|
Avtotransport vositalari servisi asoslari
|
bet | 160/162 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 9,4 Mb. | | #228444 |
Bog'liq avtotransport vositalari servisi asoslari (1)Avtosavdo markazlari (yoki bazalari) avtomobillar va ehtiyot qismlar bilan ulgurji,savdo qiladilar. Avtosalonlar esa shu mollarni chakana savdo bilan sotadilar, buning uchun ularda avtomobillarni sotishga tayyorlash (sotish oldi) texnik xizmatini bajarish uchun maxsus ishchi postlari bo’lishi shart.
Avtomarkazlar avtoservis xizmati ko’rsatuvchi korxonalarning tayanch-etakchi korxonalari bo’lib asosan yirik shaharlarda (viloyat markazlarida) joylashadi.
Avtoservis stantsiyalari. Avtoservis xizmatini bajaruvchi korxonalar, eng ko’p tarqalgan korxonalardir.
Avtoustaxonalar avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash ishlarini ayrim mexanizmlar, agregatlar yoki tizimlar bo’yicha bajarishga ixtisoslashgan kichik korxona-lardir. 60m2), ishlovchilar soni esa 1-2 kishidan iboratdir.
Texnik xizmat ko’rsatish postlari esa ustaxonalardan farqli ravishda avtomobilning o’ziga xizmat ko’rsatadi va mayda ta’mirlash ishlarini bajaradi.
Avtomobillarga yonilg’i-moy quyish stantsiyalari (AYoQS) - avtomobillarni yonilg’i - moy mahsulotlari bilan ta’minlash bilan birga ba’zi bir yengil texnik xizmat ishlarini bajarishi ham mumkin.
Avtosaqlash joylari - avtomobillarni yopiq yoki ochiq holda saqlash, ko’p hollarda kichik hajmdagi TXK, ayrim hollarda ko’p iste’moldagi ehtiyot qismlar bilan ta’minlash bilan shug’ul-lanuvchi sub’ekt.
Motel – avtoturistlar va yuk tashuvchi xaydovchilar uchun mo’ljallangan mehmonxona, restoran, avtomobillar saqlash joyi, avtoservis binosi, yonilg’i quyish shoxobchasi, avtomobillarning qisqa muddatga to’xtash maydonlaridan tashkil topgan majmuadir.
Kemping – yoz mavsumlarida yengil avtomobil va avtobuslarda sayohat qiladiganlarga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan kerakli qurilmalar bilan jihozlangan va obodonlashtirilgan hududdir.
|
| |