|
Kafolatli texnik xizmat ko’rsatish
|
bet | 161/162 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 9,4 Mb. | | #228444 |
Bog'liq avtotransport vositalari servisi asoslari (1)Kafolatli texnik xizmat ko’rsatish - avtomobillarga avtomobilsozlik kompaniyasi tomonidan buzilmasdan, soz ishlashiga kafolat berilgan davr ichida, yuzaga kelgan nosozliklarni avtomobilsozlik kompaniyasi hisobidan bartaraf etish bo’yicha bajarila-digan TX va ta’mirlash ishlaridir.
Servis daftarchalari. Yengil avtomobillar uchun avtomobilsozlik kompaniyalari TX ishlarining nomi, hajmi va davriyligi (ya’ni rejimini) maxsus servis daftarchalarida (SD) keltiradi.
Maxsus diagnostika mintaqasi avtomobillarni, ularning agregatlari, mexanizmlari va tizimlarining texnik holatini aniqlash, baholash bilan shug’ullanadi.
TXK postlari to’satdan, kutilmaganda avtomobilda nosozliklar, buzilishlar sodir bo’lishi ehtimolini oldini olish ishlarini bajarish uchun mo’ljallangan.
Bo’yash joyi alohida yopiq germetik kamera bo’lib, u ishonchli havo surish va haydash asosida ishlovchi ventilyator bilan jihoz-lanadi.
Ombor xo’jaligi. Ishlab chiqarish binolari va ustaxonalaridan tashqari texnologik jarayonlarning uzluksiz va to’xtovsizligini ta’minlovchi elementlardan biri ombor xo’jaligidir.
Elektr ta’minoti. Avtoservis korxonalari elektroener-giya iste’molchilarining uchinchi toifasiga kiradi. Avtosavdo-tijorat shoxobchalari, korxonalari - avtosavdo bazalari, salonlari va do’konlaridan iborat bo’lib, ular asosan avtomobillarni sotuvga tayyorlash va sotish bilan shug’ullanadi .
Savdo-tijorat korxonalari avtomobillar, ularga ehtiyot qismlar va turli materiallar hamda anjomlarning ulgurji va chakana savdosini tashkil qilish bilan shug’ullanadi, ular savdo bazalari, omborlari, salon- do’konlaridan iborat bo’lishi mumkin.
Estakadalar - temir betondan, metal konstruktsiyalardan yoki yog’ochdan balandligi 0.7-1.4 m qilib ishlangan bo’lib, 20-25% qiyalikdagi chiqish va tushish rampalari bo’lgan ko’priklardan iborat bo’ladi.
Ko’targichlar. O’rnatilishi (5.5-rasm) bo’yicha ko’targichlar qo’zg’almas va harakatlanuvchan, ko’tarish mexanizmi bo’yicha mexanik, gidravlik va pnevmatik, ishga tushirilishi bo’yicha qo’l bilan boshqariluvchi va elektrotexnik, joylashishi bo’yicha pol ustida va ko’rish ariqchasida bo’lishi mumkin.
|
| |