Rezinaning fizikaviy-mexanikaviy xossalari




Download 55.36 Kb.
bet4/8
Sana19.03.2023
Hajmi55.36 Kb.
#46006
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
AVTOMOBILSOZLIKDA ISHLATILADIGAN REZINALAR
muģdar analizi-kk, 1-Maruza, 1-мавзу (3), 23-18, yillar nomi
Rezinaning fizikaviy-mexanikaviy xossalari. Rezinaning cho’zilishdagi mustahkamligi, nisbiy va qoldiq uzayishi. Rezianing asosiy deformatsion va mustahkamlik xossalariga plastiklik va elastiklik xossalari, cho’zilishga qarshi mustahkamligi, cho’zilishdagi nisbiy uzayishi, cho’zilishdagi qoldiq uzayishi, berilgan uzayishdagi nisbiy kuchlanish va boshqalar kiradi.
Rezinadan tayyorlangan buyum va materiallarda cho’zuvchi kuchlar eng xavfli bo’lgani uchun, ularning mustahkamligi cho’zish orqali xarakterlanadi. Rezina buyumlar vaqt o’tishi bilan o’z mustahkamligini yo’qotib boradi (statik toliqish paydo bo’ladi) va nihoyat ular ishga yaroqsiz bo’lib qoladi.
Rezina buyumlarga o’zgarmas kuchlanish ta'sir etishdan boshlab buyumning yaroqsiz bo’lishigacha (buzilishi) ketgan vaqt uning shu vaqt ichidagi mustahkamligi yoki uzoqqa chidamliligi deyiladi. Kuchlanish miqdori ortib borishi bilan uzoqqa chidamlilik keskin kamayadi. Rezina cho’zilgan vaqtda uning o’z shaklini saqlab qolish xususiyati deformatsiya tezligi, harorat, rezina tarkibi va uning tuzilishiga bog’liq.
Cho’zish tezligi qancha yuqori bo’lsa, rezina materialni buzish uchun shunchalik kam kuch talab etiladi. Deformatsiya vaqtida haroratning o’zgarishi mustahkamlik ko’rsatkichiga ta'sir qiladi. Odatda, harorat ortishi bilan rezina mustahkamligi kamayadi va aksincha. Sinash ishlarini solishtirish mumkin bo’lgan namunalar olish uchun, Davlat standarti yoki texnik shartlarda keltirilgan ma'lum tezlik va haroratda o’tkaziladi.
Rezina mustahkamligi ularning tarkibiga qo’shiladigan aktiv to’ldiruvchilar hisobiga ham keskin ortadi. Ammo, me'yordan ortiq miqdorda plastifikator qo’shish ham rezina mustahkamligini pasaytirib Yuboradi.
Kauchuklar ichida TK, SKI-3, xlorprenlarning elastikligi yuqori. SKN, BK, SKF va akril kauchuklarning elastikligi esa kamroq.
Rezinaning cho’zilishdagi nisbiy uzayishi deganda, rezina materialni uzilish paytidagi uzunligini dastlabki uzunligidan nisbiy uzunligini materialning dastlabki uzunligiga nisbati tushuniladi.
Avtomobilning eng muhim rezina detallarini ta'mirlashda keng ishlatiladigan uch turdagi rezina materiallarining ba'zi-bir standart ko’rsatkichlari 3.2-jadvalda keltirilgan.
Rezina materialning nisbiy va qoldiq uzayishi birgalikda rezinaning elastiklik xususiyatini tavsiflab beradi. Nisbiy va qoldiq uzayishlar orasidagi farq qanchalik katta bo’lsa, rezina materialning elastiklik xususiyati shunchalik yaxshi bo’ladi.
Kauchuk va rezinalar mexanik xosslariga ko’ra elastik (egiluvchan) jismlar va suyuqliklardan farq qiladi. Ular nisbatan kichik kuchlanishlarda ham yuqori qator deformatsiya xususiyatiga ega bo’lgan yuqori molekulali birikmalardir. Bu xildagi deformatsiya Yuqori elastik deformatsiya, materialning o’zi esa elastomerlar deb ataladi.

    1. jadval. Avtomobil shinalarini ta'mirlashda ishlatiladigan rezinalarning mexanik xususiyatlarini asosiy ko’rsatkichlari


Download 55.36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 55.36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rezinaning fizikaviy-mexanikaviy xossalari

Download 55.36 Kb.