|
Avtotransport vositalari servisi asoslari
|
bet | 152/162 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 9,4 Mb. | | #228444 |
Bog'liq avtotransport vositalari servisi asoslari (1)Muammoli topshiriq: guruhdagi talabalarni 3 ta yoki 4 ta kichik guruhlarga bo’lib Namangan shahridagi avtoservis korxonasidagi yordamchi bo’limlar faoliyatini tahlil qilish va ular asosida xulosalar yozish. Omborxona xo’jaligini mikroiqlimini yaratish bo’yicha sizning takliflaringiz.
Mavjud vaziyat
Ekspluatatsiya jarayonida sodir bo’ladigan buzilishlarni aniqlash va oldini olish, avtomobillarning ishonchliligini va yuqori samaradorligini saqlab turish uchun diagnostika ishlari o’tkaziladi. Avtomobil, uning tarkibiy qismlari ma’lum ekspluatatsiya sharoitlarida namoyon bo’ladigan, xususiyatlar deb ataladigan miqdor va sifat ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Xususiyatlar majmui avtomobil yoki uning elementini ishlatish uchun yaroqlilik darajasini aniqlaydi va boshqa avtomobil (element)lardan farqi va o’ziga xosligini ifoda etadi.
Muammoli topshiriq: avtomobillarni diagnostikalash deganda nimani tushunasiz, texnik diagnostika nima uchun yo’naltirilgan. Diagnostik parametrlar, me’yorlar va ko’rsatkichlarni aniqlash usullarini aytib bering. Diagnostik parametrlar formulasini tahlil qiling. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashda diagnostikani o’rni. Avtoservis korxonalarida avtmobillarni diagnostikalashni tahlil qiling va avtomobillarni diagnostikalash bo’yicha o’zingizni fikringizni bildiring. Avtoservis korxonasida diagnostika mintaqasi faoliyatini tahlil qiling va mintaqa qiyosiy chizmasini chizing, diagnostikalash texnologik xaritasini tuzing.
Mavjud vaziyat
Avtoservis korxonalari (ASK) va markazlaridagi texnik servis ishlari texnologik jarayonini tashkil etishda avtomobillarni texnik holatini diagnostikalash katta ahamiyatga ega.
Muammoli topshiriq: guruhdagi talabalarni 3 ta yoki 4 ta kichik guruhlarga bo’lib Namangan shahridagi avtoservis korxonalaridagi ishlab chiqarish jarayonida qo’llaniladigan diagnostika turlarini tahlil qiling va ularni amaliyotda qo’llanilishi bo’yicha xulosa qiling.
|
| |