|
Avtotransport vositalari servisi asoslari
|
bet | 151/162 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 9,4 Mb. | | #228444 |
Bog'liq avtotransport vositalari servisi asoslari (1)Mavjud vaziyat
Avtomobillarga TXK va ta’mirlash xizmati sifatini ta’minlash maqsadida avtmobilsozlik kompaniyalari o’z avtomobillari bo’yicha zarur bo’lgan barcha texnik-texnologik hujjatlarni o’z vaqtida tayyorlab, xaridorlarga, avtoservis korxonasi dilerlariga yetkazib beradi.
Muammoli topshiriq: Avtomobilsozlik kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan texnik- texnologik hujjatlarni avtoservis korxonalaridagi holatini tahlil qiling va ular asosida xulosalar bering. Bu texnik-texnologik hujjatlar nimaga yo’naltirilgan?
Mavjud vaziyat
Avtomobillarga TXK va ularni ta’mirlash miqyosida bajariladigan ishlar texnik hujjatlarda ko’rsatilgan texnologik tartibda, texnik talablar va shartlarga rioya qilingan holda bajarilsagina sifatli bo’ladi.
Muammoli topshiriq: TXK va ta’mirlash sifatiga qanday omillar ta’sir ko’rstadi va ularni yaxshilash uchun chora-tadbirlarni taklif qiling. ISO nima? Kim tomonidan o’rnatiladi, o’z ichiga nimalarni oladi?
Mavjud vaziyat
Avtomobillarga to’la ravishda xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda quyidagi ishlab chiqarish bo’linma va ustaxonalar tashkil etiladi: bular avtomobillarni yuvish va quritish, avtomobillarni xizmatga qabul qilish va ularni egasiga topshirish, maxsus diagnostika, texnik xizmat ko’rsatish postlari, ta’mirlash, agregatlarni almashtirish postlari, kuzov elementlarini ta’mirlovchi postlar, avtomobil, agregat, asbob va jihozlarini ta’mirlovchi maxsus ustaxonalar kiradi.
Muammoli topshiriq: guruhdagi talabalarni 3 ta yoki 4 ta kichik guruhlarga bo’lib Namangan shahridagi avtoservis korxonasidagi bo’lim va ustaxonalar faoliyatini tahlil qilish va ular asosida xulosalar yozish. Bo’lim va ustaxonalarni tahliliy chizmasini chizib namunaviy loyihalar bilan solishtirish. Bo’lim va ustaxonalarda bajarilayotgan ishlar texnologiyasi bilan tanishish, tahlil qilish va solishtirma texnologik xarita tuzish.
Mavjud vaziyat
Avtomarkazlar va ASKlarda ma’muriy-maishiy xonalar qatori mijozlar uchun alohida xona, ehtiyot qismlar omborlari va savdo do’konlari, salonlari bo’lishi shart. Ishlab chiqarish binolari va ustaxonalaridan tashqari texnologik jarayonlarning uzluksiz va to’xtovsizligini ta’minlovchi elementlardan biri ombor xo’jaligidir. Uni barpo etish va faoliyatini ishlab chiqarish jarayonlari talablari asosida tashkil etish, ayniqsa, muhimdir. Ombor xo’jaligining tarkibi, ularda saqlanadigan zaxiralar hajmi va xillari, avtoservis korxonalarining turlari va ishlab chiqarish quvvatiga bog’liq bo’ladi.
|
| |