• Mintaqaviy (zona)omborlar
  • Hududiy omborlar
  • Avtotransport vositalari servisi asoslari




    Download 9,4 Mb.
    bet118/162
    Sana13.05.2024
    Hajmi9,4 Mb.
    #228444
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   162
    Bog'liq
    avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

    Markaziy ombor- moddiy-texnik ta’minot tizimining asosiy tarkibiy qismidir. Bu omborda firmaning o’zida va chet davlatlarda ekspluatatsiya kilinayotgan avtomobillar parkiga kerakli ehtiyot qismlarning 80%ga yakin nomenklaturasi (ya’ni 50-70 ming nomdagi detallar) saqlanadi. Saqlanadigan ehtiyot qismlar nomenklaturasi, ularning hajmi va olib kelish davriyliklari reja asosida olib boriladi. Reja ehtiyot qismlarning oldingi yilgi sarfiga va avtomobillar parki tarkibiga asoslanib to’ziladi. Bu omborga ehtiyot qismlarning asl nusxalari avtomobil ishlab chiqaruchi va pudratchi hamda firma tarkibidagi agregat va detallarni ta’mirlovchi zavodlardan yetkaziladi. Har bir detal nomi buyicha mukobil zaxira hajmi yillik talabning 30...35% darajasida saqlab turiladi.
    Markaziy omborning bir nechta bulimlari bo’lib, ular mintaka (region)lar buyicha avtomobil parkini xisobga olish, buyurtmalarni ruyxatlash, sotilayotgan, zaxiradagi va keltirilayotgan detallarni nazoratlash, mexnat sarfini xisobga olish, buxgalteriya xisobi kabi ishlarni bajaradilar.
    Mintaqaviy (zona)omborlar - markaziy omborning bulimlari xisoblanadi. Ularning vazifalari o’z mintakalaridagi avtomobil parkini ehtiyot qismlar bilan ta’minlashdir. Bu omborlarning hajmi ular tomonidan xizmat ko’rsatiladigan xududlar soniga bog’lik. Mintakaviy omborlarga ehtiyot qismlar, asosan, markaziy ombordan keltiriladi. Ayrim vaqtlarda, esa mustakil ravishda bu omborlarga ehtiyot qismlarning asl nusxalari avtomobil ishlab chiqaruchi va pudratchi hamda firma tarkibidagi agregat va detallarni ta’mirlovchi zavodlardan tug’ridan-tug’ri olib kelinadi. Ularda saqlanayotgan detallar nomenklaturasi 20 minga yakin nomdan iborat bo’lib, urtacha zaxira hajmi 1,5...2 oyga yetarli darajada ushlanadi. Maksimal va minimal zaxira hajmi kup yillik tajribalarga asoslanib, yetarli darajasida ushlanadi, ya’ni urtacha maksimal zaxira oylik minimali esa 1.1,5 oylik talab darajasidan oshmaydi.
    Hududiy omborlar - mintakaviy omborlarning bulimlari xisoblanadi. Bu omborlar avtomobil parklari jamlangan tumanlarda joylashtiriladi va ularning vazifasi ushbu avtomobil parkini kerakli ehtiyot qismlar bilan ta’minlashdir. Agarda firma avtomobillarining yillik eksporti 2 mingdan oshsa, xududiy omborlar boshqa davlatlar xududida xam tashkil etiladi. Ehtiyot qismlar bozoridagi kattik rakobat talablari avtomobil firmalarini tezkor ishlashga va yangi boshqarish usullarini kullashga jalb etadi. SHu sababli bu omborlarning hajmi ular tomonidan xizmat ko’rsatiladigan tumanlar soniga bog’lik. Ularda umumiy ehtiyot qismlar nomenklaturasining 60%ga yakini (10.15 ming nomdagi detallar) va xar bir nom buyicha 2,5.3 oylik zaxirasi saqlanadi. Xududiy omborlarga ehtiyot qismlar asosan mintakaviy (yoki markaziy) omborlardan keltiriladi. Ayrim vaqtlarda, mustakil ravishda, bu omborlarga ehtiyot qismlarning asl nusxalari avtomobil ishlab chiqaruchi va pudratchi hamda firma tarkibidagi agregat va detallarni ta’mirlovchi zavodlardan tug’ridan-tug’ri olib kelinadi. Xududiy omborlar yukori bokichdagi omborlar bilan reja asosida birgalikda ishlaydilar.
    Hududiy omborlar faoliyat ko’rsatadigan xududlarda firmalar yirik ASK markazini tashkil etadilar.
    Yirik dilerlarning ASK markazining omborlari o’z faoliyati uchun hamda xududlaridagi kichik dilerlar uchun kerakli ehtiyot qismlarga bulgan talabni kondiradi. Ularda umumiy ehtiyot

    2-rasm. Ehtiyot qism va materiallarni omb ori
    qismlar nomenklaturasidan 20%, asosan eng kup talab etiladiganlari (5...7ming detallar) saqlanadi. Ularning urtacha zaxirasi xar bir nom buyicha 1,5 oyga yetadi.
    ASK o’z xududida mijozlar avtomobiliga ehtiyot qism va materiallar bilan kushimcha ta’minlash maksadida chakana savdo kiluvchi dukon va omborlar tashkil etadilar. Bunday ixtissoslashgan dukonlarda sotiladigan ehtiyot qism va materiallar nomenklaturasi ASK vazifasi va kuvvatiga bog’lik.
    ASK omborlarida saqlanadigan va uning xududida joylashgan dukonlarda sotiladigan ehtiyot qism va materiallar sifati va standartlarga mosligi kafolatlanadi.
    ASK omborida saqlanadigan ehtiyot qismlar hajmi va nomenklaturasi buyicha mijozlar tez-tez talab etadigan detallardan iborat bo’lishi kerak.
    Servis korxonalarida resurslarni me’yorlash va ehtiyojlarni aniklash
    ASKning ehtiyot qismlarga bulgan talabini aniklashda, ularni sarflash me’yoridan foydalaniladi. Sarflash me’yorlari, ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish, rejalashtirish va ularga buyurtma berish hajmini hamda ASK buyicha ehtiyot qismlarga ketadigan sarflarni aniklashda ishlatiladi.
    Nomenklatura me’yori, xar bir detal buyicha urtacha ehtiyot qismlar sarfini belgilaydi, ya’ni dona, 100 avtomobil uchun, bir yilga. Nomenklatura buyicha ehtiyot qismlar me’yori asosan uch usul buyicha aniklanadi:

      1. detallarning xakikiy sarfi;

      2. detallarning resursi;

      3. extimollik usuli.


    Download 9,4 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   162




    Download 9,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtotransport vositalari servisi asoslari

    Download 9,4 Mb.