauchuk mustahkamligini oshirishga asosiy sabab, kauchuk molekulalari orasida valent bog’lanish («oltingugurt ko’priklari») hosil bo’lishidir.
Kauchukka uni mustahkamligini va elastikligini oshirish uchun zarur bo’lgan miqdorda oltingugurt qo’shiladi. Bunda polimerning uzun makromolekulalari to’rsimon strukturaga aylanib, rezinaga elastiklik beruvchi karkas hosil bo’ladi. Misol, avtomobil shinalari va pokrishkalari tayyorlanadigan rezinalarda kauchuk ulushining 1-3 foizi oltingugurt bo’ladi. Kauchuk tarkibida oltingugurt miqdorining ortib borishi uning mustahkamligini oshirish bilan bir vaqtda elastikligini kamaytiradi. Kauchukka 50 foiz atrofida oltingugurt qo’shish mumkin, bunda juda mustahkam (cho’zlishdagi mustahkamligi 52-54 MPa) bo’lgan va umuman elastik bo’lmagan (qattiq), kimyoviy jihatdan inert bo’lgan material-ebonit olinadi. Ebonitdan elektrotexnik maqsadlarda foydalaniladigan detallar, shu jumladan akkumulyatorlar bankasi tayyorlanadi.
Rezinaning komponentlari. Har qanday rezina materialning tarkibida kauchuk va oltingugurtdan tashqari boshqa komponentlar - ingredientlar ham bo’ladi.
Vulkanizatsiyalash jarayonini tezlashtirish uchun kauchuk va vulkanizatsiyalovchi vosita aralashmasiga vulkanizatsiya tezlatgichlari (tiuram, kaptaks va boshqalar), mustahkamligini oshirish uchun esa to’ldirgichlar qo’shiladi. Eng ommaviy bo’lgan kuchaytirgich sifatida qurumdan foydalaniladi. Qurum kukun holidagi uglerod bo’lib qismlari o’lchami 0,03-0,25 mkm bo’ladi. Qurum boshqa kuchaytirgichlar kabi rezina materiallariga rezina tarkibidagi kauchukka nisbatan 20­70 foiz miqdorida qo’shiladi.
To’ldirgich sifatida qurumdan tashqari rux, magniy, kremniy oksidlaridan, bir qator tuzlar (bo’r, gips), sintetik smolalar va boshqalardan foydalaniladi. Bir qator oq rangdagi to’ldirgichlar (oq qurum, rux oksidi va boshqalar)dan rangli rezinalar olishda foydalaniladi, oddatdagi qurumdan u qora rangda bo’lganligi tufayli foydalanib bo’lmaydi, chunki u buyumlarga qora rang beradi.
To’ldirgichlar SKB, SKS va SKN larga nisbatan juda ham samaralidir. Bu SK larning to’ldirgichlar bilan aralashmasini vulkanizatsiyalaganda, tarkibida to’ldirgich bo’lmagan vulkanizatlarga nisbatan mustahkamligi 10-12 marta yuqori bo’ladi va uzilishdagi mustahkamligi esa 10-30 MPa ga yetadi.
Yuqorida keltirilgan komponentlardan tashqari, rezina tarkibiga ko’p bo’lmagan miqdorda pigmentlar (rang berish uchun), plastifikatorlar (unga ishlov berishni yengillatuvchi va uning sovuqqa chidamliligini oshiruvchi), antioksidlovchilar (eskirishga qarshi), g’ovak hosil qiluvchilar (g’ovaksimon rezinalar olishda) va boshqalar qo’shiladi.
Vulkanizatsiyalanmagan kauchuk, oltingugurt, to’ldirgichlar va boshqa ingredientlar (umumiy soni 15 tagacha bo’lishi mumkin) aralashmasi xom rezina yoki rezina aralashmasi deyiladi. Xom rezinadan turli xil usullar asosida turli-tuman shakldagi buyumlar ishlab chiqariladi va bu rezinalar uchun oxirgi ishlov berish operatsiyasi bo’lib vulkanizatsiyalash xizmat qiladi. Bubuyumlar vulkanizatsiyalangandan so’ngina ishlatishga yaroqli bo’ladi. Xom rezina vulkanizatsiyalangandan keyin oddiygina qilib, rezina deb yuritiladi.
Vulkanizatsiyalash jarayoni qaytmas jarayondir, shuning uchun rezina tarkibidagi kauchukni sof holda ajratib olish mumkin emas. Ish muddatini o’tab bo’lgan rezinalarni regeneratga aylantirish, ya'ni devulkanizatsiya jarayoniga to’xtalamiz. Rezina regenratlarini olish uchun eski rezina buyumlar turli xil Suyuqliklar muhitida 150-1900S haroratgacha qizdiriladi. Bunda rezina tarkibidagi uglerod atomlarining valent bog’lanishlari uziladi va oltingugurt ko’priklari buziladi. Natijada molekulyar massasi past bo’lgan (6000-12000) plastik material olinadi. Bu materialni qayta vulkanizatsiyalash va tarkibiga ingredientlar qo’shish mumkin bo’ladi. Regenerat tarkibiga xom rezina qo’shish mumkin bo’ladi, bunda kauchukni tejashga imkon yaratiladi. Bu regeneratlar asosida shinalarning to’g’in lentalari va rezinala to’shamalar ishlab chiqariladi.
Regenerat sifatida eski rezina buyumlarini qayta ishlash mahsulotlari va rezina ishlab chiqaradigan korxonalarning chiqindilaridan foydalanish mumkin. Ular rezinani arzonlashtiribgina qolmasdan, uning eskirishga moyilligini kamaytiradi, shuningdek neft mahsulotlari ta’siriga chidamliligini oshiradi.
Ishlatish sohasiga ko’ra rezinalar umumiy ishlarga mo’ljallangan va maxsus turlarga bo’linadi. Birinchi guruhga kiruvchi rezinalar havoda, suvda, kislota va ishqorlarning kuchsiz eritmalarida ishlay oladi. Ularni tabiiy kauchukdan ham, sintetik kauchukdan ham olinishi mumkin. Ulardan shinalar, tasmalar, transportyor lentalari va hakozolar tayyorlanadi. Alohida xossalarga ega bo’lgan (nefu mahsulotlari ta’siriga chidamli juda yuqori va juda past haroratda ishlay oladigan va hokazo) rezinalar maxsus rezinalar deb ataladi.
Tabiiy kauchukdan olinadigan texnik rezinalarning cho’zilishga mustahkamligi va elastikligi Yuqoridir. Tabiiy kauchukdan olinadigan xom rezina yelim yordamida yaxshi yopishadi. Ular 60 dan 1000S gacha haroratda ishlay oladi. Bundan ortiq qizdirilganda kauchuk yumshaydi va ekspluatatsion xossalarini yo’qotadi, past haroratda esa mo’rt bo’lib qoladi.
Umumiy ishlarga mo’ljallangan rezinaning asosiy qismi traktor va avtomobil shinalarini tayyorlashga sarflanadi. Butadienstirol (SKS, SKMS) va izopren kauchuklari (SKI) asosida olingan rezinalar yaxshi xossalarga ega. Ular cho’zilishga mustahkamligi, yemirilishga chidamliligi bilan farq qiladi. 80-100oS haroratda ishlay oladi, sovuqqa chidamliligi yuqori (minus 75oS gacha). Kauchuklarning mexanik xossalari (ayniqsa, elastikligi) tabiiy kauchuklarnikiga yaqin bo’lgani uchun kordga mustahkam birikadi. Mexanik mustahkamligi, yeyilishga va sovuqqa chidamliligi quyiladigan talablarga javob beradigan maxsus shinalar divenil kauchuklar (SKD) asosida olinadigan rezinalardan tayyorlanadi. Bu kauchuklar yuqorida aytilgan xossalari bo’yicha tabiiy kauchuklardan ancha ustun turadi.
Kameralar, shuningdek kamerasiz shinalar germetiklovchi qatlamini tayyorlash uchun gaz o’tkazmaydigan va kislorod ta’siriga chidamli rezinalar kerak bo’ladi. Butilkauchuklar (SKB) bu talabga javob beradi. Ularning mexanik mustahkamligi yaxshi bo’lishi bilan birga issiqqa chidamliligi yuqori (120oS gacha). Poliuretan kauchuklar ham yuqorida keltirilgan xossalarga ega, bundan tashkari ozon va neft mahsulotlariga chidamlidir. Ulardan almashtiriladigan protektorli shinalar tayyorlanadi.
Moy, benzin ta’siriga chidamli rezinalar erituvchilarga tegib ishlaydigan tasmalar, shlanglar, zichlash qistirmalari, manjetlar va boshqa detallar tayyorlanadi. Ular yonilg’i va moyda ko’pi bilan 1-3 foiz shishadi. Nairitdan olingan moy, benzinga chidamli rezinalar (xloropren kauchuk) keng tarqalgan. Bu rezina oltingugurtsiz harorat ta’sirida vulkanizatsiyalanadi. Nairit asosida olingan rezinalar neft mahsulotlari muhitida 120-130oS gacha haroratda ishlay oladi. Ular elastik, tezda eskirmaydi. Butadiennitril kauchuk (SKN) dan tayyorlangan rezinaning ekspluatatsion xossalari yanada yaxshiroq. Bundan tashqari, ular suyultirilgan kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli hamdir.
Ko’pgina hollarda yuqori harorat ta’siriga yaxshi chidash beradigan rezinalar kerak bo’ladi. Ular asosan minus 60 oS dan +300 oS gacha uzoq muddat ishlay oladigan kremniyorganik kauchuklardan (SKT) olinadi. Yuqori dielektrik xossalarga ega, ularning o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, sernam sharoitda ham ekspluatatsion xossalari o’zgarmaydi. Shuning uchun ulardan tropik iqlimda ishlatiladigan buyumlar tayyorlanadi. Ularning neft mahsulotlarida tez erishi katta kamchiligidir. Bu kamchilikni kauchuk molekulasiga ftor atomini qo’shib yo’qotish mumkin. Bunda SKF kauchuk olinadi. Bu kauchuk yonmaydi, issiqqa chidamli (300oS gacha), gidrotizim shlanglar birikmalarini ishonchli, samarali zichlash uchun ishlatiladi. Pnevmatik shlanglarni ta’mirlashda vulkanizatsiyalanmagan materiallar chiqariladi. Ularga protektorli profillangan rezinalar kiradi. Ular yurish yo’li yoki to’la profilli protektor hosil qilish uchun mo’ljallangan. Bu materiallarga qatlamli, germetiklovchi kamerabop rezina listlar ham kiradi. Ular kamerasiz shinalar va kameralarni ta’mirlashda ishlatiladi. Xom rezinadan elastik rezina olish uchun uni 140-150 oS haroratgacha qizdirish (yaxshisi, bosim ostida) kifoya.
Rezina buyumlarni sinchlash. Rezina detallarni mustahkamligini oshirish uchun ularni boshqa puxtaroq (gazlama, simli karkas, metall tolalari) elementlar (armaturalar) bilan sinchlanadi. Buning natijasida olinadigan rezina buyumning mustahkamligi asosan rezina tarkibidagi armirlovchi elementning mustahkamligiga asosan aniqlanadi. Sinchlangan rezina detallarning cho’zilishdagi elastikligi sof rezinaning elastikligidan sezilarli darajada kam bo’ladi, ammo ularni egilish va siqilishdagi talab etilgan chegaradagi deformatsiyalanish xususiyatlarini saqlab qoladi.
Avtomobillarda ishlatiladigan muhim armirlangan rezina buyumlar jumlasiga rezina-gazlamali shlanglar, uzatish tasmalari va boshqalar kiradi.
Avtomobil pokrishkalari avtomobillarda ishlatiladigan qimmatbaho va juda katta talablar qo’yiladigan armirlangan buyum bo’lib, ularni tayyorlashda maxsus gazlamalar - kord, chefer va boshqalardan foydalaniladi.
Karkasning, pokrishkalar bortining shikastlangan joylarini ta’mirlash, karkasning shikastlangan joylarni kuchaytirish uchun rezina qo’shilgan kort, rezina qo’shilgan chefer va plastirlar kabi materiallardan (rezina qo’shilgan korddan tayyorlangan krestsimon yamoqlardan) foydalaniladi. Ta’mirlanadigan pokrishka karkasi tayyorlangan korddan foydalanish tavsiya etiladi. Eng yaxshisi kapron tolalardan tayyorlangan korddan foydalangan ma’qul, chunki u mustahkam bo’lgani uchun yamoqni qalinligi va massasini kamaytirish mumkin bo’ladi, g’ildiraklarning titrashi kamayadi.

Download 55.36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 55.36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobilsozlikda ishlatiladigan rezinalar

Download 55.36 Kb.