• 15-TAJRIBA ISHI
  • IV.Ishni bajarish tartibi
  • .Y.Umumiy ma’lumotlar.
  • Avtomobil shinalariga TXK va JT texnologiyasi mavzusidagi laboratoriya ishi bo’yicha Hisobot




    Download 9,4 Mb.
    bet143/162
    Sana13.05.2024
    Hajmi9,4 Mb.
    #228444
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   162
    Bog'liq
    avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

    Avtomobil shinalariga TXK va JT texnologiyasi mavzusidagi laboratoriya ishi bo’yicha Hisobot


    1. Ishdan maqsad:

    2. Ishning mazmuni:

    3. Ishning o’tkazilish joyi 4.Avtomobil turi 5.Avtomobilda qo’llaniladigan shina markasi 6.SHinalarni o’lchamlari 7.SHinalarni ko’rikdan o’tkazish natijalari:

    8.SHinalarni bosimini tekshirish va sozlash.
    1-Jadval.

    Avtomobil markasi

    SHinalar belgisi



    SHinalarning ichki bosimi, Mpa

    Oldingi

    Orqangi

    me’yoriy

    amaliy

    me’yoriy

    amaliy



















    1. Engil avtomobillar shinalarini ajratish va yig’ish texnologiyasi: 9.Avtomobil kameralarini ta’mirlash.

    1. Qo’llaniladigan jihozlar:

    2. Avtomobil kamerasini ta’mirlash texnologik xaritasi



    Operastiya nomi

    Ishchi kasbi va malakasi



    Ishni bajarilish joyi



    XK nuqtalari soni

    Jihozlar, moslamalar va asboblar

    Ishni bajarish vaqti, min

    Texnik shart va ko’rsatmalar

















































    1. Avtomobil g’ildiragini dinamik va statik muvozanatlash.

    1. Qo’llanadigan jihozlar

    2. SHinalarning radial urishi (tepishi),mm

    v) SHinalarni o’q bo’yicha urishi (tepishi),mm
    g) Muvozanatlash yukini o’rnatish koordinatalari
    d) Muvozanatlash yukining og’irligi, G

    3-Jadval. G’ildirakni muvozanatlash texnologik xaritasi.









    Muomala va o’tish tartibi va nomi









    Bajaruvchining kasbi va malakasi







    Bajariladigan joy









    XK nuqtalari soni







    Jihoz, moslama va asboblar









    Bajarilish vaqti, min







    Texnik shart va ko’rsatmalar




    Xulosa:


    15-TAJRIBA ISHI


    Mavzu: Dvigatellarda chiqindi gazlar tarkibini nazorat qilish texnologiyasi

    I.Ishdan maqsad: Avtomobillar dvigateli ishlaganda atrof-muhitga chiquvchi chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli gazlar miqdorini aniqlash texnologiyasini o’rganish.


    II.Ish mazmuni: Laboratoriya ish kafedra laboratoriyasida bajariladi. Talabalar avtomobil dvigateli ishlashidan chiqayotgan gazlar tarkibini o’lchash usulini o’rganish, gazoanalizatorning tuzilishini va uni ishlashi bilan tanishish, karbyuratorli va injektorli dvigatellarni eng kam zaharli gazlar miqdoriga sozlash, GAI-1, AST-75 va I-SO gazoanalizatorlarining tuzilishi va ishlash prinstipini o’rganish, kabyuratorli yoki injektorli dvigatelni minimal SO(is gazi) miqdoriga sozlash bo’yicha ko’nikma hosil qiladilar.

    1. Jihozlar va asboblar:

      1. Karbyuratorli yoki injektorli dvigatelga ega avtomobil. 2.GAI-1, AST-75 yoki I-SO turidagi gazoanalizatorlar. 3.Karbyuratorchi ustaning asboblari to’plami.

    IV.Ishni bajarish tartibi:


    1. Dvigatellarning ishlashidan chiqadigan chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli gazlar miqdorini aniqlash usullari bilan tanishish.

    2. Gazoanalizatorlarning tuzilishi va ishlash prinstipi bilan tanishish.

    3. Dvigatellarning ishlashidan chiqadigan chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli gazlar miqdorini amaliyotda aniqlash.

    4. Karbyuratorni chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidining minimal qiymatiga sozlash.

    .Y.Umumiy ma’lumotlar.


    Ma’lumki, avtomobil ekologik xavfli manbaa bo’lib atrof-muhitga zarar keltiradi. Benzin bilan ishlaydigan dvigatellarda chiqindi gazlar tarkibidagi eng zararli va konsterogenli komponentlar SO, SN, NOx va qo’rg’oshin birikmalari, dizellarda esa-NOx va qurum hisoblanadi.
    Uglerod oksidi(SO)-rangsiz va hidsiz bo’lib juda zararli gazdir. Bu gaz, dvigatel stilindirlarida yonilg’ini to’liq yonmasligi natijasida hosil bo’ladi.
    Avtomobilning markasi va ish rejimiga qarab, CHG larda 10...1000 mkgmin miqdorida qattiq ta’sir qiluvchi benzinopiren komponenti bo’ladi.
    CHiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidini me’yorlash. 1988 yildan beri GOST 17.2.2.03-87 "Tabiat muhofazasi. Atmosfera. Benzin dvigatelli avtomobillarning chiqindi gazlarida SO miqdori. Me’yor va uni aniqlash usullari" kuchga kirgan bo’lib, unga binoan uglerod oksidi va SN miqdori aniqlanadi. Bu komponentlar dvigatelning tirsakli vali 2 xil aylanishlar bilan ishlaganda, ya’ni minimal (Nmin) va yuqori aylanishlar (0,6Nnom) rejimida chiqarish trubasi orqali aniqlanadi.
    CHiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidi miqdori me’yoridan ortib ketishiga asosiy sabab: yonilg’i ta’minoti va o’t oldirish tizimining nosozligi, havo filtrining, stilindr-porshen guruxi va gaz taqsimlash mexanizmining nosozligi.
    GAI-1 turidagi gazoanalizatorlarning tuzilishi va ishlash prinstipi. GAI-1 gazoanalizatori, karbyuratorli avtomobil dvigatellari ishlaganda ajralib chiquvchi CHG lar tarkibidagi uglerod oksidi miqdorini avtomatik ravishda o’lchash uchun ishlatiladi. Tekshirilayotgan gazlar harorati 200S gacha bo’lishi mumkin. Ularning ishlashi optika adsorbstiyali usulga asoslangan bo’lib,
    infroqizil energiya nurlari tekshirilayotgan komponent-lardan o’tishi darajasiga bog’liq. Nurlarni ogahiy yutilish darajasi gaz aralashmasidagi komponentlar konstetrastiyasiga bog’liq bo’ladi.
    Asbobning tuzilishi: GAI-1 gazoanalizatori optik blok, proba tayorlash va elektrik sxemadan, ya’ni modulyator generatori, chastotalarni ajratuvchi, sinxronlash qurilmasidan tashkil topgan.
    Asbobni ishga tayorlash: "Kalibr-1", "Nasos-2", "VKL-3" (1-rasm) tugmachalar o’chirilgan (vo’klyucheno) holatida bo’lishi kerak. Gazoanalizatorga elektr ta’minoti simi ulanadi. Gaz olish zondini 200-450 mm uzunlikdagi naycha va tozalash filtri bilan biriktiriladi, keyin ular 5000-6000 mm.li rezina shlangasi bilan API-6 gaz olish qurilmasiga ulanadi. Nihoyat, gazoanalizatorni ishlash qobiliyati tekshiriladi:

    1. Asbob 12 voltli kuchlanishga ulanadi.

    2. 30 min davomida gazoanalizator qizdirib olinadi.

    v) "Nasos" tugmachasi bosiladi.
    g) "Kalibr" tugmasini bosib asbob kalibrovka qilinadi, ya’ni strelkasi "O" belgisiga dastak yordamida keltiriladi.
    e) So’ngra "Kalibr" tugmasi qayta bosiladi, ya’ni o’chiriladi.
    Dvigateldagi sovutish suyuqligining harorati 85-95S ga etgach, avtomobilning ovoz so’ndirgichi quvuriga gaz oluvchi zond qo’yiladi "Nasos" tugmachasi bosiladi va asbob strelkasi ko’rsatgan qiymati yozib olinadi. Zond ovoz so’ndirgichdan olinib gazoanalizator orqali atmosferadagi havo 5 minut davomida haydaladi. "Nasos" tugmasi bosib o’chiriladi va asbobni elektr manbaaidan ajratiladi.
    Asbob avtomobildan chiqayotgan gaz tarkibidagi SO miqdorini foizda (%) ko’rsatadi. Boshqarish tugmasi yordamida GAI-1 asbobining o’lchash oralig’ini 0 dan 5% gacha yoki 0 dan 10% gacha sozlash mumkin. Gazoanalizatorni kalibrovkalash har o’lchashdan oldin tavsiya qilinadi. Bu ishni har 30 minutda eng kamida 1 marta bajarish zarur bo’ladi.
    Karbyuratorni chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidining minimal qiymatiga sozlash. Karbyuratorni sozlash ishlari dvigeteldagi sovutish suyuqligining harorati 85-95 S ga etganda bajariladi. CHiqindi gazlar tarkibi gazoanalizator yordamida, tirsakli valning eng past (0,8Nnom) aylanishlar srnida ishlatib qo’yib aniqlanadi. Bir kamerali yoki 2 kamerali (drosellar navbati bilan ishlaydigan) karbyuratorlarda (K-22, K-126G, K-126N, K-129) sozlash ishlari quyidagi tartibda bajariladi:

    • karbyuratordagi miqdor vinti yordamida dvigatelning aylanishlar chastotasini (taxometr buyicha) muayyan rejimga o’rnatiladi (avtozavod tavsiyasiga muvoffiq ravishda),

    • asta-sekin sifat vintini burab, shu rejimga mos maksimal aylanishlar chastotasi o’rnatiladi,

    • SO ni qiymatini me’yoridagidan kamaytirish, bir necha marta, sifat vinti orqali bajariladi. Har gal SO miqdori gazoanalizator yordamida aniqlanadi, tirsakli valni aylanish chastotasi esa taxometr yordamida nazorat qilinadi,

    • drasellni ochish orqali tirsakli valning aylanish chastotasi (Nnom) 2000 aylmin -0,8 nom diapazonda ushlab turiladi,

    • aralashmani har gal rostlashdan keyin, miqdor vinti yordamida tirsakli valning aylanish chastotasi me’yoriga keltiriladi.

    Erkin ishlash rejimida, 2 ta droselli baravar ochiladigan karbyuratorlar (K-88, K-89, K-126B) quyidagicha sozlanadi:

    • tayanch vinti yordamida dvigatelning bir maromda ishlash chastotasi (zavod tavsiyasida ko’rsatilgandek) o’rnatiladi,

    • yonuvchi aralashmani siyraklashtirish avval bitta sekstiyada, sifat vinti yordamida, dvigatel notekis ishlay boshlanguncha bajariladi,

    • chiqindi gazlardagi SO miqdori karbyuratorning 1 va 2-sekstiyasidagi sifat vintini sekin-asta burash orqali, me’yoridan oz darajaga keltiriladi,

    • drosell to’sma qopqog’ini ochib, tirsakli valning aylanish chastotasi 0,8Nnom ga keltiriladi va SO miqdori aniqlanadi.

    - karbyuratorning ishlashi shunday sozlanadiki, chiqindi gazlardagi SO miqdori me’yoridan bir oz kam bo’lsin. Buning uchun yonuvchi aralashma 1-kameradagi sifat vinti yordamida tirsakli valning
    aylanishi me’yorigacha keltiriladi,

    • zarur bo’lsa, yonuvchi aralashma 2-sifat vinti orqali ham sozlanadi,

    • chiqindi gazlar miqdorini rostlash tugallangandan keyin, dvigatel aylanishlar sonini o’zgartira olish qobiliyati drosellni tez yoki asta sekin ochish orqali tekshirib ko’riladi.




    Download 9,4 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   162




    Download 9,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil shinalariga TXK va JT texnologiyasi mavzusidagi laboratoriya ishi bo’yicha Hisobot

    Download 9,4 Mb.